Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Elektr va gaz payvandlash ishlarida yong‘in


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

Elektr va gaz payvandlash ishlarida yong‘in 
xavfsizligi 
Qurilish 
jarayonida 
bino 
va 
inshootlarni 
mustahkamligini oshirish maqsadida metal va 
temirbeton qurilmalarni o‘zaro bog‘lab, ularni yaxlit 
bir hajmiy tizimga keltiriladi. Buning uchun elektr 
yoki gaz payvandlash uskunalaridan foydalaniladi.
Elektr va gaz payvandlash uskunalarini ishlatish 
jarayonida payvand qilinayotgan nuqtada ochiq 
alangani hosil bo‘lishi va undagi harorat 1100
o
S gacha 
ko‘tarilishi mumkin. SHuning uchun payvandlash 


ishlarini bajarish davomida ma’lum tartib va 
qoidalarga rioya qilish zarur bo‘ladi.
Bunday ishlarni ochiq havoda yoki yopiq 
xonalarda doimiy o‘tkaziladigan joylari tashkilot 
rahbarining buyrug‘i asosida belgilanadi. Yopiq 
sexlarda 
payvandlash 
ishlarining 
vaqtinchalik 
o‘tkaziladigan joylari, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha 
mas’ul 
xodimning 
yozma 
tariqasida 
bergan 
ruxsatnomasi bilan aniqlanadi.
Olov bilan bog‘liq bo‘lgan payvandlash ishlari 
bajariladigan joylarda albatta dastlabki o‘t o‘chirish 
vositalari ishga tayyor holda bo‘lishi va barcha 
payvandlash ishlari yong‘in va texnika xavfsizligi 
qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bajarilishi 
shart.
Vaqtinchalik elektr yoki gaz payvandlash ishlari 
bajariladigan joylarda 5m radius kengligida aylanma 
hudud yonuvchi ashyolardan tozalangan bo‘lishi 
lozim. Agar elektr payvanchi balandda ishlayotgan 
bo‘lsa, pastda payvandlash paytida uchib chiqayotgan 


uchqunlarni tarqalishini kuzatib turgan yordamchi 
bo‘lishi va payvandchining yonida yongan elektrodlar 
qoldig‘ini solish uchun maxsus metal quticha bo‘lishi
lozim.
Elektr payvandlash va gazda qirqish ishlarini 
bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:
-yong‘in xavfsizligini ta’minlamasdan turib 
payvandlash uskunalarini ishlatish, hamda nosoz 
bo‘lgan uskunalarda ishlash; 
-maxsus 
belgilangan 
ximoya 
kiyimlarini 
kiymasdan turib ishni boshlash;
-kislorod balonlari va yonuvchi gaz balonlarini, 
karbit va bo‘yoq mahsulotlari solingan idishlar bilan 
bir xonada saqlash; 
-karbit solingan idishlarni zax tortishi mumkin 
bo‘lgan erto‘lalarda saqlash; 
-asetilen generatori va uning qismlari muzlab 
qolganda olov yoki qizdirilgan buyumlar yordamida 
muzini eritish; 


-yonuvchi gaz va kislorod balonlari, atsetilen 
generatori bor bo‘lgan joylarda chekish va ochiq 
holdagi olovlardan foydalanish;
-karbit solingan idish qopqog‘ini ochishda 
misdan qilingan asboblardan foydalanish. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling