Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Bir kiyimga (matoga) o‘ralib namoz o‘qimoqning hukmi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

4-bob. Bir kiyimga (matoga) o‘ralib namoz o‘qimoqning hukmi 
Az-Zuhriy: «Bir kiyimga o‘ralib, degani ikki yelkaga bo‘yin aralash tashlangan matoning 
o‘ng uchini chap tomonga o‘rashdir»,— deydilar. Ummu Honi’ aytadilar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam bir kiyimga o‘raldilar. Kiyimning bu chekkasini yelkadan 
aylantirib, u tomondan bu tomonga va bu tomondan u tomonga o‘radilar». 
Umar ibn Ummu Salama dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kiyimda 
namoz o‘qir erdilar, kiyimlarining bir tarafini u tomonga, u tomonini bu tomonga 
aylantirib namoz o‘qidilar». 
Umar ibn Salama aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ummu Salama 
uyida bir kiyimda namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdim. Kiyimlarining ikki tarafini ikki yelkaga 
tashlab olgandilar». 
Urva ibn Zubayr dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir kiyimga o‘ralib 
namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdim, kiyimlarining ikki tarafini yelkalaridan o‘tkazib 
olgandilar». 
Ummu Honi’ bunday degan ekanlar: «Makka fath qilingan yili Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamning huzurlariga bordim. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam g‘usl qilayotgan 
va qizlari Fotima esa bir narsa bilan pana qilib turgan ekanlar. Rasulullohga salom 
berdim. «Bu kim?» — dedilar. «Men Ummu Honi’man, Abu Tolib qiziman»,—dedim. 
«Xush kelibsan Ummu Honi’!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘usl qilib 
bo‘lganlaridan keyin turib bir kiyimga o‘ralgan holda 8 rak’at namoz o‘qidilar. Namoz 
o‘qib bo‘lib o‘girildilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, ukam men panohimga olganim 
falonchi ibn Hubayrni o‘ldirurmen, deydir»,— dedim. Shunda Rasululloh sallalloxu alayhi 
va sallam: «Ey Ummu Honi’, sen kimni panohingga olgan ersang, biz ham o‘shani 
panohimizga oldik»,— dedilar. Shu gapni aytganlarida choshgoh edi». 
Abu Hurayra aytdilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bir kiyimda 
namoz o‘qimoq to‘g‘risida so‘radi. «Hammangizning ham ikkitadan kiyimingiz bormi?» — 
dedilar Janob Rasululloh». 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling