Mineral o'g'itlar. Kimyoviy ahamiyati


Download 0.6 Mb.
bet4/6
Sana25.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1399302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ne\'matov mineral o\'g\'itlar

Tarixiy ahamiyati.
Dunyoda mineral ozuqa moddalar ishlab chiqarish 1970-yildan 1990- yillarga kelib to'rt martta ko'payib va umumiy hisobda ishlab chiqarish 130 mln tonnani tashkil etgan. 2012-yillarga kelib mineral ozuqa moddalar ishlab chiqarish 208 mln tonnani tashkil etgan. Dunyoda o'g'itlarni ekinlarga qo'llanilishi bo'yicha 2010-yil ma'lumotiga ko'ra miniral o'g'itlarni eng ko'p qo'llanilgan ekin turi makkajo'xori bo'lib, undan keyingi o'rinlarda bug'doy va sholi ekini turadi.
Shu hisobdan mintaqalar bo'yicha azot ozuqasini ishlab chiqarishning eng ko'p ulushi 79,4 mln tonna Osiyo mintaqasiga to'g'ri kelgan. Keyngi o'rinlarda Ovrupa 23,8 mln tonna va 15,1 mln tonna ishlab chiqarish bilan Amerika mintaqalari turadi. Qolgan mintaqalarni ham qo'shib hisoblaganda jahonda azot ozuqasini ishlab chiqarish 122,1 mln tonnani tashkil etadi.
Fosfor ozuqasi (Р205)ni ishlab chiqarish bo'yicha eng ko'p miqdorni Osiyo mintaqasi 27,7 mln tonna keyngi o'rinlarda Amerika mintaqasi 16,6 mln tonna va Ovrupa mintqasida 5,5 mln tonna ishlab chiqarilgan. Afrika va Okeaniya hududlaridagi ishlab chiqarishni qo'shib hisoblaganda fosfor (P2O5) ozuqasi dunyo bo'yicha 53,8 mln tonna atrofida ishlab chiqarilgan. Fosforli oʻgʻitlar sanoat yoʻli bilan olingan birinchi mineral oʻgʻitlardan hisoblanadi 1842-yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan. Fosforli oʻgʻitlar masalasini rus olimlari A.N.Engelgardt, V.V. Dokuchayev P.A.Kostichev, D.N.Pryanishnikov hal qildilar va bu oʻgʻitlar mamlakatimizda keng ishlatila boshladi.
Kaliy ozuqasi (K2O) ni ishlab chiqarish bo'yicha eng ko'p miqdorni Ovrupa mintaqasi 14,8 mln tonna, Amerika mintaqasi 11,0 mln tonna va Osiyo mintaqasida 6,2 mln tonna ishlab chiqarilgan. Kaliyni (K2O) ishlab chiqarish Afrika mintaqasidagi ishlab chiqarish bilan birga qo'shib hisoblaganda hammasi bo'lib 32,0 mln tonnani tashkil etgan. Bu raqamga O'zbekistonda ishlab chiqarilgan kaliy o'g'iti miqdori kiritilmagan.
Jahon miqyosida qishloq xo'jalik ekinlariga mineral ozuqa moddalami qo'llash bo'yicha keltirilgan ma'Iumotlardan ko'rinib turibdik jami ishlab chiqarilgan mineral ozuqa moddalaming deyarli yarimi donii ekinlarni oziqlantirish uchun foydalanilgan. Bunda 2000-2008-yillarda 49,6 % ni tashkil etgan bo'lsa 2010-2011-yillarga kelib 1,2 % ga oshgan va 50,8 % ni tashkil etgan.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling