Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Kasal odam ulov minib tavof qiladir


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

74-bob. Kasal odam ulov minib tavof qiladir 
Ibn Abbos raziyalloxu anhu: «Nabiy sallallohu alaihi va sallam tuya minib Ka’bani tavof 
ayladilar, ustun oldiga kelganlarida ersa, asolari birlan unga ishorat qilib, takbir 
aytdilar»,- deydilar. 
Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamga betoblig‘imdan nolidim. Shunda, ul kishi menga: «Odamlarga ergashib Ka’bani 
tavof aylag‘il!»-dedilar. Men aytganlaridek tavof qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam ersa, Ka’ba yonida namoz o‘qib, «Va-t-Turi va kitab-im-mastur» surasini zam 
qilar erdilar». 
75-bob. Siqoyat ul-hojji - hojilarni suv birlan ta’minlamoq haqida 
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abbos ibn Abdulmutallib raziyallohu anhu 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan Mino kunlari Makkada to‘xtab, siqoyat qilib 
olmoqqa ruxsat so‘rab erdi, ruxsat berdilar». 
Ikrima raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam siqoyat 
(hojilar suv oladirgan) joyiga kelib, suv so‘radilar. Shunda, Abbos o‘g‘liga: «Ey Fazl, 
onangning oldiga borg‘il-da, undagi mavjud suvdan Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamga eltib berg‘il!» - dedi. Fazl onasidan suv olib, Janob Rasulullohga olib borganda, 
ul kishi: «Ichirib qo‘yg‘il!» - dedilar. Fazl: «Yo Rasululloh, bu suvga qo‘l tiqilgan»,- dedi. 
Janob Rasululloh: «Ichirg‘il derman!» - dedilar. Fazl suv ichirib qo‘ygach, Zamzam 
qudug‘i oldiga borishdi. U yerdagi kishilar quduqdan suv tortib olib, tashnalarga 
ichirishayotgan erdi. Janob Rasulullohularga: «Ishlayveringiz, sizlar xayrli ish 
qilmakdasizlar»,- dedilar. Keyin, yana: «Agar qarshilik qilmasangizlar, tuyadan tushib, 
arqonni yelkamga qo‘yib, men ham suv tortishar erdim»,- dedilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling