Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

A-toifaga yonish va portlash xavfi mavjud 
bo‘lgan, chaqnab yonish harorati 28°C dan past 
bo‘lgan, yonuvchi gaz va yengil alangalanuvchi 
suyuqlik bug'lari havodagi kislorod bilan yoki suv 
bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli 
bosimi 5 kPa dan oshiq bo‘lgan, gazsimon 
aralashmalar hosil bo'ladigan korxonalar kiradi. Bu 
guruhga 
kiruvchi 
kimyo 
sanoatining 
atseton, 
oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa 
moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni misol 
qilib ko‘rsatish mumkin. 
B-toifaga ham yonish va portlash xavfi bo'lgan, 
chaqnab yonish harorati 28°C dan yuqori bo'lgan, 
yengil alangalanuvchi suyuqlik bug'lari, yonuvchi 
chang va gaziar, havodagi kislorod suv bilan 
qo'shilganda xavfli portlovchi aralashma hosil 
qiluvchi miqdorda bo'lib, ular yong'inda xonadagi 
xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo'ladi. Bunga ammiak 
ishlab chiqarish sanoatini misol qilib ko'rsatish 


mumkin. 
D-toifaga faqat yonuvchi, ya’ni A va В 
toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan, 
chaqnab yonish harorati 120°C dan yuqori bo'lgan, 
yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqarish va qayta 
ishlov berish hamda har xil yoqilg'i moddalar 
ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol 
qilib, yog'ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, 
qog'oz, karton, to'l qog'oz ishlab chiqaruvchi 
korxonalarni ko'rsatish mumkin. 
E-toifaga yonmaydigan modda va ashyolarning 
qaynoq, 
cho'g'langan 
yoki 
eritilgan 
holatida 
ishlatiladigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya 
sanoati korxonalari, issiqlik ishlab chiqaruvchi 
markazlar va bug'xonalar misol bo'la oladi. 
F-toifaga yonmaydigan modda va ashyolarni 
sovuq holatda ishlatiladigan hamda saqlanadigan 
sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari kiradi. 
Masalan, toshni maydalash, keramika va sement 
zavodlari shular jumlasidandir. 


Bino va inshootlarning yong'in hamda portlash 
xavfi 
bo'yicha 
guruhlanishi, 
ulardagi 
barcha 
xonalarning yonish va portlashga moyillik toifasi 
aniqlangandan so'ng belgilanadi. Agar binoda A 
toifaga taalluqli xona bo'lsa-yu, uning maydoni 
binodagi barcha xonalaming umumiy maydonidan 5% 
dan kam bo'lmasa yoki sathi 200 m2 dan ko'p bo'lsa, 
bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda har xil toifaga 
taalluqli xonalar mavjud bo'lsa-yu, A va В toifadagi 
xonalaming yig'indi maydoni, qolgan barcha xonalar 
umumiy maydonining 5% dan kam bo'lmasa yoki 
sathi 200 m2dan ziyod bo'lsa, bu bino В toifaga 
mansub bo'ladi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling