Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Sonning avrat ekanligi haqida


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

12-bob. Sonning avrat ekanligi haqida 
Jarhad raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Son avratdir, 
deganlar»,— deydilar. Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (izorlarini 
tizzadan yuqori tortib o‘tirganlarida) sonlari ochilib qoldi»,— deydilar. Anas aytgan hidis 
to‘g‘riroq, ammo Jarhad bo‘lsa, ulamolar o‘rtasida ixtilof chiqmasliga uchun ushbu 
hadisni ehtiyotkorlik birlan aytgan. Abu Muso: «Usmon, Janob Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamning huzurlariga kirganida u kishi tizzalarini yopdilar»,— deydilar. Abu 
Zarr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, u kishining sonlari mening sonimni bosib 
turganda (ko‘pchilikning ichida tiqilishib o‘tirganda), oyat nazil bo‘ldi. Shunda u kishining 
sonlari shu qadar og‘irlashdiki, hatto oyogim sinib ketadi deb qo‘rqdim»,— deganlar». 
Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berganlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va 
sallam hijrat qildilar. Haybar tashqarisida g‘ira-shirada bomdod namozini o‘qidik. Keyin, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulovlarini mindilar, Abu Talha ham mindi, men 
ersam unga mingashdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Haybar ko‘chalarida 
ulovda ketib borayotganlarida tizzam u kishining sonlariga tegib turar erdi (ko‘cha tor 
zrdi). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ulovni niqtamoq uchun) izorlarini 
yuqori tortdilar. Men hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sonlarining oqligini 
ko‘rdim. Haybarga kirgan vaqtlarida: «Ollohu akbar, Haybar xarob bo‘ldi. Biz biror qavm 
yashayotgan joyga kelib tushsak, bu haqda xabar yetkazg‘uvchilarning holiga voy!» deb 
uch bor aytdilar. Anas: «Qavm o‘z ishiga chiqdi»,— dedi. Buni Muhammad 
alayhissalomga aytishdi». 
Abdulaziz roviy: «Bizga ushbu hadisni aytib bergan ba’zi kishilar: «O’shanda askar bilan 
borgan erdilar, deyishgandi»,— deydilar. Anas aytdilar: «Haybarni kuch bilan qo‘lga 
kiritdik, anchagina asir ham oldik. Shunda Dihya kelib: «Yo Rasululloh, ayol asirlardan 
birini menga cho‘rilikka bering!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Borg‘il, 
bittasini olg‘il!»—dedilar. U Safiyya binti Huyayni oldi. Bir kishi Rasulullohga: «Yo 
Rasululloh, Dihyaga Baniy Nazir va Baniy Qurayza qabilalarining sayyidasi Safiyya binti 
Huyayni berdingiz, Safiyya faqat sizga munosibdir!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam: «Dihyani chaqiringiz!» — dedilar. Dihya Safiyya birlan birga keldi. Janob 
Rasululloh Safiyyaga qaragach, Dihyaga: «Asirlardan boshqa birini olg‘il!» — dedilar. 
Keyin, Safiyyani ozod qilib, unga uylandilar. Sobit: «Men bunga ishonmayman»,— dedi 
Anasga. Anas dedilar: «O’zlari uni ozod qildilar, hatto yo‘lda bo‘lsalar ham, unga 
uylandilar. Ummu Sulaym uni Rasulullohga tunlardan birida hadya qildilar. Shunday 
qilib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kuyov bo‘ldilar. Rasululloh: «Har kim 
topganini olib kelsin!» — dedilar, keyin yerga charm palos yozdilar. Odamlarning biri 
xurmo, biri yog‘ ko‘tarib kela boshladi, Rasululloh: «Hisobga olib qo‘yg‘aymen».— 
dedilar. As-Suvayq: «To‘yguningizcha yebichinglar!» — degandilar, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamning o‘shanda to‘ylari bo‘lgandi»,— deb eslaydilar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling