Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namoz vaqtida (va muqaddas joylarda) yalang‘och bo‘lmakning


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

8-bob. Namoz vaqtida (va muqaddas joylarda) yalang‘och bo‘lmakning 
makruhligi 
Jobir ibn Abdulloh ushbu hadisni aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Quraysh ahli birlan birga Ka’bani ta’mirlamak vaqtida tosh tashiyotgan erdilar. Ustilarida 
izorlari bor erdi. Shunda amakilari Abbos: «Ey jiyan, izoringni yechib, toshning tagidan 
yelkangga qo‘yib olsang-chi»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam izorlarini 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
yechib yelkalariga qo‘ydilar hamki, hushlaridan ketib yiqildilar (o‘shanda 25 yosh 
atrofida erdilar). Shundan beri hech ham yalang‘och yurmadilar».
9-bob. Ko‘ylak-ishton yoki kalta ishton va chopon kiyib namoz o‘qimoq 
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi turib Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamdan bir kiyimda namoz o‘qimoq to‘g‘risida so‘radi. Jaiob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Birortangizning ikkitadan kiyimingiz bormi o‘zi?» — dedilar. 
Keyin, bir kishi turib bir kiyimda namoz o‘qish haqida Hazrat Umardan so‘radi. «Olloh 
taolo yengillik bergandan keyin, yengillashtiringiz-da! (kiyimi bitta bo‘lgach, . o‘sha bitta 
kiyimda namoz o‘qiyveradi, bordiyu ikkita bo‘lsa, almashtirib kiyib olib o‘qisa, afzalroq) 
Kiyimi ko‘p bo‘lsa, izor va ridoda, izor va ko‘ylakda, izor va choponda, shim yu ridoda
shim va ko‘ylakda, shim va choponda, kalta ishton va choponda o‘qisin!» — dedilar». 
«Umar talta ishton va ridoda o‘qisin, deb aytganligiga shubham bor»,— deydilar Abu 
Hurayra. Shihobuddin Qastaloniy: «Agar rido uzun bo‘lib, tizzani yopib tursa, kalta 
ishtonda namoz o‘qisa bo‘lur»,— deydilar. 
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Hajga 
ehrom bog‘lagan kishi ne qilg‘aydir?» — deb so‘radi. «Ko‘ylak-ishton ham, burnus ham 
kiymag‘aydir. za’faron va sariq rangli mato ham kiymag‘aydir (o‘ramag‘aydir). Kimki 
kovush singari to‘pig‘dan past oyoq kiyim topmasa, mahsisining qo‘njini to‘pig‘idan past 
qilib qirqib tashlasin!» — dedilar». 
Ushbu hadisni Nofi’ (Ibn Umardan eshitib) sal boshkdcharoq riyuyat qilib bergan. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling