Mikroorganizmlarni shakllari


Probirkadanprobirkaga mikroorganizmlarni qayta ekish


Download 318.75 Kb.
bet5/6
Sana04.02.2023
Hajmi318.75 Kb.
#1165726
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 laboratoriya mashg\'ulot (1)

Probirkadanprobirkaga mikroorganizmlarni qayta ekish

Quritilgan va fiksasiya qilingan mazokka gensian-violet bo'yog’idan quyilib, 1-2 daqiqa saqlanadi. So'ngra bo'yoq suv bilan yuvib tashlanadi va mazokka Lyugol eritmasi (Kj dagi j eritmasi) tomizilib, 1-2 daqiqa qo'yiladi. Bu eritma ham suv bilan yuvib tashlanib, mazok spirtga 0,5-1 daqiqa solib qo'yiladi. So'ngra preparat yana suv bilan yuviladi va unga fuksin bo'yog’idan quyiladi, 3-4 daqiqadan keyin bo'yoq suv bilan yuvilib, mazok havoda quritilgach, unga bir tomchi immersion moy tomiziladi va mikroskopda immersion ob'ektiv bilan qaraladi. Gramm-musbat usulida bo'yaladigan mikroorganizmlar protoplazmasida gensian-violet bilan yod eritmasining birikmasi vujudga keladi, bu eritma spirtda erimaydi; bunday mikroorganizmlar spirtga botirilganda rangini yo'qotmay, to'q binafshaligicha qolaveradi. Gramm-musbat usulida bo'yalmaydigan mikroorganizmlarning protoplazmasida gensian-violet bilan yod birikmasi hosil bo'ladi, lekin spirtda erib ketadi. Natijada mikroorganizmlar rangini yo'qotadi. Rangsizlangan mikroorganizmlar fuksin bilan bo'yalganda qizil tusga kiradi. Gramm-musbat mikroorganizmlar mikroskopda to'q binafsha, gramm-manfiy mikroorganizmlar esa qizil bo'lib ko'rinadi.



Namuna uchun preparat tish g'uboridan tayyorlanadi. Bunda gramm-musbat mikroorganizmlar va gramm-manfiy mikroorganizmlar ham bo'ladi. Gramm-musbat mikroorganizmlar bo'yalish jihatidangina emas, bir qancha biologik xossalari bilan ham gramm-manfiy bakteriyalardan farq qiladi. Antibiotiklar gramm- manfiy mikroorganizmlardan ko'ra gramm-musbat mikroorganizmlarga tezroq ta'sir etadi. Mikroorganizmlarning Gramm usulida qanday bo'yalishiga qarab, unga turli antibiotiklarning qanday ta'sir etishini oldindan bilish mumkin.
Sil-nilsen usulida bo’yash. Sporalarning qobig'i va protoplazmasi hujayra protoplazmasiga nisbatan qiyinroq bo'yaladi, shu sababli sporalarni bo'yash uchun kuchli bo'yoq eritmalarini ishlatish va mazokni qizdirishga to'g'ri keladi. Sporalar hujayra protoplazmasiga nisbatan rangini sekin, qiyinchilik bilan yo'qotadi. Shuning uchun sporalar quyidagicha bo'yaladi:

  1. Fiksasiya qilingan quruq mazok tayyorlanadi.

  2. Mazokka filtr qog'oz qo'yiladi, shu qog'oz ustidan Sil fuksini quyiladi. So'ngra buyum oynasini pinset bilan bir uchidan ushlab, qaynaguncha emas, balki bug' paydo bo'lguncha spirt lampasi alangasida qizdiriladi. Bo'yoq qizdirilganda qurib qolmasligi uchun buyum oynasiga tez-tez Sil fuksini tomizib, qo'shib turiladi.

  3. Filtr qog'oz pinset bilan avaylab olinadi.

  4. Buyum oynasi 1% li sulfat kislota eritmasiga 2 daqiqa solib qo'yiladi. Ayni vaqtda protoplazma hujayralari rangsizlanib, sporalar qizilligicha qolaveradi.

  5. Preparat suv bilan yuviladi.

  6. Preparat metilen ko'ki bilan 1-2 daqiqa davomida bo'yaladi va suv bilan yuviladi. Ayni vaqtda rangsizlangan basillalar ko'k tusga kiradi, sporalar esa qizilligicha qolaveradi.


Download 318.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling