Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
So‘ng «Agar biz ularga tayammum qilmoqqa ruxsat bersak birortasiga suv sovuqlik 
qilsa, suvni qo‘yib, tayammum qilaveradi» deb boyagi gaplarni qaytardilar. «Abdulloh 
ibn Mas’ud shuning uchungina tayammumga ruxsat bermaslik kerak deganmidilar?» deb 
so‘radilar al-A’mash suhbatdoshlari Shaqiqdan». 
7-bob. Tayammum bir zarbdir (qo‘lni tuproqqa bir urmoqdir) 
Shaqiq raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abu Muso va Abdulloh ibn Mas’ud bilan birga 
o‘tirgan edim. Abu Muso: «Agar odam nahslansa-yu, bir oygacha suv topmasa
tayammum qilib namoz o‘qiyvermaydimi? Surai «Moida»dagi mana bu «Suv 
topmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz!» degan oyati karimaga nima deysiz?» 
dedilar Abdullohga. Abdulloh: «Ularga tayammumga ruxsat berilsa, birontasiga suv 
sovuqroq tuyulsa, bo‘ldi, tuproqqa tayammum qilaveradi», dedilar. Men: «Siz shu 
boisdangina tayammumga ruxsat berishni istamadingizmi?» deb so‘rasam, «Ha», 
dedilar. «Ammorning Umarga: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni bir yumushni 
bajarib kelish uchun bir joyga yubordilar. Shunda men nahslanib qoldim. Xuddi hayvon 
yumalagandek tuproqqa yumaladim. Keyin, Janob Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamga shu haqda aytib berganimda, u kishi menga: «Mana bunday qilsang ham 
yetarli bo‘lar edi, deb qo‘llarini yerga bir urdilar, keyin qoqib tashladilar, so‘ng o‘ng 
qo‘llarining kaftini chap qo‘llariga, chap qo‘llarining kaftini o‘ng qo‘llariga surdilar. Undan 
keyin esa ikkala kaftlarini yuzlariga surtdilar» deganini eshitmaganmisiz?» dedilar Abu 
Muso Abdulloh ibn Mas’udga. «Umarning Ammor aytgan gapdan qanoat hosil 
qilmaganini sezmadingmi?» dedilar Abdulloh». 
Shaqiq al-A’mashga bunday degan ekan: «Abdulloh va Abu Muso bilan birga edim. 
Shunda Abu Muso Abdullohga, Ammorning Umarga aytgan mana bu rivoyatini 
eshitmaganmiding? dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni va seni bir 
yumushga yubordilar. Shunda men, nahslanib qoldim-da, tuproqqa yumaladim. Qaytib 
kelganimizdan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yumalaganimni aytdim. 
Rasululloh: «Senga mana bunday qilsang ham yetarli bo‘lar edi», deb yuzlari va 
qo‘llariga bir marta mash tortib qo‘ydilar». 
8-bob. 
Imron ibn Husayndan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jamoat bilan namoz 
o‘qimasdan bir chekkaga chiqib turgan odamni ko‘rdilar. Shunda unga: «Ey falonchi
senga jamoat bilan namoz o‘qimog‘ingga nima mone’lik qildi?» dedilar. «Yo Rasulalloh, 
men nahslanib qoldim, suv yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: 
«Tuproqqa tayammum qilmog‘ing lozim, shu senga kifoyadir», dedilar». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling