Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tayammum qiluvchi kishi qo‘lini tuproqqa urgandan so‘ng, puflab


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

3-bob. Tayammum qiluvchi kishi qo‘lini tuproqqa urgandan so‘ng, puflab 
tashlaydimi? 
Sa’id ibn Abdurrahmon Abziyning otalari quyidagi hadisni aytib bergan ekanlar: «Umar 
ibn al-Xattob huzurlariga bir kishi kelib: «Men jimo’ qildim-u, suv topmadim» dedi. 
Shunda Ammor ibn Yosir Umar ibn al-Xattobga qarab: «Eslaysizmi, ikkovimiz safarda 
edik. O’shanda siz namoz o‘qimadingiz, men esa tuproqqa yumalab olib, keyin namoz 
o‘qidim. Buni Janob Rasulullohga aytdim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
ikki kaftlarini yerga urib, puflab tashladilar, so‘ng ikki kaftlarini avval yuzlariga, keyin 
ikki qo‘llariga surtdilar-da: «Mana shunday qilsang, kifoya edi, dedilar», dedi». 
4-bob. Tayammum yuz va ikki qo‘lga qilingay 
Sa’id ibn Abdurrahmon ibn Abziydan: «Ammor xam yuqoridagi hadisni aytib berdi-da
qo‘lini yerga urdi, keyin og‘ziga yaqinlashtirib, puflab tashladi. So‘ng yuzi va ikki qo‘liga 
surtdi». 
Ammor raziyallohu anhu: «Toza tuproq musulmon kishi uchun (suv yo‘g‘ida) suv o‘rniga 
o‘tadigan tahorat vositasidir», deb aytgan ekanlar. 
Ammor raziyallohu anhu Umar al-Xattobga: «Sariyyada ekanligimizda jimo’ qildik», deb 
quyidagi hadisni aytib bergan ekanlar: «Men tuproqqa yumaladim, keyin buni Rasululloh 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
sollallohu alayhi va sallamga aytdim. Shunda u zot: «Yuz bilan ikki qo‘lingga surtmoq 
senga kifoya qilar edi», dedilar». 
5-bob. Toza tuproq musulmon kishi uchun (suv yo‘g‘ida) suv o‘rniga o‘tadigan 
tahorat vositasidir 
Hasan Basriy: «Tahorati sinmagan kishi tayammum qilsa, kifoya. Ibn Abbos tayammum 
qilgan holda imomlikka o‘tdi», deganlar. 
Yahyo ibn Sa’id: «Sho‘r yerda namoz o‘qimoqning zarari yo‘q, shuningdek o‘sha yerdagi 
tuproqqa tayammum qilmoqning ham zarari yo‘q», deganlar. 
Imron dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarda edik. Kechasi 
yo‘l yurdik, tunning oxiriga borganda, bizni uyqu bosdi. Musofir kishi uchun bundan 
halovatliroq uyqu bo‘lmaydi. Bizni quyoshning harorati uyg‘otdi. Birinchi bo‘lib falonchi, 
undan keyin falonchi, undan keyin falonchi (hikoya qilguvchi Abu Rajo’ ularning ismlarini 
aytgandi, lekin Avf degan hikoyachi yodidan chiqarib qo‘ygan), keyin to‘rtinchi bo‘lib 
Umar al-Xattob uyg‘ondi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uxlasalar, birov 
uyg‘otmas edi. U kishi o‘zlari uyg‘onar edilar. U kishi uxlab yotganlarida nimalar 
bo‘lganidan biz bexabar edik. Umar uyg‘ongach, odamlarni nima tashvishga 
solayotganini fahmlab (o‘zi g‘ayratli odam edi), Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
uyg‘ongunlaricha baland ovoz bilan takbir aytaverdi. Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam uyg‘ongach, u kishiga ro‘y bergan hodisani shikoyat qildilar. Rasulloh sollallohu 
alayhi va sallam: «Zarari yo‘q, yo‘lga tushingiz!» dedilar va o‘zlari ham yo‘lga tushdilar. 
Bir oz yurilgach (tuyadan) tushib, tahoratga suv so‘radilar, keyin tahorat oldilar. 
Namozga azon aytildi. Odamlar bilan birga namoz o‘qidilar. Namozni o‘qib bo‘lib 
yonlariga o‘girildilar, shunda bir chetda odamlarga qo‘shilmay, namoz ham o‘qimay 
turgan bir kishiga ko‘zlari tushdi. «Jamoat bilan namoz o‘qimog‘ingga nima to‘sqinlik 
qildi, ey falonchi?» dedilar Janob Rasululloh. «Yo Rasulalloh, men yuvuqsizman 
(junubman), g‘uslga suv yo‘q», dedi boyagi kishi. «Senga tuproq ham bo‘laveradi, 
tuproqqa tayammum qilmog‘ing lozim», dedilar Rasululloh, so‘ng yo‘lga tushdilar. 
Odamlar u kishiga chanqaganliklarini aytib shikoyat qildilar, shunda Rasululloh bir joyga 
kelganda to‘xtab, (tuyalaridan) tushdilar, falonchini chaqirdilar (o‘shanda uni Abu Rajo’, 
deb chaqirgandilar, Avf degan kishi rivoyat qila turib, uning ismini eslay olmagan), keyin 
Alini chaqirib: «Boring, suv qidiring!» dedilar. Ikkovlari suv axtarib ketdilar. Yo‘lda tuya 
ustidagi ikki mesh o‘rtasida o‘tirib ketayotgan bir xotinga yo‘liqdilar. Xotindan: «Qaerda 
suv bor?» deb so‘radilar. «Bu suvni kecha shu vaqtda yo‘ldan olganman. Erkaklarimiz 
bizni qoldirib (suv axtarib) ketishgan», dedi xotin. «Suv bunchalik uzoqda bo‘lsa, unda 
biz bilan yura qoling!» deyishdi (Ali bilan Abu Rajo’). «Qaerga?» deb so‘radi xotin. 
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oldilariga», deyishdi (Ali bilan Abu Rajo’). «Anavi 
eski dindan chiqib, yangi din olib kelgan odam oldigami?» dedi xotin. «Ha, o‘sha siz 
aytgan odam oldiga, yuring biz bilan!» deb xotinni Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamning oldilariga boshlab ketishdi, yetib borgach, bo‘lgan gapni u kishiga aytib 
berishdi. «Xotinni tuyasidan tushirdilar», deydilar Imron. Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam tuyadagi ikkala meshni olib kelmoqni buyurdilar. Olib kelishgach, meshlarning 
tepa qismidagi kichik og‘zini yechib, hovuchlab suv oldilar-da, yana qayta quyib bog‘lab 
qo‘ydilar, keyin pastidagi katta og‘zini yechib, odamlarni suv ichishga chaqirdilar. «Suv 
ichingiz va (tuyalarni) sug‘oringiz!» dedilar Rasululloh. Odamlar xohlaganlaricha suv 
ichishdi, xohlaganlaricha (tuyalarini) sug‘orishdi. Nihoyat, boyagi yuvuqsiz kishiga bir 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling