Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
ÉΟó¡Î0
«!$#
Ç⎯≈uΗ÷q§9$#
ÉΟŠÏm§9$#
 
 SALOT (NAMOZ) KITOBI 
1-bob. Me’roj kechasida namoz qanday farz qilingan? 
(Me’roj Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Madinaga hijratlaridan bir yil 
avval, Imom Navaviyning aytishlaricha, Rabi’ ul-avval oyida bo‘lgan erdi). Abu Sufyon 
Hiraqlga: «Payg‘ambar alayhissalom bizga namoz o‘qimakni, halol va pok bo‘lmakni 
buyuradilar»,— deb aytgan ekanlar. 
Abu Zarrga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan ekanlar: «Makkada 
ekanlig‘imda uyimning shipi ochilib, Jabroil alayhissalom tushdilar. Ko‘kragimni yorib, 
ichini zam-zam suvi birlan yuvdilar, keyin iymonu hikmat to‘la tilla jom keltirdilar-da, uni 
ko‘kragimga qo‘ydilar, so‘ng ko‘kragimni yopdilar. Shundan keyin Jabroil alayhissalom 
qo‘limdan ushlab meni eng yaqin birinchi osmonga olib chiqdilar. Birinchi osmonga 
chiqqanimda Jabroil alayhissalom osmonbonga: «Eshikni ochg‘il!» — deb aytdilar. U: 
«Kim bu?»— dedi. «Jabroilman»,—dedilar, Osmonbon: «Sen bilan birga biron kishi 
bormi?» — dedi. «Ha, men bilan Muhammad alayhissalom bor»,— dedilar Hazrat Jabroil. 
Osmonbon: «Muhammad alayhissalomning osmonga chiqmog‘iga ruxsat bo‘ldimi?» — 
dedi. Jabroil alayhissalom: «Ha»,— dedilar. Eshik ochilgach, birinchi osmon ichkarisiga 
ko‘tarildik. U yerda bir kishi o‘tiribdi. Uning o‘ng tomonida ham, chap tomonida ham 
odam gavjum. O’ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydi. O’sha 
kishi menga qarab: «Xush kelibsiz, payg‘ambar, yaxshi o‘g‘il!»-dedi. «Bu kishi kim?» — 
deb so‘radim Hazrat Jabroildan. «Bu —Odam alayhissalom va mana bu o‘ng va chap 
tomonlarida turganlar Odam bolalarining ruhlaridir. Bulardan o‘ng tomondagilari jannat 
ahli va chap tomondagilari do‘zax ahlidir. (Shuning uchun ham) Odam alayhissalom o‘ng 
tomonlariga qaraganlarida kuladilar, chap tomonlariga qaraganlarida yig‘laydilar»,— 
dedilar Jabroil alayhissalom. Keyin, meni ikkinchi osmonga olib chiqib, osmonbonga: 
«Ochg‘il!» — dedilar. Ikkinchi osmonbon ham birinchi osmonbon aytgan so‘zlarni aytdi, 
so‘ng darvozani ochdi». 
Abu Zarr bizga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam osmon qavatlarida Odam 
alayhissalomni, Idris, Muso, Iso va Ibrohim salavotullohi alayhimlarni ko‘rdilar»,— deb 
aytdi. Lekin ularni qaysi osmonda ko‘rganlarini aniq aytmadi. Faqat Odam 
alayhissalomni birinchi osmonda va Ibrohim alayhissalomni oltinchi osmonda 
ko‘rganlarinigina zikr qildi, xolos»,— Deydilar Anas raziyallohu anhu va hikoyani davom 
etdiradilar: «Xazrat Jabroil payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni Idris 
alayhissalomning yonlaridan olib o‘tayotganlarida, Idris alayhissalom: «Xush kelibsiz, 
yaxshi payg‘ambar, yaxshi birodar!» — debdilar. Shunda Rasululloh: «Bu kim?» — deb 
so‘rabdilar. «Bu Idris»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Muso alayhissalomning 
yonlaridan olib o‘tibdilar, u kishi: «Xush kelibsiz, yaxshi payg‘ambar, yaxshi birodar!»—
debdilar. Rasululloh: «Bu kim?» — debdilar. «Bu Muso»,— debdilar Hazrat Jabroil. 
Keyin, Iso alayhissalomning yonlaridan olib o‘tibdilar. Shunda u kishi: « Xush kelibsiz, 
yaxshi birodar, yaxshi payg‘ambar!» — debdilar. Rasululloh: «Bu kim?»—deb 
so‘rabdilar. «Bu Iso alayhissalom»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Ibrohim 
alayhissalomning yonlaridan olib o‘tibdilar. U kishi: «Xush kelibsiz, yaxshi payg‘ambar, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling