Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Istihoza (beto‘xtov qon ketishi)


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

9-bob. Istihoza (beto‘xtov qon ketishi) 
Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Fotima binti Abu Hubaysh Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, men poklanmasman (beto‘xtov qon kelib 
turadi), namoz o‘qimaymi?»—deb aytdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: 
«Bu tomir kasalligidir, hayz emas, agar hayz kelsa, namozni tark etgin, hayz tugasa, 
g‘usl qilib, namoz o‘qiyvergin!» — dedilar». 
10-bob. Hayz qonini yuvmoq 
Asmo binti Abu Bakr bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir 
xotin: «Yo Rasulalloh, birontamizning kiyimimizga hayz qoni tegib qolsa, nima qilamiz?» 
— dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar birontangizning kiyimingizga hayz 
qoni tegib qolsa, qotib qolgan qonni ishqab tashlab, so‘ng suv bilan yuvingiz, keyin o‘sha 
kiyimda namoz o‘qiyveringiz!» — dedilar». 
Oisha raziyallohu anho: «Birontamiz hayz ko‘rsak qotib qolgan qonni ishqalab tashlar 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
edik, so‘ng o‘sha joyni yuvar edik va kiyimning qon tegmagan qismini ham yuvib, o‘sha 
kiyimda namoz o‘qiyverar edik»,— deganlar.
11-bob. Istihoza bo‘lgan xotinning masjidda e’tikof qilib o‘tirishi 
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidga e’tikofga 
kirsalar, xotinlaridan ba’zisi ham istihoza bo‘lganligiga qaramay, birga kirar edi»,— 
dedilar. «Ehtimol u tagiga idish qo‘yib o‘tirgandir, deb aytgandilar»,— deydi Akrama. 
Akrama bunday deb ta’kidlaydi: «Oisha onamiz (tosdagi) sarg‘ish suyuqlikni ko‘rib: «Bu 
falonchi ayoldan tushgan istihoza qoni bo‘lsa kerak»,— deb o‘ylaganlar». 
Oisha onamiz dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlaridan biri u kishi 
bilan birga e’tikof qilmoqqa o‘tirdi. U xotin hayz va sarg‘ish qon ham ko‘rar edi, shuning 
uchun namoz o‘qiyotganida tagiga tos qo‘yib olgan edi». 
Oisha onamiz raziyallohu anho: «Janob Rasulullohning xotinlaridan biri istihoza ko‘rgan 
holida e’tikof qilmoqqa o‘tirdi»,— dedilar (xotin kishi istihoza bo‘lsa ham masjidga kirib 
ibodat qilmog‘i mumkin bo‘lgan). 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling