Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayz ko‘rgan xotin haj va umraga qanday ehrom bog‘laydi?


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

19-bob. Hayz ko‘rgan xotin haj va umraga qanday ehrom bog‘laydi? 
Oisha onamiz dedilar: «Hajjat ul-Vido’dan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan 
birga yo‘lga chiqdik, ba’zi birimiz umraga ehrom bog‘ladik, ba’zimiz hajga ehrom 
bog‘ladik. So‘ngra Makkaga keldik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim 
umraga ehrom bog‘lagan bo‘lsa, va lekin qurbonliq yetaklab kelmagan bo‘lsa, ehromini 
yechsin, kimki umraga ehrom bog‘lagan bo‘lsa-yu, qurbonliq yetaklab kelgan bo‘lsa, to 
qurbonligini so‘ymagunicha ehromini yechmasin! Kimki hajga ehrom bog‘lagan bo‘lsa, 
hajini oxiriga yetkazsin (ehromini yechmasin)!» dedilar. Men Saraf degan joyda hayz 
ko‘rdim, to Arafa kunigacha hayzdan forig‘ bo‘lmadim. Arafa kuni umraga ehrom 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
bog‘lagan edim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga sochimni yozib, tarashimni 
(g‘usl qilishni) va umrani qoldirib, hajga ehrom bog‘lashimni buyurdilar. Shunday qildim. 
Hajimni tugatganimda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga ukam Abdurrahmon 
bilan birga Tan’im degan joyga borib, qaytadan umraga ehrom bog‘lamog‘imni 
buyurdilar». 
20-bob. Hayz kelmog‘i va hayz tugamog‘i 
Xotinlar hayz qoni tekkan paxtani lattaga o‘rab yuborishar edi. Oisha onamiz: «To 
oqlikni ko‘rmagunlaricha, hayzdan tamoman tozalanmagunlaricha shoshilmasinlar!» der 
edilar. Zayd ibn Sobit qizi Ummu Kulsumga «Xotinlar kechasi chiroq yoqib, hayz lattasini 
tekshirib ko‘rmoqdalar (tozalandimmi deb)», degan xabarni aytishdi. Ummu Kulsum: 
«Ilgari xotinlar bunday qilishmas edi», deb, kechasi lattasini tekshirib ko‘rgan xotinlarni 
aybladilar (ya’ni, kunduzi bilinmasa, kechasi chiroq yoqib bilib bo‘lmaydi). 
Oisha onamizdan: «Fotima binti Abu Hubaysh istihoza ko‘rar edi. U bu to‘g‘rida 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘radi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Bu tomir kasalligidir, hayz emas, agar hayz vaqting kelsa, namozni tark 
etasan, hayzing tugasa, g‘usl qilib, namoz o‘qiysan!» dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling