Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning tuzilish


Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish Departamenti


Download 0.94 Mb.
bet6/12
Sana04.11.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1746439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish Departamenti

Iqtisodiyot tashqi sektorini prognozlashtirish va rivojlantirish Boshqarmasi

Makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiyotning real sektorini prognozlashtirish yig‘ma Boshqarmasi



Tarkibiy o‘zgarishlar masalalari va rivojlanish strategiyalarini shakllantirsh
Boshqarmasi





Soliq-byudjet va pul-kredit siyosati bo‘limi





O‘rta va uzoq muddatli kompleks rivojlantirish dasturlarini shakllantirirsh bo‘limi


2-rasm. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish departamentining tarkibiy tuzilishi6.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining faoliyatini reglamentlovchi meyoriy va huquqiy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining faoliyatini reglamentlovchi meyoriy va huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi to‘g‘risida nizom.

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori.

Ushbu qaror quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tashkiliy tuzilmasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati tuzilmasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi to‘g‘risida nizom;

  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 30 birlikdan iborat bo‘lgan Urbanizatsiya agentligi tuzilmasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tuzilmasi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining tuzilmasi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va sanoat bo‘limlari xodimlarining umumiy cheklangan soni;

  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va sanoat bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlanishi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24 apreldagi PQ-4297-sonli “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori.

Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish, eksport salohiyatini kuchaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, fitosanitariya, sanitar-epidemiologik, veterinariya, ekologik nazorat organlari va sertifikatlash organlari (keyingi o‘rinda — vakolatli organlar) faoliyatini o‘rganish natijalari ularning O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tuvchi tovarlar va transport vositalariga nisbatan nazorat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligi va tezkorligini oshirish, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlikni jadal joriy qilish orqali takomillashtirish zarurati mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4059-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida ushbu qaror qabul qilingan.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10- yanvardagi PF-5623-sonli “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.

Olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bir qatorda shaharlar aholisi farovonligining o‘sishi va barqaror rivojlanishiga etaklovchi omil sifatida urbanizatsiya jarayoni tegishli darajada hisobga olinmagan. Natijada so‘nggi yillarda urbanizatsiya darajasining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda, shahar aholi punktlari soni esa atigi 1065 dan 1071 gacha ko‘paygan.
Yirik qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalariga aylantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bugungi urbanizatsiya darajasi shaharlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy talablariga javob bermaydi va jahon tendensiyalaridan sezilarli darajada qolib ketmoqda. Bunda urbanizatsiya darajasi hanuzgacha barqaror xususiyatga ega emas.
Urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga solinishini ta’minlash hamda er uchastkalarining aylanmasi va ulardan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida ushbu farmon qabul qilingan.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli “Mahalliy ijroiya hokimyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.

Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlash, ijtimoiy soha rivojini yanada rag‘batlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, hududlarning tabiiy-xomashyo, yer-suv, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, aholi bilan muloqot qilish, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni samarali tashkil qilish maqsadida ushbu qaror qabul qilingan.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-mart PQ-2840-sonli “ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek, hududlar iqtisodiy kompleksi faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida ushbu qaror qabul qilingan.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3204-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Markaziy apparati tuzulmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori.

Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Markaziy apparati tuzulmasiga o‘zgartirish kiritish masalalari aks ettirilgan.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi urbanizatsiya agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623 Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlash qaoririni qabul qilgan.


  1. Download 0.94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling