Моддий хисоб


Download 423.5 Kb.
bet5/6
Sana09.01.2022
Hajmi423.5 Kb.
#264116
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
каталитик тозалаш Хайдарова Г.

5. Texnologik sxema bayoni.

Suyuq holdagi ammiak 1,4 – 1,6 mPa bosimda AK – 72M sexining T2 isitgichiga keladi. T2 isitgichidan ikkita bo‘lib, 80 % ammiak birinchi isitgichda, qolgan 20 % i esa ikkinchi isitgichda bug‘ holiga keltiriladi. T2 isitgichi absorbsion kalonnadagi aylanma suvning isishi hisobiga ammiakni bug‘latadi. Absorbsion kalonnadan 20 – 220S li suv isitgichga o‘zining issiqligini T2 isitgichiga berib, bu yerda 15 -170S gacha soviydi va yana absorbsion kalonnaga qaytadi. T2 istgichida gaz holidagi ammiak F4 filtridan o‘tadi. Bu yerda ammiak mexanik quyqa va moylardan tozalanadi va T5 isitgichiga beriladi. T5 isitgichida kompressor M – 10a dan kelayotgan havo orqali bug‘ holidagi ammiak 75 – 1200S gacha isitiladi. Agar bu natijaga erishilmasa qo‘shimcha T222 isitgichida bug‘ yordamida qizdiriladi. 70 – 1200S haroratdagi ammiak kontakt apparatining yuqori qismidan beriladi.

Shu bilan bir vaqtda havoni jarayonga tayyorlash ishlari olib boriladi. M – 10a kompressordan havo F11 filtri orqali so‘rib olinadi. Bu sexda qo‘shimcha V401 ventilyatori bo‘lib, yoz oylarida foydalaniladi. Ventilyator orqali haydalgan havo T402 havo sovutgichida sovushi kerak. Chunki, issiq kunlarda temperatura yuqori bo‘lib, havo tarkibidagi O2 aktiv bo‘lmaydi. Sovigandan so‘ng aktivlashadi. F11 filtiridan o‘tgach, havo ham kontakt apparati R12 ning o‘rta qismididan 160000 – 184000 m3/soat hajmda beriladi. R12 kontakt apparatining aralashtirilgichidagi ammiak miqdori 9,5 – 10,6 % dan oshmasligi kerak. Agar ortib ketsa, portlash yuzaga keladi. Shuning uchun ammiak sarfi qattiq nazorat qilinadi. Kontakt apparatining yuqori qismida aralashtirgich bo‘lib, ammiak havo aralashmasi yaxshilab aralashtiriladi va katalizator qatlamlariga uzatiladi. Bunda quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi:

4NH3 + 5O2 → 4NO + 6H2O + Q

Bu reaksiya 850 – 8800S da boradi. Reaksiya uchun hech qanday issiqlik tashqaridan berilmaydi. Oksidlanish reaksiyasi nvtijasija juda katta miqdor issiqlik ajralib chiqadi. Shu reaksiya issiqligi hisobiga jarayon uzluksiz davom ettiriladi. Katalizator sifatida platina va palladiy ishlatidi. Bu katalizatorlar jarayon uchun juda muhim hisoblanadi.

Jarayon uchun kerakli bo‘lgan NO xosil bo‘ldi. U absorbsion kalonnaga borguncha sovitiladi. Kontakt apparatining pastki qismida E13 utilizator qozoni joylashgan. Dastlab ana shu yerda 250 – 2600S li suv yordamida 350 – 3600S gacha sovutiladi. Bunda gaz o‘z issiqligini suvga beradi. Natijada suvning harorati 420 – 4400S gacha yetadi va bug‘ holiga o‘tadi. Bu yerda bosimi 40 kPa li bug‘ xosil bo‘ladi. Biz bu bug‘dan bug‘ trubinasini aylantirishda foydalanamiz. Nitroz gazlarining temperaturasi sovitila boshlangandan so‘ng, havo tarkibidagi kislorod aktivlasha boshlaydi. U NO gazini NO2 ga aylantira boshlaydi.

2NO + O2 → 2NO2 + Q

Reaksiya natijasida issiqlik ajralib chiqib, nitroz gazlar 380 – 4000S haroratda 2 ta E21 suv ekonomayzeriga kiradi. Birinchisida suv yordamida sovitilib, ikkinchisiga 2700S haroratda kirib ketadi. Ikkinchi ekonomayzerdan 185 – 1900S haroratda chiqadi. Bu temperaturani 60 - 650S ga tushirish lozim. Shu sababli T25 tuzsizlantirilgan suv isitgichiga beriladi. Bunda nitroz gazlar 15 – 300S haroratli suv bilan 110 – 1200S gacha sovutiladi. Natijada suvning harorati 90 - 950S ga yetib, E18 dearatorga yo‘naladi. T25 suv isitgichida bosim 4,5 – 5 kg·k/sm2 ni tashkil etadi. So‘ngra T34 nitroz gazlar sovutgichiga 24 – 270S li suv yordamida nitroz gazlarining harorati 55 – 600S gacha yetkaziladi. Suvning harorati esa 30 – 320S ga chiqadi. Bu yerda R12 kontakt apparatida reaksiya natijasida ajralib chiqqan suv kondensatlanib, quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi:

2NO2 + H2O → HNO3 + HNO2

Kontakt apparatida oksidlanmay qolgan ammiak bu kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, tegishli tuzlar xosil qiladi:

NH3 + HNO3 → NH4NO3

NH3 + HNO2 → NH4NO2

aralashmalar K27 yuvgichiga beriladi. Bu yerda nitroz gazlar selitradan yuviladi. Nitroz gazlar tarkibida selitraning miqdori 500 mg/m3 gacha bo‘ladi. Reaksiya natijasida issiqlik ajralib chiqadi va nitroz gazlarning harorati 60 – 650S ga yetadi, bosimi esa 2,5 – 3,7 kg·k/sm2. Ammiak bilan birikmay qolgan kislota konsentratsiyasi 35 – 45 % ni tashkil etadi.

Bu kislota konsentratsiyasiga qarab, K31 absorbsion kalonnaning 6 – 8 –tarelkalariga beriladi.

Nitroz gazlarining absorbsiya uchun tayyor, ammo bosimi past. Shu sababli nitroz gazlar nagnetatel yordamida 8,0 – 11,6 kg·k/sm2 bo‘lguncha siqiladi. Natijada nitroza gazlarining harorati 180 – 2200S gacha ko‘tarilib ketadi. Nitroz gazlarini sovitish uchun T54 sovutgichiga beriladi.

E19 dearatorda suv 240 – 2500S haroratli bug‘ bilan isitiladi. Dearatordagi ishchi bosim 13 kg/sm2. Natijada suvning harorati 102 – 1080S gacha isiydi. Bu suv nitroz gazlarini sovutish maqsadida H2O iste’mol suvi nasosi yordamida T54 sovitgichiga beriladi.

180 – 2200S haroratga ega nitroz gazlar 102 – 1080S li suv hisobiga soviydi va harorati 130 – 1400S gacha tushadi. Suvning harorati esa 150 – 1600S ga ko‘tariladi. So‘ngra T29 nitroz gazlari II bosqich sovitgichida 60 – 650S gacha 25 – 270S haroratli suv bilan sovitiladi va absorbsion kalonnaning pastki qismidan beriladi.

Absorbsion kalonna K31 da absorbsiya jarayoni yuz beradi. Kalonnaning yuqori qismidan kimyoviy tozalangan suv beriladi. Natijada gaz suvga yutila boshlaydi. Suv gazga to‘yinib pastki tarelkalarga tushgan sari uning konsentratsiyasi ortib boradi. K27 yuvgichdan berilgan 35 – 45 % li nitrat kislota bilan qo‘shilib, kolonnaning pastki qismidan 58 – 60 % konsentratsiyali nitrat kislota chiqadi. Absorbsiya reaksiyasi quyidagicha:

H2O + 3NO2 → 2HNO3 + NO

Absorbsiya darajasi 99,9 % gacha tashkil qiladi. Demak, 0,1 % NO2 yutilmay qoladi. Yutilmay qolgan NO2 K47 puflagichda havo yordamida urib tushiriladi va yana jarayonga ya’ni K27 yuvgichga qaytariladi.




Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling