Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hajda Arafot tog‘idan tushgandan keyin hayz ko‘rib qolgan xotin


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

28-bob. Hajda Arafot tog‘idan tushgandan keyin hayz ko‘rib qolgan xotin 
haqida 
Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, Safiyya binti 
Huyay hayz ko‘rib qoldi», dedilar. Rasululloh: «Hali u bizga Madinaga bormog‘imizg‘a 
xalal bermasa edi! Sizlar bilan birga tavof qilmaganmidi?» dedilar. «Ha, (tavof) qilgan 
edi», deyishdi. «Yo‘lga chiqaversin, aytingiz!» dedilar Rasululloh. 
Ibn Abbos: «Xotin kishi hayz ko‘rib qolsa, (xayrlashuv tavofini qilmasdan) vataniga 
qaytmoqqa ruxsat berildi», dedilar. 
Ibn Umar, ilgarilari: «Hayz ko‘rib qolgan ayol (xayrlashuv tavofini qilmasdan) 
qaytmagay», der edilar, endi bo‘lsa: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga 
ruxsat beribdilar, (xayralashuv tavofini qilmasdan) qaytaverar ekan», deydilar. 
29-bob. Istihoza ko‘radigan xotin tozalansa... 
Ibn Abbos: «(Bunday ayol) g‘usl qiladi, namoz o‘qiydi, keyin eri ham yaqinlik qilavergay. 
Namoz ulug‘dir», deganlar. 
Oisha onamizdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar hayz ko‘rsang, namoz 
o‘qimoqni to‘xtatgin, hayz tugasa, g‘usl qilgin, tekkan qonni yuvib tashlagin, so‘ngra 
namoz o‘qiyvergin!» deganlar. 
30-bob. Tug‘olmay o‘lgan xotinga janoza o‘qish va uning sunnati 
Samura ibn Jundubdan: «Bir xotin tug‘olmay o‘ldi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
janozani o‘likning beli to‘g‘risida turib o‘qidilar (xotin o‘lsa, belining to‘g‘risida, erkak 
o‘lsa, ko‘kragi qarshisida turib janoza o‘qiladi)». 
31-bob. Hayz ko’rgan xotin makruh hisoblanmaydi 
Abdulloh ibn Shaddoddan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlari 
Maymuna xolam hayz ko‘rganlarida, namoz o‘qimas edilar. Xolam Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallamning joynamozlari qarshisida cho‘zilib yotsalar ham, u kishi namoz 
o‘qiyverar edilar. Maymuna onamizning o‘zlari bunday deganlar: «Rasululloh sajda 
qilganlarida kiyimlari qisman menga tegar edi». 
(Imom Buxoriy shu hadisga tayanib, hayz ko‘rgan xotin makruh hisoblanmay, unga 
tekkan narsa ham harom bo‘lmas ekan, degan ma’noni tushuntiradilar). 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling