Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
5-bob. Agar bir kiyimda namoz o‘qisa, ikki yelkasidan oshirib o‘rab olsin! 
Abu Hurayradan: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Birontangiz bir kiyimda, ikki 
yelkangiz ochiq holda namoz o‘qimangiz!»—deganlar». 
Ikrima raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bir kiyimda 
namoz o‘qisa, ikki yog‘ini yopib olsin!» — deganlar». 
6-bob. Agar kiyimlik ensiz bo‘lsa, ne qilg‘aydir? 
Sa’id ibn Hars bunday dedilar: «Jobir ibn Abdullohdan bir kiyimlikka o‘ralib namoz 
o‘qimoq to‘g‘risida so‘radim. U kishi quyidagicha javob qildilar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam bilan birga bir safarga chikdim. Kechasi bir masala xususida Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga bordim, namoz o‘qiyotgan ekanlar. 
Men tanamni mato bilan o‘rab olgandim xolos. Yonlarida turib namoz o‘qidim. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam namozni tugatib: «Kelmog‘ingning boisi nedir, ey Jobir?» — 
dedilar. Hojatimni aytdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga qarab: «Bu 
nechuk o‘ramoqdir?» — dedilar. «Ilgari tuppa-tuzuk kiyim erdi»,— dedim. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Agar mato keng ersa, yaxshilab o‘rab olg‘il, agar tor ersa, 
(biror narsa birlan) uni qadab olg‘il!» — dedilar». 
Sahl as-Sa’id raziyallohu anhu ushbu hadisni aytdilar: «Odamlar kiyimlarini yosh bolalar 
singari qadab olib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qir erdilar. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (erkaklar ortida) namoz o‘qiyotgan xotinlarga: 
«Erkaklar to‘liq o‘tirib olgunlaricha boshingizni ko‘tarmang!» — deb aytdilar». 
7-bob. Shomiy (majusiy to‘qigan) to‘nda namoz o‘qimoq 
Hasan Basriy: «Majusiy to‘qigan kiyimda namoz o‘qimoqning zarari yo‘q»—deydilar. 
Ma’mar esa: «Go‘shti yeyiladigan hayvon siydigiga bo‘kkan yamaniy kiyimni Az-Zuhriy 
kiyganini va Hazrat Alining uzun kiyimda namoz o‘qiganlarini ko‘rganman»,— deydilar. 
Mug‘ira ibn Shu’ba bunday deydilar: «Safarda Rasululloh bilan birga erdim. Shunda 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Mug‘ira, obdastani olg‘il!» — dedilar. Men 
obdastani oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tashqariga chiqib ketdilar, hatto 
uzoqlashib, ko‘zimdan g‘oyib bo‘ldilar, qazoi hojat qildilar. Ustilarida shomiy choponlari 
bor erdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (tahorat olmak uchun) qo‘llarini 
choponlarining yengidan chiqaraman dedilar, torlik qildi, shunda qo‘llarini yeng ichidan 
tortib chiqardilar. Suv quyib berib turdim, u kishi namozga mo‘l tahorat oldilar va 
mahsilariga mash tortdilar. Keyin namoz o‘qidilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling