Milliy g`oyani shakllantirish va kishilar ongiga singdirishda ma`naviy merosning o`rni mundarija: kirish I bob


MILLIY G‘OYA SHAKLLANTIRISH TAMOYILLAR


Download 136 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi136 Kb.
#1532703
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MILLIY G`OYANI SHAKLLANTIRISH VA KISHILAR ONGIGA SINGDIRISHDA MA`NAVIY MEROSNING O`RNI

1.2. MILLIY G‘OYA SHAKLLANTIRISH TAMOYILLAR.

Inson mohiyati masalasini, uning jamiyatda tutgan o‘rnini, shaxsning dunyosini ifodalovchi o‘zaro uzviy bog‘langan e’tiqod (iymon), huquq, burch, diyonat (vijdon), adolat, halollik kabi qadriyatlar orqali to‘g‘ri idrok qilishi mumkin. Aslida har bir fuqaro hayotdagi o‘rnini, mavqeini o‘z jamiyati, vatani, tevarak-atrofidagi muhim (oila, mehnat jamoasi, mahalla va h.k.) oldidagi burchi va mas’uliyatini ichki his-tuyg‘ulari, vijdoni orqali chuqur tushunib olsa, mustaqil fikri bo‘lsa ijtimoiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Shunday qilib, mustaqil fikrlash - shaxsning bevosita o‘ziga bog‘liq bo‘lgan, uni tashqi muhitning turli ta’sirlariga nisbatan fikr-o‘ylari vositasida munosabatda bo‘lib, kerak bo‘lsa, unga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir.


Biz yoshlarga vatanparvarlik to‘g‘risida faqat balandparvoz gaplarni gapirishdan, asl vatanparvarlikning mohiyatini tushuntirishga, Vatanni sevishini isbot qila oladigan harakatlari to‘g‘risida fikr almashinishga o‘rgatishimiz darkor. Bu hozir davrda pedagogika va psixologiya fanlari amaliyotida o‘zini oqlagan interfaol usullar vositasida amalga oshiriladi. Bozor munosabatlari faqat pul topish yo‘lini izlashdangina iborat emas. Bozor munosabatlari rivoji uchun kishilarda daromad topishga intilishdan tashqari yuksak ma’naviyat ham bo‘lishi kerak. Agar odamlarda halollik, haromdan hazar qilish, imon, insof, adolat, insonparvarlik singari fazilatlar bo‘lmasa, bozor taraqqiyot yo‘li bo‘lmay qoladi, jamiyatda ma’naviy inqiroz kuchayadi. Bozorning mezoni «yo men birovni aldayman, yo birov meni aldaydi», degan qoida emas. Bozor munosabatlariga asos bo‘ladigan milliy, diniy, ma’naviy qadriyatlar – har bir shaxs o‘zining, boshqalarning qadri qimmati, manfaatini ham adolatli ravishda hisobga ola bilishidir.
Yoshlar tijoratga intilishining ijobiy va salbiy tomonlari ham bor. Hozircha bu intilishning salbiy tomonlariga yetarli e’tibor berilayotgani yo‘q. YOshlarni pul topishgagina o‘rgatmay, ularni ko‘proq aqliy, ilmiy, amaliy kamolot yo‘liga boshlamoq kerak. Barcha yoshlar oldi-sottiga berilib, pul topish yo‘liga o‘tib ketaversa, O‘zbekiston kelajakda buyuk, qudratli davlat bo‘la olmaydi. Mamlakatimiz istiqboli, birinchi navbatda, yoshlar zamonaviy fan asoslarini, eng yangi texnika va texnologiyani, milliy va umuminsoniy ma’naviyat qadriyatlarini qanchalik chuqur egallashiga bog‘liq.
Bu fikrlar oiladagi tarbiya masalasiga ham oiddir. Ota-onalar farzandlarining maktabda, oliy o‘quv yurtlarida olayotgan bilimlariga, kasb tanlash madaniyati, ehtiyoji shakllanishiga befarq qarashlari mumkin emas. Yosh avlodni bugungi kun imkoniyatlarigagina emas, balki ertangi kun ehtiyojlariga tayanib tarbiyalamoq zarur. Umuman tarbiyada ertangi kunni o‘ylash, ko‘ra bilish ustivor ahamiyatga ega.
Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo‘lishini ta’minlash ham katta ahamiyatga ega. Biror ish bilan band bo‘lishga o‘rgangan yoshlar mehnatsevar bo‘ladilar, ularda juda yoshligidanoq ma’lum mehnat malakalari shakllanadi. Bo‘sh vaqtlarida, ular o‘zlari sevgan ish bilan shug‘ullanishga o‘rganib qoladilar. Bunday bolalarning jinoyat qilishga yoki nojo‘ya ishlar bilan shug‘ullanishga vaqti ham bo‘lmaydi.
Odobli, mehnatsevar, sabr-toqatli farzandlar ota-ona qoldirgan boylikka boylik qo‘shadi, halol mehnati bilan jamiyatda o‘z o‘rnini, qadr-qimmatini topadi. Ota-onadan meros bo‘lib qolgan axloq va odob esa bir umr tugamaydigan eng katta boylikdir. O‘zbek xalqi maqolida aytilganidek, meros yo‘li bilan orttirilgan moddiy boylik yomon, akadan qolgan boylik undan ham yomonroq, xotindan qolgan boylik esa bularning hammasidan ham yomonroqdir. Yoshlar o‘z mehnati, peshona teri bilan topgan boylikni ko‘proq qadrlaydilar.
Ota-onalar bilishi, amal qilishi lozim yana bir muhim masala farzandlariga berayotgan tarbiya davr ruhiga, zamon imkoniyati va ehtiyojlariga, davlat belgilagan rejalar tizimiga qay darajada mos kelishini yaxshi tasavvur etishdir. Ota-onaning ko‘zi oldida shirin farzandlari bilan bir qatorda, ularning jamiyat, millat taraqqiyoti, davr ehtiyojlari va imkoniyati bilan uzviy bog‘langan kelajagi ham turmog‘i kerak.
Ota-onalar farzand tarbiyasida asrlar davomida shakllangan an’analarga, bu boradagi umuminsoniy qadriyatlarga tayanganida, davr ruhi va ehtiyojlarini e’tiborga olganida yaxshi natijalarga erishadilar. Bu ishning samarasi ko‘proq tarbiyaning maqsadi va usullariga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo‘nalishi, usullari esa o‘zgarib, yangilanib, takomillashib turadi. Bunga har bir konkret tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta’sir etadi.
Shu bois aqlan yetuk, ruhan tetik va sog‘lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda, ijtimoiy mas’uliyatni to‘g‘ri his etadigan, muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash O‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi4.
Shu o‘rinda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq yana bir masalaga ham e’tibor berish kerak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda shuni ham aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy mezonlar doirasida qolib ketishi millat ma’naviy kamoloti imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo‘nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida belgilanadi.
Inson va insoniyat hech qachon tashqi dunyodan o‘zini qurshab turgan olamdagi o‘zgarishlar, rivojlanishlar, ro‘y berayotgan hodisalar, voqealar, jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda yashay olmaydi. Dunyodagi davlatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyyosi kuchlar, ular o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ijtimoiy jarayonlardagi mafkuraviy ta’sirlar odamlar ongi, tafakuri va dunyoqarashiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Bu boradagi eng dolzarb vazifa – o`quvchi yoshlar qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat hamda sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish, milliy g‘ururni tarbiyalash masalasidir. Ushbu vazifa bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muammo – yoshlarning faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, hayotga ongli munosabat, doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash tuyg‘usini oshirishdir.
G‘oyaviy-mafkuraviy ta’lim-tarbiya o‘zining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga ko‘ra murakkab hodisadir. Unda g‘oyaviy dushmanlarning:
Mustaqil O‘zbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan mamlakatlarning barchasida mavjud bo‘lgan umumiy muammolarni «faqat O‘zbekistonda bor» deb talqin qilish, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yutuqlari mohiyatini, hukumatimizning tashqi va ichki siyosatini soxtalashtirish, buzib ko‘rsatish;
Ayrim mamlakatlar turmush tarzi, siyosiy tizimini bir yoqlama ko‘kka ko‘tarish; milliy g‘oyalarimizni obro‘sizlantirish;
To‘qilgan afsonani astoydil takrorlayverish;
Ko‘pmillatli O‘zbekiston aholi o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni buzishga qaratilgan kayfiyatlarni tarqatish va nizolar keltirib chiqarishga urinish;
Odamlarning diniy tuyg‘ularini junbushga keltirish, diniy ksenofobiyani paydo qilish kabi usullariga qarshi turiladi.
Ular mafkuraviy dezinformatsiya tashkil qilishda, eng avvalo, yoshlar ayrim guruhlarining g‘oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. Mana shuning uchun ham mohiyat jihatidan mustaqilligimizga yot bo‘lgan soxta g‘oyalarni fosh qilish mafkuraviy immunitet tarbiyasi tizimidagi muhim, zaruriy bo‘g‘indir. Bu esa mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har qanday ko‘rinishlariga murosasizlikni shakllantirishni taqozo qiladi.
O‘z navbatida kishilar ongi va qalbini makon tutgan g‘oya va mafkuralar ta’lim hamda tarbiyasiz shakllanmaydi, jamiyat ravnaqiga, millat va xalqni kelajagiga xizmat qiluvchi qudratli botiniy kuchga aylana olmaydi. Zero, jamiyat mafkurasi, o‘tmish bilan xozirgi davr va kelajakni, kechagi kun bilan ertangi kunni bog‘lab, tutashtirib, aloqadorligini mustahkamlab turish uchun xizmat qilishga qodir ijtimoiy g‘oyalar majmui bo‘lib, ularning mohiyatini belgilovchi ustuvor tamoyil, bu jamiyatimiz tabiatiga, millatimiz mentalitetiga xos bo‘lgan insonparvarlik tub negizi hisoblanadi. Binobarin, yoshlarimiz ruhiyatiga insonga mehr-muhabbat tuyg‘ullarini singdirish jarayonida milliy g‘oyaning ana shu tamoyilini ta’lim-tarbiya tizimini bosh maqsadiga aylantirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Ushbu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shuning uchun ham yoshlar ma’naviy madaniyatini shakllantirishning samarali tashkiliy va pedagogik uslublari, vositalari ishlab chiqilishi hamda amaliyotga joriy etilishi zarur. Milliy ta’lim-tarbiya tizimining turli shakl va vositalari milliy g‘oyani ro‘yobga chiqarish, barkamol avlodni shakllantirishdan iborat bosh maqsadga erishishni ta’minlovchi xalqimizning milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlariga asoslangan bo‘lishi lozim.
Ta’lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo‘lgan eng muhim dolzarb vazifa bo‘lib turgan. Shuningdek, u odamlarning amal qilib kelayotgan tajribalari, yutuqlari, urf-odatlari va an’analari asosida tashkil qilingan. Ya’ni, ta’lim-tarbiyaga doir shakllangan urf-odatlarimiz, boqiy an’analarimiz ko‘p. Bugungi kunda ham ulardan yoshlarni tarbiyalashda keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab ko‘rsatganidek «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak»5. Bilimlar va axborotlar hajmining ko‘payishi odamlar dunyoqarashining kengayishi va ma’naviyatining yuksalishiga turtki bo‘lishi shubhasiz. Ayni paytda, tinimsiz va tizimsiz kelayotgan xabarlar ichidan haqqoniy, ob’ektiv va foydali ma’lumotlarni ajrata olish qobiliyatini shakllantirish juda muhim vazifa bo‘lib boradi.
Har bir davlat o‘z aholisini, ayniqsa bilim va yangilikka chanqoq yoshlarini ilmiy bilimlar, ma’rifiy-ma’naviy ozuq bo‘ladigan axborotlar bilan ta’minlanishidan manfaatdordir. O‘zbekistonda ham o‘sib kelayotgan yosh av­lodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, ma­daniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan, prinsipial “Axborot siyosati” shakllantirildi va hayotga joriy etilmoqda.
Zamonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va tizimli axbo­rot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yara­tish maqsadida 2006 yili maxsus qaror qabul qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi axborot markazlarini barpo etish, mamlakatdagi kutub­xonalar tarmog‘ini tubdan takomillashti­rish edi.
Mazkur qarorda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ko‘p sonli umumta’lim maktablari huzurida axborot-resurs markazlari tuzish ko‘zda tutildi.
XXI asr axborot asri, axborot texnologiyalari asri bo‘lib kirib keldi. Ana shu asrda keng qamrovli va jadal sur’atlarda tarqalayotgan informatsiyalar insonning istaklarini, qarashlarini o‘zgartirishi, fikriga ta’sir qilishi mumkin. «Eng asosiy narsani ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi» degan qudratli targ‘ibot kuchlari kishini hamma yerda va har kuni qurshab turadi. Endilikda xilma-xil usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotning asosiy ob’ekti, maqsadi inson qalbi va ongi uchun kurash maydoniga qaratilmoqda. Bu kuchlarning maqsadi - insonni nimagadir ishontirish, nimagandir undash, nimagadir og‘dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o‘z diniga e’tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro maydonda ba’zi davlatlar o‘zining «katta og‘a» ekanini uqtirishga harakat qiladi. Lekin tanganing orqa tomoni bo‘lganidek, bu g‘oyaning ikkinchi tomoni teskari tomoni bo‘lishi ham mumkin. Agar o‘sha molini maqtayotgan tadbirkor tamaki sotayotgan bo‘lsa, uning zarari haqida odamlarni kim ogohlantiradi? Agar o‘sha dindor, din chetda qolib, davlat tuzumini ag‘darishga chaqirayotgan bo‘lsa, uning buzg‘un-chiliklarini kim gapirishi mumkin. Yoki jahonda «katta og‘a»larning qo‘lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligini kim tushuntiradi? Ana shu targ‘ibot va aksil targ‘ibotni kim amalga oshiradi?
Inson qalbi va ongi uchun kurash jarayonida g‘oya va ong munosabati birinchidan, muayyan g‘oya inson tomonidan qabul qilinmasligi mumkin. Ikkinchidan, muayyan g‘oya shaxs ongida faqat axborot sifatida saqlanib qolishi, ya’ni keraksiz buyum kabi, inson ongining bir chetida «chang bosib» yotaverishi mumkin. Birinchi holatda g‘oya inson ongida hyech qanday iz qoldirmaydi, ikkinchi holatda esa, u shaxs uchun hyech qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi g‘oya faqat inson qalbini egallagan, ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangan taqdirdagina harakatga da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga, faoliyat dasturiga aylanadi. Shuning uchun ham, bugungi kunda mafkuraviy kurashning bosh maqsadi inson qalbini zabt etish orqali uning ongini egallash bo‘lib qolmoqda
Hozirgi paytda rivojlangan davlatlar qudratli targ‘ibot tizimiga ega bo‘lishga intilmoqda. Masalan, o‘z faoliyatining targ‘ibotiga AQSh hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflayapti. Fransiya ham o‘z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frank sarflamoqdi. Bu ma’lumot targ‘ibotlar nafaqat dinda, biznesda balki siyosatda ham, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham muhim ahamiyatga ega. Demak, rivojlangan demokratik davlatlar ham mafkuraviy faoliyatdan sira voz kechmagan.
Puxta ishlab chiqilgan strategik yo‘nalish davlat istiqbolini belgilaydi. O‘zbekistonning strategik maqsadlari Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan, «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlarida belgilab berilgan. Shu maqsadlar sari insonlarni safarbar qilish, ularni g‘oyalar shaklida singdirish zaruratga aylanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ‘iboti «hukumat siyosati-ning tashviqoti» ko‘rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham O‘zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ‘ib qilishni talab etadi. Bunday targ‘ibot islohotlarni «mafkuraviy asosda ta’min-lash»ga xizmat qiladi.
Milliy g‘oyani O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strate-giyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini hisobga olgan holda, yoshlar qalbi va ongiga singdirishning muayyan tizimi va ustuvor yo‘nalishlari mavjud. Bunda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etiladi.

Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling