Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Binolarda portlashga qarshi himoya


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

 
Binolarda portlashga qarshi himoya 
vositalarini loyihalash 
Portlashga moyil xonalari mavjud bo‘lgan sanoat 
korxonalarini loyihalashda, ularni portlashdan va 
butunlay buzilib ketishdan asrab qolish uchun xizmat 


qiladigan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tadbiq 
etiladi. Bunday tadbirlarni asosiy vazifasi sanoat 
korxonasining portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘lib, 
portlashga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etishga 
qaratilgan bo‘ladi. Bu kabi xavfsizlik muammolari 
ishlab chiqarish tartibini yaratish yoki tanlash 
jarayonida mukammal echilishi kerak. Ya’ni ishlab 
chiqarishda shunday texnologik tizimni tanlash lozim 
bo‘ladiki, uni ishlatish jarayonida dastgoh va 
uskunalardan portlovchi gaz va havo aralashmasini 
hosil bo‘lishiga etarli bo‘lgan yonuvchi gaz va 
suyuqliklarni oqib chiqishiga va chiqqan taqdirda ham 
portlaydigan 
miqdorgacha yig‘ilib qolmasligini 
ta’minlay oladigan bo‘lishi kerak. Agar barcha 
tadbirlarni bajarganda ham, portlash xavfi to‘liq 
bartaraf etilmaydigan bo‘lsa, bu holda bino va 
inshootlarni 
loyihalashda 
maxsus 
konstruktiv 
echimlar vositasi bilan ularni portlash oqibatidagi 
buzilish darajasini kamaytirish choralari qo‘llaniladi. 


«Portlash xavfsizligi» davlat me’zoni talablari 
bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlari shunday 
takomillashgan bo‘lishi lozimki, yil davomida ularda 
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlash ehtimoli 1/10

dan oshmasligi kerak. Ammo har qancha texnologik 
ogohlantirishlar 
va 
texnik-tashkiliy 
tadbirlarni 
qo‘llanishiga qaramay, ba’zan talofatli portlashlar 
sodir bo‘lib turadi. 
Bino va inshootlarni yonish va portlash xavfi 
bo‘yicha A va B toifasiga kiruvchi sanoat 
korxonalarida, avariya holatida yonuvchi gaz yoki 
changlarni havo bilan xavfli aralashmasi hosil bo‘lishi 
sababli yong‘in yoki portlash sodir bo‘lishi mumkin. 
Bunday hollarda bino va inshootlarni butunlay buzilib 
ketishdan saqlash maqsadida «Ishlab chiqarish 
binolari» loyihalash me’yori talablariga binoan, ularda 
portlash paytida hosil bo‘ladigan bosimni ta’sir 
kuchini kamaytiruvchi, maxsus «engil otilib ketuvchi» 
binoning yuk ko‘taruvchi asosiy qismlarini saqlab 


qolish 
uchun 
xizmat 
qiladigan 
qurilmalar 
rejalashtiriladi. 
5.6-rasm. Binolardagi asosiy izolyatsiya panellari 
Engil otilib ketuvchi qurilmalarga qo‘yiladigan 
asosiy talab, xonadagi xavfli gaz va havo aralashmasi 
bosimini portlash vaqtida, binoning asosiy yuk 
ko‘taruvchi qismlarini buzilib ketmasligini ta’minlay 
oladigan darajada chegaralashdan iborat. 


Engil 
otilib 
ketuvchi 
qurilmalari 
tashqi 
devorlarda 
yoki 
tomda 
o‘rnatiladi. Devorda 
o‘rnatiladigan qurilmalar tomdagisiga nisbatan 30-
50%ga samaraliroq va tiklash jarayonida kam xarajatli 
hisoblanadi. 
Engil otilib ketuvchi qurilmalarni xisoblash va 
loyihalashda ularni massasini va mustahkamligini 
shunday tanlash kerakki, portlash vaqtida devorlarga 
tushadigan bosim (R
p
), ruxsat etilgan bosim (R
rux
) dan 
ortiq bo‘lmasin, ya’ni 
R
p
< R
rux

Bunday qurilmalar, bino va inshootlarni tom 
yopiladigan qismida yoki tashqi devorida o‘rnatiladi. 
Ularning umumiy maydoni, A toifadagi korxonalar 
uchun portlash xavfi mavjud bo‘lgan xonalarning har 
1m
3
hajmiga 0,05m
2
dan va B toifadagi korxonalar 
uchun esa har 1m
3
hajmiga 0,03m

dan
kam 
bo‘lmagan miqdorda loyihalashtiriladi. 


5.7 – rasm. Uylar o’rtasidagi yong'in ajratadigan 
devor 
Engil otilib ketuvchi qurilmalarga deraza, eshik, 
darvoza, asbestsement fanerdan, alyumin va po‘lat 
tunukalar bilan qoplanib, ichiga engil isitgich 
polimerlar bilan to‘ldirilgan panellar va shunga 
o‘xshash engil qurilmalar misol bo‘la oladi. Bunday 
qurilmalarning engil otilib ketishi uchun ruxsat etilgan 
og‘irligi 120kg/m
2
dan oshmasligi kerak. 


Derazalarning engil otilib ketuvchi qurilmalarga 
aylanishi uchun ulardagi oynalarning qalinligi 3, 4 va 
5mm bo‘lganda, sirti mutanosib holda 0,8; 1,0 va 
1,5m
2
dan kam bo‘lmasligi lozim.
Tomyopgich sirtida o‘rnatilgan engil otilib 
ketuvchi 
qurilmasining 
umumiy 
maydoni 
aniqlangandan keyin, uni har biri 180m
2
dan 
oshmagan, alohida to‘rtburchaklarga bo‘lingan holda 
joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu qurilmalarning 
og‘irligidan 
hosil 
bo‘ladigan 
bosim 
0,7kPa 
(70kgs/m
2
)dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
A va B toifadagi bir qavatli binolarni tomida 
o‘rnatilgan Engil otilib ketuvchi qurilmalari, ishlab 
chiqarish tartibi talablarini buzmagan va atrof-muhitni 
hisobga 
olgan 
holda 
tashqi 
devorga 
yaqin 
joylashtirilishi va ko‘p qavatli binolarda oxirgi 
qavatda yoki tashqi devorda o‘rnatilishi lozim. 
Bunday xonalarni erto‘la va er osti qavatlarida 
joylashtirilishi ruxsat etilmaydi. 



Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling