Ma’ruza №1 «yong’in-portlash xavfsizligi asoslari» faniga kirish. Reja


Download 21.62 Kb.
bet1/4
Sana15.02.2023
Hajmi21.62 Kb.
#1201717
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu


MA’RUZA № 1


«YONG’IN-PORTLASH XAVFSIZLIGI ASOSLARI» FANIGA KIRISH.


Reja
1 Yong’in xavfsizligi faning maqsadi
2. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va turlari
Tayanch sо‘z va iboralar: yonish, portlash, potensial, oksidlanish jarayoni, yonuvchi modda, о‘z-о‘zidan alangalanish, kimyoviy jarayon, organik moddalar, ob’ektning yong‘in xavfsizligi.

Yong‘in xavfsizligi” fanining o‘qitilishidan maqsadi - bo‘lajak mutaxassislarga turli tusdagi yong‘in va portlash yuz berganda inson hayotini, fuqarolarni, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilish, talafot olganlarga birlamchi tibbiy yordam berish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va moddiy boyliklarni yonishdan. kuyib nobud bo‘lishdan saqlash tadbirlari va qoidalarini o‘rgatishdan iborat.


O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: yonish va portlash parametrlarini amaliy va tajriba yo‘llari bilan aniqlash, yonish jarayonining potensial portlash xavfliligini tahlil qilish, jarayonning termodinamik va ekzotermik parametrlarini aniqlash usullariga o‘rgatish, yong‘in va portlash yuz berganda fuqarolar muhofazasini va moddiy boyliklarni asrashni tashkil etish, zarbali to‘lqinlarda bosimni hisoblash, qurilish konstruksiyalarini o‘tga bardoshliligini oshirish, materiallarni yonmaydigan toifaga o‘tqazish, yonish jarayonining turli parametrlari – o‘z - o‘zidan alangalanish, chaqnash harorati, o‘z o‘zidan yonish, kislorod indeksi va boshqalarni aniqlash, kuygan va talafot olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko‘nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.
Yong‘in sanoat korxonalari, xalq xо‘jaligining barcha tarmoqlarida yuz berib, yetkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bо‘lgan hodisa hisoblanada.Ular katta moddiy zarar keltirishi bilan birga og‘ir baxtsiz hodisalarga: zaharlanish, kuyish hamda kishilar halokatiga sabab bо‘lishi mumkin.
Yong‘inga qarshi kurash ishlari davlat miqyosida amalga oshiriladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash, uning rivojlanib, tarqalib ketmasligi chora-tadbirlarini oldindan kо‘rish samarali kurash olib borish yong‘inni о‘chirishda qо‘llaniladigan birlamchi vositalardan tо‘g‘ri foydalanishga qaratilgan.
Murakkab oksidlanish jarayonida yonuvchi moddalardagi bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi oqibatida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan holatga yonish deb tushuniladi. Yong‘inga asosan uch omil: yonuvchi modda, yondiruvchi muhit, qizdirish jarayoni sabab bо‘ladi.

Download 21.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling