Mikroiqlim va ishchi hududining havo muhiti


Davlat o‘rmon fondidan tashqaridagi daraxtlar va butalarni kesganlik uchun to‘lov miqdorlari


Download 102.38 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi102.38 Kb.
#1601391
1   2
Bog'liq
HFX BMI uchun

Davlat o‘rmon fondidan tashqaridagi daraxtlar va butalarni kesganlik uchun to‘lov miqdorlari




Kesishga ruxsat berilgan daraxtlarning 1,3 m balandligidagi diametri (sm)

Bitta daraxtni kesish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdori (belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)

Kam qimmatli daraxtlar turi uchun: sassiqdaraxt, oq akatsiya, zarang daraxti, terak, tut va boshqa daraxtlar hamda manzarali butalar



Qimmatli yog‘ochbop daraxtlar: yong‘oq, nok, gledichi, eman, lenkoran akatsiyasi, qoraqayin, qora archa, chinor, achchiqmiya, tui, shumtol, lola daraxti, magnoliya, forzitsiya hamda boshqa qimmatli daraxtlar va
butalar

4 sm gacha

0,1

0,2

4,1 — 8

0,2

0,3

8,1 — 12

0,3

0,5

12,1 — 16

0,5

0,8

16,1 — 20

0,9

1,2

20,1 — 24

1,3

1,5

24,1 — 28

1,5

2,2

28,1 — 32

2,0

2,8

32,1 — 36

2,8

3,8

36,1 — 40

3,6

5,0

40,1 — 44

4,9

7,0

44,1 — 48

6,0

8,3

48,1 — 52

6,8

9,5

52,1 — 56

7,7

10,7

56,1 — 60

8,6

12,2

60,1 — 64

9,5

13,6

64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun to‘lov 0,1
koeffitsiyent miqdorida oshadi

Izoh: butalarning diametri sm hisobida ildiz bo‘g‘zida o‘lchanadi.
Qurib qolgan va tabiiy zararkunandalar bilan kuchli shikastlangan daraxtlar hamda butalarni kesish uchun to‘lov amalga oshirilmaydi, agar ularning qurishi va shikastlanganligi atayin qilinmagan bo‘lsa, shuningdek, favqulodda holatlar, tabiiy talafotlar sababli ro‘y bermagan bo‘lsa.
O‘rmonlar o‘zaro aloqador va chambarchas bog‘langan tabiat komponetlarining murakkab tabiiy ekologik tizimi hisoblanadi. Mazkur tabiat tizimi o‘zining dinamik muvozanatliligi, barqarorligi, yangilanish va qayta tiklashning yuqori qobiliyatliligi, energiya va moddaning alohida mutanosib nisbati, kechayotgan tabiiy jarayonlarning turg‘unligi va geografik bog‘liqligi bilan tavsiflanadi.
Geografik zonallik qonuniyatiga binoan bioxilma-xillik geografik zonalar bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, qutblardan ekvatorga tomon organizmlarning xilma-xilligi ko‘payib boradi. Masalan, nam tropik o‘rmonlardagi chuchuk suv hasharotlari soni mo‘tadil o‘rmonlardagi chuchuk suv hasharotlari sonidan 3- 6 barobar ko‘pdir.
Lotin Amerikasidagi nam tropik o‘rmonlardagi 1 ga maydonda 40-100 turdagi daraxt turlari uchraydi. Vaholanki, Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida esa 1 ga maydonda 10-
30 xil daraxt turlari uchraydi. Umuman olganda, Lotin Amerikasida Yer sharidagi o‘simlik va hayvon turlarining 40 foizi joylashgan.
O‘rmonlar, asosan, shimoliy o‘rmon mintaqasi mo‘tadil va qisman subtropik iqlimli hududlar bo‘ylab joylashgan. Jahondagi jami o‘rmonli maydonlarning yarmi, asosan, yog‘och zahiralarini tashkil etgan holda shu mintaqalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu mintaqa o‘rmonlarining asosiy xususiyati tik o‘suvchi sifatli ignabargli daraxtlarning o‘sishidir.
Bu kabi o‘rmonlarga boy davlatlar, asosan, Rossiya, Kanada, AQSh va Finlyandiyadir. Yuqorida nomlari keltirilgan davlatlarda o‘rmonlarni kesish yuqori darajada bo‘lsa-da, daraxt ekish va ularni ko‘paytirish yo‘li bilan o‘rmon va o‘rmon maydonlarini saqlab qolish kabi chora-tadbirlar keng miqyosda olib borilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda 4 mln. ga o‘rmon yo‘qotiladi, ulardan 2,7 mln. ga – Afrikada. Bu hududda o‘rmon, asosan, yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Bir kishi hayoti davomida 200 daraxtni iste’mol qiladi – uy qurish, mebel yasash, qog‘oz va shu kabilarga 1 ga maydondagi o‘rmonni kesish uchun 1 kun sarflanadi, lekin shu maydonda o‘rmon o‘stirish uchun 15-20 yil vaqt sarflanadi.

Adabiyotlar ro’yxati.


Asosiy adabiyotlar.

  1. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti. I.Xotamov, M.Sultаnov, A.Yadgarov

  2. Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat gigienasining qurulishdagi o’rni.

  3. “Iqlimiy sandiqcha. O’zbekiston Respublikasi”. Dmitriy Zamolodchikov.

Internet resurslar.


1. www.lex.uz - O‘zR Adliya vazirligi sayti.
2. www.bilim.uz - O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi sayti.
3. www.mintrud.uz – O‘zR Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sayti.
4. http://www.hse.gov.uk/toolbox/introduction.htm
5. www.safetyrisk.net/free-safety-ebooks/
6. https://environmentgo.com
Download 102.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling