Milliy g`oyani shakllantirish va kishilar ongiga singdirishda ma`naviy merosning o`rni mundarija: kirish I bob


II BOB. 2.1. MILLAT VA MILLIY G‘OYA


Download 136 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi136 Kb.
#1532703
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MILLIY G`OYANI SHAKLLANTIRISH VA KISHILAR ONGIGA SINGDIRISHDA MA`NAVIY MEROSNING O`RNI

II BOB. 2.1. MILLAT VA MILLIY G‘OYA.

O‘zbekiston hayotidagi o‘zgarishlar insonlar ongida ham katta o‘zga-rishlar qilishni talab etadi. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi zamon kishisini tarbiyalash haqida jiddiy qayg‘urishi, tabiiy. Demak, O‘zbekistonda ham, «komil inson» g‘oyasida e’tirof etilgan shaxs mos sifatlarini fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. «Fuqarolik ahloqi»ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi.


Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda har bir ota-ona o‘z farzandining maktabgacha tarbiyasi, uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab yetishi nihoyatda muhim. Bunda oilaning ta’lim muassasalari tizimiga izchil uyg‘unlashuviga erishish zarur. Bu davrdagi barcha bevosita ta’lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollej-lari, oliy o‘quv yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida, barcha o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim:
- Vatan tuyg‘usini shakllantirish;
- ona tilimizga muhabbat uyg‘otish;
- milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish;
- ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash;
- oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish;
- mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish va hokazo.
Sotsiolog, vrach, psixolog, radikal freydizm yo‘nalishi vakali Rayx Vilgelm (1897-1957) fikricha, «ko‘r-ko‘rona va avtoritar (diktaturaviy) tarbiya bois yoshlar ishonuvchan bo‘lib qoladilar hamda tanqidiy qobiliya-tidan mosuvo bo‘ladilar».
Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirish targ‘ibot-tashviqot orqali amalga oshiriladi. Targ‘ibot (uning o‘zak so‘zi, «rag‘bat») - u insonni biror harakatga rag‘batlantirishni nazarda tutadi. «Tashviqot» (tushunchasi o‘zagi «shavq» so‘zidan olingan) - u kishida biror narsaga shavq uyg‘otishga yo‘naltiriladi.
Targ‘ibot («inson qalbining sozlovchilari») insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan.

Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling