Miken madaniyati
Download 62.5 Kb.
|
Miken madaniyati
Miken madaniyati. Yunoniston mil.avv. III ming yillikda ibtidoiy jamoa tuzumida edi. Gerodotning ma’lumotlariga ko‘ra, Bolqon Yunonistonida tub joy aholi leleglar, pelasglar va kariylar yashar edilar. Ularning mehnat qurollari toshdan bo‘lib, endigina mis qurollari tayyorlay boshlaganlar. Jez davri mil.avv. III ming yillik o‘rtalaridan boshlandi. Shu davrdan boshlab ibtidoiy kichik qishloqlar o‘rnida katta qishloqlar, mustahkamlangan qal’alar paydo bo‘la boshladi. Urug‘chilik munosabatlarining yemirilish jarayoni faqat mil.avv. III ming yillik oxiridan asta-sekin boshlandi. Mil.avv. III ming yillik oxirida hind-yevropa madaniy til birligiga mansub etnik guruhlar o‘z vatanlari – Markaziy Yevropadan turli yo‘nalishlarda ko‘cha boshladi. Ulardan bir qismi Bolqon yarim oroliga kirib kelib, yunon etnosiga asos soldi. Ularni dastlab axeylar deb nomladilar. Mil.avv. III ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida qabilalarning ko‘chishi bilan jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga ko‘ra, bu vaqtda Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida ham hind- yevropa tillarida so‘zlashuvchi etnik guruhlar paydo bo‘ladi. Ular Yunonistonda urug‘chilik munosabatlarining yemirilishini vaqtincha sekinlashtirdilar. Mil.avv. II ming yillik boshlarida kulolchilikda (https://fayllar.org/nostandart-test-konfliktologiya-haqidagi-notogri-hukmni-aniqla.html), kumushga ishlov berish ishlarida, urf-odat, an’analarda (jumladan, uy ichida, pol ostida yoki devor orasida bolalar qabri) yangi jihatlar paydo bo‘ladi. Yangi etnik birliklar eskilari bilan aralashib, yangi moddiy va ma’naviy madaniyatni vujudga keltirdilar. Taxminan, mil.avv. XVIII asr oxirlarida Bolqon Yunonistonida mustahkamlangan kichik- kichik qishloqlar ko‘plab paydo bo‘ladi. Qabrlarda metall qurollar uchramaydi. Bolqon Yunonistonini Kritdan (qabrlarda Krit ko‘zalari, Krit namunasiga taqlid qilib yasalgan sopol buyumlar) boshqa hududlar bilan aloqalari deyarli yo‘q edi. Mil.avv. 1600-yillar atrofida Kritda yuksak rivojlangan madaniyat mavjud bo‘lgan paytda Bolqon Yunonistonida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Axeylar mil.avv. III ming yilliklar oxiri – II ming yillikning birinchi yuz yilliklarida Yunoniston janubiga asta-sekin siljib, o‘z manzilgohlarini barpo qila boshladilar. Ehtimol, ular ilk bor kulolchilik charxi, ot qo‘shilgan arava va jang (https://fayllar.org/oybekning-navoiy-romani-yuzasidan-savol-javoblar.html) aravasini olib kelganlar. Mil.avv. XVI asrda kelgindilarning mahalliy aholi bilan to‘la assimilatsiyasi tugallandi. Natijada yangi samarali iqtisodiyot, zodagonlar (ko‘pincha harbiylar), kohinlar, oddiy jamoachilardan iborat ijtimoiy guruhlar shakllandi. Markaziy va Janubiy Yunonistonda markazi Miken shahri qudratli davlat va boshqa ilk davlatlar (Tirinf, Pilos, Afina) shakllana boshladi. Miken madaniyati Ilk Miken (mil.avv. 1700-yillardan – 1550-yillargacha), O‘rta Miken (1550–1400-yillar) va So‘nggi Miken (1400–1200-yillar) davrlariga bo‘linadi. Egey havzasida 400 yil davomida bir xil madaniyatning mavjud bo‘lishi uni shartli ravishda «Miken» madaniyati deb atalishiga sabab bo‘ldi. Miken (Axey) sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri mil.avv. XV–XIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Miken siyosiy markaz sifatida o‘z hukmronligini keng qamrovda amalga (https://fayllar.org/bola-huquqlariga-oid-xalqaro-standartlar-va-ozbekiston-qonunch.html) oshira olmadi. Mikenda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida faqat Miken madaniyatiga mansub inshootlar qazib ochilgan. 1876-yilda arxeolog G. Shliman Mikendan qoyaga o‘yilgan shaxta tipidagi qabrlarni topdi. Qabrlardan kumush va oltin bilan bezatilgan jez qilichlar, oltin va kumush qadahlar, tilla niqoblar va boshqa buyumlar topildi. Qabr toshlarida ov va jang manzaralari tasvirlangan. Mil.avv. XV asrdan Mikenda va Yunonistonning boshqa viloyatlarida gumbazli qabrlar rasm bo‘la boshladi. Bunday qabrlarda hokimlar dafn qilingan. Mikendagi mashhur «Agamemnon qabri» hashamatli va ulug‘vor qilib qurilgan. 5 metrgacha balandlikda bo‘lgan og‘ir eshiklar, usti har biri taxminan 120 tonna eladigan ikki xarsang tosh bilan yopilgan. Qabrlardan ko‘p miqdorda qimmatli buyumlar, qurol-yarog‘lar topilgan. Miken madaniyatining kulolchilik mahsulotlari Rodos, Kipr, Kichik Osiyo, Misr, Sitsiliya va Janubiy Italiyaga chiqarilgan. Bolqon Yunonistonida mil.avv. 1400-yildan mustahkamlangan qo‘rg‘onlar (Terin, Miken, Afina, Fiva, Iolik) paydo bo‘ladi. Miken san’ati ko‘p jihatdan Krit madaniyati bilan o‘xshash. Miken tasviriy san’atida mavhum chizgilar va o‘simliklar tasviri, hashamatli kiyingan kishilarning bir xildagi tantanali yurishlari mavjud. Tasvirlarda statiklik, shartlanganlik hukm suradi. Bu davrda monumental me’morchilik mavjud emas. Diniy tasavvurlar to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Diniy rasm-rusumlar gemma va muhrlarda ifodalangan. Joylardan diniy topilmalar bo‘lgan mehroblar qoldiqlari topilgan. XX asrning 60-yillarida Miken akropolidan (mustahkamlangan qal’a) diniy marosimlar bajariladigan markaz topildi. Markazdan topilgan topilmalar ichida qo‘llarini yuqoriga ko‘targan 16 ta loy haykalcha, loydan yasalgan ilonlar va mehrob bor. Muqaddas joy yaqinida turar joy binosi bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha (https://fayllar.org/3-mavzu-konflikt-inson-hayotining-ajralmas-tarkibi-sifatida-ko.html), bu binoda bosh kohin yashagan. 1953-yil ingliz olimlari Ventris va Chedvik Miken saroylaridan topilgan buyumlarda sanoq, hisob-kitoblar to‘g‘risida ma’lumot beradigan loy taxtachalardagi Miken yozuvlarini o‘qidilar. Miken sivilizatsiyasining asosiy markazlari mil.avv. XV–XII asrlarda Miken, Tirinf va Pilos edi. Ularning ichida Miken bu davrda eng kuchli davlat birlashmalaridan biri bo‘lib, axey dunyosining yetakchisi bo‘lgan. Gomer Miken podshosi Agamemnonni Troyaga qarshi umumyunon yurishining yo‘lboshchisi deb tilga oladi. Zaiflashgan Krit mil.avv. XV asr o‘rtalarida Miken istilosiga uchrab, unga qaram bo‘ldi. Axey hukmdorlari Mikenda ulkan inshootlar, boyliklarga to‘la «shaxta qabrlar, mustahkam qal’alarni barpo qildilar. Miken qal’asining kirish qismidagi darvozaning tepa qismida ikki sher relyef tasviri (https://fayllar.org/kerak-sher-oldida-sher-jangi-gar-sher-olmasa-bori-palangi.html) tushirilgan. Miken shahrida hashamatli podsho saroyi, Miken hukmdorlarining katta va ajoyib sag‘analari mavjud. Tirinf Mikenga qo‘shni bo‘lgan yana bir axey davlat birlashmasi edi. Tirinf hokimining saroy qal’asi balang va ulug‘vor qurilgan. Qal’a devorlari og‘irligi 12 tonnagacha bo‘lgan yaxlit ohaktoshlardan bunyod qilingan. Ularning eni 4,5 metrgacha, balandligi 7,5 metrgacha yetadi. Qal’a devorlarining ba’zi joylarida oziq-ovqat va qurol saqlanadigan ombor inshootlari qurilgan. Qal’aning ichida ikkinchi mudofaa devori tepalikda joylashgan podsho saroyini himoya qilgan. Saroyga yaqinlashish maxsus to‘siq inshootlari bilan himoyalangan. Qal’ada ichimlik suv zaxirasi bilan shahar tashqarisidagi suv manbasiga boradigan yashirin yerosti yo‘li qurilgan. Chunki Tirinf uchun eng xavfli raqib Miken 17 km uzoqlikda joylashgan edi. Tirinf saroyi devorlari ov manzaralari, hashamatli kiyingan xonimlarning aravadagi tasvirlari bilan bezalgan. Axey davlatlaridan yana biri Peloponnes yarim orolining janubiy-g‘arbida joylashgan, markazi Pilos bo‘lgan Pilos shahar-davlatidir. Gomer «Iliada» dostonida Troyaga qarshi yurishga qatnashgan yunon floti ichida eng ko‘p sonli 90 kemadan iborat Pilos floti to‘g‘risida hikoya qiladi. Bu flotning qo‘mondoni Pilos podshosi Nestor edi. Nestor yunon yo‘lboshchilari ichida eng donosi (https://fayllar.org/donolarning-donosi.html), Pilosning o‘zi esa eng boy davlatlardan biri hisoblangan. Pilos podsho saroyi yaxshi saqlanib qolgan bo‘lib, Miken saroy me’morchiligining eng yaxshi namunasi hisoblanadi. Bu saroy maydoni boshqalarga qaraganda kichik bo‘lsa-da, uyg‘un rejalashtirilgan. Saroy devori freskalar bilan, toshdan yasalgan pol geometrik va dengiz mavjudotlari tasvirlari bilan bezatilgan. Xonalarning biridan Pilos davlati va jamiyati, Miken sivilizatsiyasining turli sohalari to‘g‘risida ma’lumot beradigan bir yarim ming loy taxtachadan iborat arxiv topilgan. Pilos doimiy raqobat va o‘zaro urushlar ichida bo‘lgan Miken va Tirinfdan uzoqda joylashgan. Pilos mil. avv XIV–XII asrlarda eng rivojlangan va farovon davlat bo‘lgan. Miken, Tirinf va Pilos Janubiy Yunoniston va Peloponnesda shakllangan axey davlatlari edi. O‘rta Yunonistonda ilk davlat birlashmalari Attika va Beotiya viloyatlarida mil.avv. XIV–XII asrlarda shakllana boshladi. Mil.avv. XIV asrda Kichik Osiyoda Axaya davlati mavjud bo‘lgani to‘g‘risida mixxat yozuvlari ma’lumot beradi. Xett manbalarida (XIV–XIII asrlarda) Axaya deb atalgan davlatni tadqiqotchilar Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo va Rodos orolida deb turli farazlar qiladilar. Yunonistonning Axaya davri siyosiy tarixi yaxshi yoritilmagan. Ba’zi olimlar Miken boshchiligida yagona (https://fayllar.org/1-mavzu-konstruktorlik-xujjatlarining-yagona-tizimi-standartla.html) Axaya davlati mavjud bo‘lganini yozadilar. Bir necha Axaya davlatlari mustaqil mavjud bo‘lib, ular vaqtinchalik birlashgan bo‘lishlari mumkin. Troya urushi yunon qabilalarining tarqalishi jarayonining bir unsuri bo‘lishi mumkin. Axey koloniyalari Kichik Osiyoning g‘arbiy va janubiy qirg‘oqlarida paydo bo‘ldi. Rodos va Kiprda axeylar o‘rnashib olganlar. Mil.avv. 1000-yillarning oxirida Kipr Kichik Osiyodagi panfiliyalik axeylar tomonidan o‘zlashtiriladi. Sitsiliya va Janubiy Italiyada axey faktoriyalari (tayanch nuqtalari) paydo bo‘ladi. Axeylarning Old Osiyo mamlakatlari qirg‘oq bo‘ylariga kuchli bosqini «dengiz xalqlarining» harakati deb ataladi. Ilmiy farazlarga ko‘ra, mil.avv. XIII asrda yuz yil davomida doriylar va boshqa xalqlarning Bolqonga kuchli tazyiqi axey sivilizatsiyasining halokatiga olib keldi. Ularning bir qismi Attika va boshqa viloyatlar, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘i va Kipr orolida saqlanib qoldi. Qolgan qismi qirilib ketdi. Mil.avv. XII asr boshida Sharqiy O‘rtayer dengizining Osiyo qirg‘og‘ida filimstimlar deb atalgan xalqlar o‘rnashdi. Ularning manzilgohlaridan bu yerda ilgari bo‘lmagan, shu yerning o‘zida ishlab chiqarilgan Miken sopolga o‘xshash buyumlar ko‘plab topilgan. Bu vaqtda Bolqon Yunonistoniga shimoldan turli qabila guruhlari migratsiyasi boshlandi. Yodgorliklarda moddiy-ma’naviy madaniyatning tushkunligi ko‘rinadi. Bu vaqtdan boshlab temir o‘zlashtirila boshlanadi. Eng avvalo, Peloponnes yarim oroli va Kritga doriylar kelib o‘rnashadilar. Troya urushi to‘g‘risida muammoli fikrlar juda ko‘p. Qadimgi Troya Kichik Osiyoda joylashgan bo‘lib, jez asrida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin Troyaning yoshi Mikendagi shaxta qabrlaridan yosh jihatidan 600 yil katta (https://fayllar.org/waterfall-modeli-nechinichi-yilda-yaratilgan-1969-yil-b-1971-y.html) bo‘lgan va Bolqon yarim orolidan kelgan qabilalar tomonidan bosib olinishi mumkin emas edi. Troya shahri hududidan arxeologlar olti madaniy qatlamlarni qazib ochdilar. Bu madaniy qatlamlar Troyada hayot uzluksiz davom etganligidan dalolat beradi. Mil.avv. 1800-yillar atrofida Troya-VI qatlami paydo bo‘ldi. Mil.avv. III–II ming yilliklarda Egey dengizi orollarida kelib chiqishi sharqdan bo‘lgan krit-miken sivilizatsiyasi shakllandi. Bu madaniyat Kritning afsonaviy podshosi nomi bilan Minoy sivilizatsiyasi ham deb ataladi. Krit sivilizatsiyasi hali yunonlar ibtidoiy jamoa davrini boshidan kechirayotgan paytda (https://fayllar.org/ikkilamchi-jarohat-nabiyeva-kamolaxon.html) vujudga kelgan buyuk madaniyat edi. Ular yunonlargacha bo‘lgan, yunoncha so‘zlashmagan, o‘z yozuvlariga ega xalq bo‘lgan. Krit yoki Minoy madaniyati uch davrga: Ilk Minoy (mil.avv. 3000–2300/2100-yillar), O‘rta Minoy (2300/2100–1600- yillar) va So‘nggi Minoy (1600–1200-yillar)ga bo‘linadi. Kritning ilk gullab-yashnash davri va uning Egey dunyosidagi yetakchiligi mil. avv. III–II ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. Dastlab orolning janubiy-sharqiy qismi rivojlangan. O‘rta Minoy davrida Kritda «birinchi saroylar» davri bo‘ldi. Knoss, Fest va Malliya kabi shahar markazlari rivojlandi. Krit me’morchiligining Kiklad va Ellada sivilizatsiyalaridan ajratib turadigan xususiyati, bu saroylarning ulug‘vor qurilgani va saroylardagi nafis freska tasvirlarining yuksak san’at darajasida bo‘lganidir. Freska (https://fayllar.org/monumental-rang-tasvir-turlari.html) tasviriy san’atining gullab-yashnashi «ikkinchi saroylar davriga» (mil.avv. XVII asr) va So‘nggi Minoy davriga to‘g‘ri keladi. Krit orolida qudratli davlat tashkil topgan, uning kemalari dengizda hukmron bo‘lgan. Krit bilan raqobat qiladigan biror-bir davlat bo‘lmagan. Orolning mudofaa devorlari bilan o‘rab olinmagani bundan dalolat beradi. O‘rta Minoy davri Kritda taxminlarga ko‘ra, yer qimirlashi natijasida halokat bilan tugallandi. Mil.avv. XVII asrda Knoss, Fest, Malliya saroylari xarobaga aylandi. Ellik yildan so‘ng Krit yana qayta tiklandi va bu yuksalish mil.avv. 1400- yillargacha davom etdi. Bu davrda Krit dengizda cheksiz hukmronlik qildi. Krit Bolqon yarim oroli, Misr, Iberiyaga oliy nav vino, zaytun moyini eksport qildi. Misrdan rangli shisha (https://fayllar.org/shisha-qattiq-amorf-moddadir-shisha-odatda-mort-va-shaffof-bol-v3.html), fayans; Kipr orolidan mis; Suriyadan otash; Liviyadan qimmatbaho metallar va fil suyagi olib kelindi. Kritning Egey dengizidagi yangi yetakchiligi mil.avv. 1700-yildan boshlanib, Knoss va Festda yangi saroylar qurilib, uning devorlari ajoyib freskalar bilan (https://fayllar.org/ajoyib-limitlar-1--ajoyib-va-2--ajoyib-limit-v2.html) bezatilgan. Ingliz arxeologi Artur Evans Knoss saroyini 40 yil davomida tekshirdi va ajoyib san’at namunalarini topdi. Bir necha qavatli saroy Kritdagi ulug‘vor inshoot edi. U bir necha marta qayta qurilgan bo‘lib, podsho oilasi istiqomatgohi, rasmiy qarorgoh va xo‘jalik inshootlaridan iborat edi. Saroyda ko‘plab xona va zal devorlari did bilan bezatilgan. Krit me’morlari misrliklardan kolonnalar qurish san’atini egalladilar. Ularning tosh saroylarida juda yo‘g‘on, lekin kalta kolonnalar mavjud. Devoriy tasvirlarda hashamatli kiyingan ayollar va erkaklar, saroy hayoti manzarasi, o‘simlik va hayvonlarning hayotiy ko‘rinishlari yuqori darajadagi badiiy usulda tasvirlangan. Krit kulolchiligida badiiy san’atning nihoyatda yuksak darajasida shakllangani ko‘rinadi. Sopol idishlarda tabiatning boy manzaralari mohirona tasvirlanadi. Bunday tasvirlar ko‘za (amforalar), zaytun yog‘i va vino saqlanadigan, bo‘yi 2 m gacha (https://fayllar.org/antennaning-turlari.html) bo‘lgan xum (pifos)larning sirtiga chizilgan. Krit orolining janubidagi fest katta madaniyat o‘chog‘i bo‘lib, Knoss saroyiga o‘xshash ulug‘vor saroy ansambli – uch tosh terilgan hovli teatr – 500 kishilik, ziyoratgoh, ibodatxonalar mil.avv. 2200-yillar atrofida qurilgan. Mil.avv. XVIII asrdagi zilziladan so‘ng saroy qayta qurilib, kengaytiriladi. Saroy yuqori me’morchilik namunasi darajasida bunyod qilingan. Ko‘p sonli xonalar, uzun yo‘laklar, devorlari toshdan yo‘nilgan plitkalar freska-tasvirlar bilan bezatilgan. Saroy atrofida shahar joy- lashgan. Mil.avv. 1470-yildagi zilzila festni to‘la vayron qilgan. Krit madaniyatining (https://fayllar.org/egey-madeniyati-kbinese-krit-miken-mdeniyat-dep-te-atayd-ytken.html) yuqori darajada rivojlanganligining yana bir dalili, Knoss saroyidagi bizgacha yetib kelgan raqqosa tasvirining bir qismidir. Raqqosaning go‘zal qaddi-qomatini nafis noziklikda tasvirlanganligidan hayratda qolgan arxeologlar uni shartli «parijlik ayol» deb nomladilar. Bu raqqosaning sochi o‘ziga xos did bilan ma’lum bir uslubda turmaklangan. Knoss saroylaridan topilgan kohinalarning fayans haykalchalarida uzun yubka, yarim yalang‘och ko‘krak, nozik yelkalarga tushib turgan sochlar tasviri saroyda hukm surgan nozik did (https://fayllar.org/maruza-bronza-davri-arxeologiyasi--reja.html), yuksak madaniyat dunyosidan dalolat beradi. Devoriy tasvir-freskalar va Krit xudolar panteonida ayol ma’budalarining oldingi o‘rinda turgani, Krit jamiyati hayotida ayollarning mavqeyi yuqori darajada bo‘lganini anglatadi. Bundan tashqari, gemma va uzuklarda qalqon tutgan ayol, kabutar bilan ma’buda, tog‘ cho‘qqisidagi ma’buda va ikki sher o‘rtasidagi ma’buda tasvirlari buning yaqqol misoli bo‘ladi. Freskalarda Krit orolining saroy va diniy hayoti tasvirlari: yosh yigit-qizlarning (https://fayllar.org/qizlarning-qulogini-necha-yoshda-teshgan-maqul.html) yurishi, gullar orasidan yurib kelayotgan hokimning tasviri, qo‘shiq aytib raqs tushayotgan raqqosalar, qo‘lida marosim ko‘zalarini ko‘tarib ketayotgan o‘smirlar, Kritda diniy ramz sanalgan ikki yoqlama bolta-labris ushlagan kohina kabi tasvirlar aks ettirilgan. Taxminlarga ko‘ra, O‘rta Minoy davrida orolning shimoliy qismida (poytaxti Knoss) mustaqil sulola, boshqasi janubda (poytaxti Fest) hukmronlik qilgan. Hokim (https://fayllar.org/11--sinf-oquvchilari-uchun-ozbek-tili-fanidan-test-savollari-i.html) oliy kohin vazifasini ham bajargan. So‘nggi Minoy davrida Kritdagi butun hokimiyat Knoss hokimlari qo‘liga o‘tadi. Siyosiy hokimiyat tuzilishi bilan Sharq despotiyasiga o‘xshash bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. Podsho yerning oliy egasi bo‘lib, ishlab chiqariladigan moddiy ne’matlarning katta qismini tasarruf qilgan. U mamlakatni o‘z ayonlari, yaqinlari yordamida boshqargan. Joylarda podsho noiblari boshqaruv ishlarini amalga oshirgan. Krit podsholari oliy dunyoviy hokimiyatdan tashqari, diniy hokimiyatga ham ega bo‘lganlar. Fukididning ma’lumotlariga ko‘ra, podsho Minos har 9 yilda Zevs tasviri turgan muqaddas g‘orga borib, uning oldida o‘z podsholik boshqaruvi to‘g‘risida hisobot bergan va o‘z hukmronligining navbatdagi muddati uchun yorliq olgan. Knoss saroyi xarobalari qazib ochilganda, podsho taxti bilan taxt turgan inshoot (https://fayllar.org/oquvchilarni-chizma-standartlari-bilan-tanishtirish-va-chizman.html) topilgan. Katta zalning ikki tomonida ehtimol davlat ishlarini muhokama qilishga to‘planadigan podsho kengashi a’zolari o‘tiradigan uzun o‘rindiqlar qo‘yilgan. Devoriy tasvirlarda Krit podshosi odatdagi odamlardan ko‘ra, bo‘yi bir necha marta baland qilib tasvirlangan. Knoss saroyida 10 ming taxtachada qadimgi krit yozuvlari topildi. A.Evans bu yozuvlarni 30 yil davomida o‘qishga urindi, lekin ocha olmadi. U 1940-yil vafot qildi. 1950-yil B-chiziqli yozuv o‘qildi. U Knoss saroyining xo‘jalik hujjatlari edi. Hozirga- cha B - chiziqli krit yozuvi o‘qilgani yo‘q. Mil.avv. XVI asrda yunon hali ibtidoiy jamoa davrida yashagan paytlarida, Kritda rivojlangan davlat va jamiyat, yozuv, yuqori darajadagi madaniyat hamda suv quvuri (vodoprovod) mavjud edi. Ushbu ajoyib sivilizatsiyani sharqdan kelgan qandaydir xalq yaratgan edi. Krit sivilizatsiyasini yunonlar o‘zlashtirdilar. Shu sababli Krit madaniyati Yevropa sivilizatsiyasining asosi hisoblanadi. Download 62.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling