Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayz ko‘rgan xotin ro‘za tutmasligi lozim


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

7-bob. Hayz ko‘rgan xotin ro‘za tutmasligi lozim 
Abu Sa’id al-Xudriy bunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, 
Qurbon hayiti yoki Ramazon hayiti edi, namozgohga chiqdilar. Xotinlarning yonidan 
o‘tayotib: «Ey xotinlar jamoasi, sadaqa qilingiz! Do‘zax ahlining ko‘prog‘i ayollardir, deb 
menga ayon qilindi»,— dedilar. Shunda xotinlar: «Ne sababdan, yo Rasulalloh?» — 
dedilar. «Ko‘p qarg‘aysizlar va erning yaxshiligini bilmaysizlar. Erning yaxshiligini 
kamsitasizlar, qadrlamaysizlar (noshukrlik qilasizlar), sizlardan ko‘ra kaltafahm va 
e’tiqodi sustroq, har qanday iymonli kishini ham yo‘ldan ozdiruvchiroq toifani 
ko‘rmadim»,— dedilar. Xotinlar: «E’tiqod va aqlimizning qanday nuqsoni bor ekan, yo 
Rasulalloh?» —deyishdi. «Bir xotin kishining guvohligi yarimta erkakning guvohligiga 
teng emasmi?»—dedilar Janob Rasululloh. «Ha, shunday»,— deyishdi xotinlar. «Axir 
mana shu aqlingizning nuqsoni emasmi? Hayz ko‘rganingizda namoz o‘qimasligingiz, 
ro‘za tutmasligingiz ham sizning (erkaklarga nisbatan) nuqsoningiz emasmi?» — dedilar. 
«Ha, to‘g‘ri aytdingiz»,— deyishdi ayollar. «Mana shular ayollar dinining nuqsonli ekanini 
anglatadi»,— dedilar Rasululloh». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
8-bob. Hayz ko‘rgan xotin haj amallarining barchasini qiladi, ammo 
Ka’batullohni tavof qilmaydi 
Ibrohim an-Nahoiy aytadilar: «Hayz ko‘rgan xotinning Qur’on oyatlarini o‘qishi 
zararsizdir». Ibn Abbos ham yuvuqsiz odamning qiroat qilmog‘ini zararsiz, deb 
hisoblaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamma vaqt Allohni zikr qilar edilar. 
Ummu Atiyya: «Biz - xotinlarga, hayz ko‘rgan bo‘lsak ham, iyd (hayit) namoziga 
chiqmoq buyurilar edi. Erkaklar aytadigan takbir va duolarni o‘qir edik, namoz o‘qimas 
edik»,— deydilar. 
Abu Sufyon aytadilar: «Hiraql (Rum podshosi) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 
maktublarini olib kelmoqni buyurdi, so‘ng o‘qib qarasa, «Bismillohir Rahmonir Rahiym, 
yo ahlal-kitob, ta’oluu ila kalimatin sava... (al-oyat)» (Bismillohir Rahmonir Rahiymi, ey 
ahlal-kitob, sizlar va bizlar uchun barobar so‘zga kelinglar!» deb boshlanuvchi oyat) deb 
yozilgan ekan». 
Jobir raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladilar: «Oisha onamiz hayz ko‘rdilar, so‘ng haj 
amallarining barchasini qilaverdilar, biroq Ka’batullohni tavof qilmadilar va namoz 
o‘qimadilar». Hakam aytadi: «Men yuvuqsiz holda ham «Bismilloh, Allohu akbar» deb 
hayvon so‘yaverar edim». «Allohning ismi aytib so‘yilmasan hayvon go‘shtini 
yemangiz!» — degan Alloh taolo. 
Oisha onamiz dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga hajni niyat qilib 
yo‘lga chiqdik. Saraf degan joyga kelganimizda hayz ko‘rib qoldim. Yig‘lab o‘tirganimda 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kelib: «Nega yig‘layapsan?»—dedilar. «Xudo 
haqqi, bu yil hajga chiqqanimdan afsuslanaman»,— dedim. Rasululloh: «Ehtimol, hayz 
ko‘rib qolgandirsan?»—dedilar. «Ha»,— dedim. «Alloh taolo buni Odam qizlarining 
barchasining peshonasiga yozgandir, endi hajda qiladigan barcha amallarni qilaver, lekin 
to poklanguningcha Ka’batullohni tavof etmagin!» — dedilar Janob Rasululloh». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling