Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ayollar qachondan boshlab hayz ko‘ra boshlagan?


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

1-bob. Ayollar qachondan boshlab hayz ko‘ra boshlagan? 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu Odam alayhissalom qizlarining peshonasiga 
azaldan yozilmishdir»,— deganlar. Ba’zi sahobalar: «Hayz avval Baniy Isroilga 
yuborilgan edi»,— deganlar. Imom Buxoriy: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 
aytganlari kengroq (eng to‘g‘risi)»,— deganlar. 
2-bob. Hayz ko‘rgan xotinlarga buyruq 
Oisha onamiz raziyallohu anho dedilar: «Faqat hajni niyat qilib yo‘lga chiqdik. Saraf 
(Makka yaqinidagi qishloq) degan joyga borganimizda, hayz ko‘rdim. Yig‘lab o‘tirganim 
ustiga Rasululloh kirib keldilar. «Senga nima bo‘ldi, hayz ko‘rdingmi?»—dedilar. «Ha»,— 
dedim. «Hayz ko‘rish Alloh taolo Odam qizlari peshonasiga yozgan narsadir, haj 
amallarining barchasini qilaver, biroq Ka’batullohni tavof etmagil!» — dedilar». So‘ng: 
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinlari nomidan bir sigirni qurbonlik qildilar»,— 
deb aytgandilar o‘shanda Oisha raziyallohu anho. 
3-bob. Hayz ko‘rgan xotin erining boshini yuvib, sochlarini tarab qo‘ymog‘i 
mumkin 
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlarini hayz 
ko‘rgan holimda ham tarab qo‘yar edim»,— deganlar. 
Urvadan: «Hayz ko‘rgan yoki junub xotin menga xizmat qilmog‘i mumkinmi?»—deb 
so‘rashdi. Urva: «Bularga men unchalik ahamiyat bermayman. Hayz ko‘rgan holda 
yuvuqsiz ham menga xizmat qilishar edi. Mendan boshqa sahobalar ham bu to‘g‘rida bir 
xil fikrda. Menga Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlarini hayz 
ko‘rgan holatda ham tarab qo‘yishlarini aytganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
masjidda e’tikof o‘tirganlarida, boshlarini darchadan chiqarar ekanlar, Oisha onamiz 
hujralarida turib, hayz ko‘rgan bo‘lsalar ham, sochlarini tarab qo‘yar ekanlar». 
 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling