Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
D
d S s B b А а P sm (5.3) bunda a, b, s va d – aralashma tarkibidagi yonuvchi gazlarning miqdori, %; A, B, S va D – aralashma tarkibidagi yonuvchi gazlarning yuqori (yoki quyi) alangalanish chegaralari, % 5.4-jadvaldan olinadi. Tarkibida yonmaydigan gazlarning miqdori ko‘proq bo‘’lgan aralashmalarni alangalanish chegarasini aniqlashda bu formula kerakli aniqlikni ta’minlab berolmaydi, shu sababdan bu xildagi aralashmalarni alangalanish chegaralarini aniqlashda, yuqori aniqlikdagi murakkab formulalardan foydalaniladi yoki alangalanish chegaralari tajriba usuli bilan aniqlanadi. Yonuvchi gazlarni havo bilan aralashganda, alangalanish harorati va portlash chegaralari 5.4-jadval Gaz turlari Alangalanish harorati, o C Maksimal yonish harorati, o C Normal sharoitda (T=20 o C, P=760 mm.sm.us.) yonuvchi gazlarni alangalanish chegaralari (foiz hajmida) Quyi chegara Yuqori chegara Butan Butilen Vodorod Metan Karbon oksidi Propan Propilen Etan Etilen Koksli Slanetsli 490 445 510 645 610 510 455 530 510 640 700 2120 2043 2230 2043 2110 2110 2224 2100 2020 2090 1900 1,9 1,7 4 5 12,5 2,1 2 3,1 3 5-6 6-8 8,5 9 75 15 75 9,5 9,7 12,5 28,6 30-32 30-40 Yonish jarayoni odatda havodagi gazlarni haroratini va bosimini tez ko‘tarilishiga olib keladi. Bu hol xona ichida sodir bo‘lsa, undagi yonuvchi gaz aralashmasi portlashi mumkin. Yonuvchi gaz va havo aralashmasi portlaganda bosim 7-8 kg/sm 2 gacha ko‘tarilishi mumkin. Portlash jarayonida bosimni ko‘tarilishi quyidagi formula bilan aniqlanadi: n t m t Р Р das por das por ) 273 ( ) 273 ( (5.4) bunda R por -portlash vaqtidagi havoning mutlaq bosimi, at; R das -aralashmaning dastlabki mutlaq bosimi, at; t por -portlash paytidagi maksimal harorat, o C, jad. 2; t das -aralashmaning dastlabki harorati, o C; m-aralashmaning yonish reayaksiyasi tenglamasidagi molekulalar soni; n-aralashmaning portlash oldidagi molekulalar soni. Chang zarrachalarining yonish va portlash xususiyatlari, ularning qanday moddadan tashkil topganligi, o‘z-o‘zidan alangalanish harorati va quyi chegaraviy miqdorlari bilan aniqlanadi. Yonuvchi chang zarrachalari havo bilan aralashganda, ma’lum harorat va bosim ta’sirida yonishi yoki portlashi mumkin. Ularning bunday sharoitda yonishi (yoki portlashi) uchun etarli bo‘lgan eng kam miqdoriga, qo‘yi alangalanuvchi chegara miqdori deb yuritiladi. Qurilish me’yorlari va qoidalariga binoan changlar ikki turga ajratilgan, ya’ni yonuvchanlik quyi chegara miqdori 65 g/m 3 dan yuqori bo‘lganda yonishga xavfli va portlashining quyi chegara miqdori 65 g/m 3 dan past bo‘lganda portlashga xavfli xisoblanadi. Bundan tashqari chang yonuvchanligi va portlashga moyilligi bo‘yicha 4-ta sinfga bo‘linadi, ya’ni portlash xavfi bo‘yicha ikkita sinfga: 1-sinf: qo‘yi portlash chegara miqdori 15 g/m 3 gacha bo‘lgan portlovchi changlar; 2-sinf: qo‘yi portlash chegara miqdori 15 g/m 3 dan yuqori bo‘lgan portlovchi changlar. Hamda alangalanib yonish bo‘yicha ikkita sinfga bo‘linadi: 3-sinf: alangalanish harorati 250 0 Cgacha bo‘lgan yonuvchi changlar; 4-sinf: alangalanish harorati 250 0 Cdan yuqori bo‘lgan yonuvchi changlar. Ba’zi yonuvchi changlarning yonish va portlash quyi chegara miqdori quyidagicha. Masalan, un changi- 30 g/m 3 , kraxmal changi- 40 g/m 3 , paxta changi 65 g/m 3 dan yuqori, yog‘och changi- 67 g/m 3 , tamaki changi- 68 g/m 3 , tosh ko’mir changi-114 g/m 3 yonuvchilarga, kanifol changi- 5 g/m 3 , oltingugurt changi- 2,3 g/m 3 , shakar changi - 8,9 g/m 3 va boshqalar portlovchilarga misol bo‘ladi. Changlarni yuqori miqdroiy alangalanish chegaralari odatda etarli darajada baland bo‘lganligi sababli, ishlab chiqarish sharoitida ularga etishib bo‘lmaydi. Yonuvchi suyuqliklarning yonish xavfi, odatda ularning harorat ko‘rsatkichlari, kimyoviy tarkibi hamda bug‘lanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Ba’zi engil alangalanuvchi suyuqliklarni chaqnab portlashiga tashqi muhit haroratining ko‘tarilishi sabab bo‘lishi mumkin. Yonuvchi suyuq moddalarni o‘rab turgan muhit haroratining ko‘tarilishi tufayli, ularning sirtida yonuvchi bug‘lar yig‘ilib qolishi va tashqi issiqlik manbai ta’sirida, alangalanmasdan portlashga moyil bo‘lgan holat yuzaga kelishi mumkin. Ana shu holatni yuzaga keltiruvchi eng kichik harorat, chaqnash harorati deb qabul qilingan. Suyuqliklarning yonuvchanlik darajasi ularning chaqnash haroratiga qarab belgilanadi va ikki toifaga bo‘linadi. Ya’ni, chaqnash harorati 61 o Cdan past bo‘lgan suyuqliklar engil alangalanuvchi va yuqori bo‘lganlari esa engil yonuvchi suyuqliklar turkumiga kiritilgan. Ishlab chiqarishda, harorati chaqnash haroratidan yuqori bo‘lgan muhitlarda, bu turdagi suyuqliklarni qo‘llanilishi xavfli hisoblanadi. Davlat xavfsizlik me’zonida ba’zi engil yonuvchi suyuqliklarning chaqnash harorati quyidagicha berilgan: Atseton-1,8 0 C, benzol-15 0 C, benzin- 50 0 C, solyarka –38 0 C, kerosin –28 0 C, skipidar –34 0 C, toluol-6 0 C, ksilol –23 0 C, motor yonilg‘isi-70 0 C va boshqalar. Ormandi va Grevenlar tajribalarga tayangan holda, har qanday yonuvchan suyuqliklarning xavfli chaqnash harorati ularni qaynash harorati bilan bog‘liqligini quyidagicha ifoda etishni taklif etganlar. T chaq =0,736 T qay (5.5) Masalan, benzolni qaynash harorati t q =+80,1 o Cbo’lsa, uning absolyut qaynash harorati T qay =273+80=353 o K ga teng bo‘ladi. Chaqnash haroratining mutloq qiymati bolsa T chaq =353·0,736=260 o K yoki t chaq =260−273=−13 o C bo’ladi. Bug‘larda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosimni Tornton formulasi orqali aniqlab chaqnash haroratini topish mumkin P ch = P u /[1+ (N-1) 4,76] (5.6) bunda P ch - bug‘ning chaqnash haroratiga xos bosimi, mm.sm.ust; P u - bug‘ va havo aralashmasining umumiy bosimi, mm.sm.ust; N-1 g/mol. yonuvchi suyuqlikni yonishi uchun zarur bo‘lgan kislorodning atomlar soni. Masalan, ma’lumki havoning bosimi 750mm.sm.ust. teng bo‘lganda, benzol – С 6 N 6 ni havoda yonishini quyidagicha kechadi: С 6 N 6 +7,5O 2 + 79/21·7,5N 2 + 6СO 2 + 3N 2 O + 79/21·7,5N 2 , bundan ko‘rinib turibtiki N=15. Demak, P ch = P u /[1+ (N-1)4,76]= 750/(1+(15- 1)4,76)=11mm.sm.ust.ga teng bo‘ladi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling