Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning tuzilish


Boshqarmaning huquq va majburiyatlari


Download 0.94 Mb.
bet4/12
Sana04.11.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1746439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Boshqarmaning huquq va majburiyatlari:
Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:

  • iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari kesimida tayyorlangan prognozlarni vazirlikning boshqa tarmoq boshqarmalari bilan birgalikda tayyorlashda va muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

  • vazirlik rahbariyatiga eng muhim makroiqtisodiy muammolarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo ijchi guruhlar tashkil etish, boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar oid uslubiy va me’yoriy materiallarni tasdiqlash bo‘yicha takliflar kiritish;

  • prognozlarni ishlab chiqish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini har tomonlama tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan vazirlik, davlatning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan tahliliy materiallar va statistik ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda so‘rash va olish;

  • boshqarma o‘z vakolatlari doirasida prognozlashtirish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va boshqa prognozlashtirish va tahliliy materiallarni tayyorlashga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy markazlar va institutlarning hududiy boshqarmalari mutaxassislarini o‘rnatilgan tartibda jalb qilish;

  • berilgan vakolatlar doirasida tegishli tashkilotlarda, idoralarda va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda Vazirlik manfaatlarini ifodalash, kelishuv bo‘yicha o‘zlarining yakuniy va boshqa yig‘ilishlarida ishtirok etish;

  • boshqarmaning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, boshqarma xodimlarining moddiy va ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning malakasi va kasbiy o‘sishi uchun vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;

  • belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, boshqarmaga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni kiritish;

  • boshqarma o‘z vakolati doirasida davlat va xo‘jalik organlari, joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, Markaziy bank va tijorat banklaridan ma’lumotlarni so‘rov asosida o‘rnatilgan tartibda olish;

  • boshqarmaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat statistika organlaridan zarur statistik ma’lumotlarni bepul asosda olish;

  • yuqoridagilarga taalluqli masalalar bo‘yicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish.


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling