Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
2NaHСO 3 + H 2 СO 4 = Na 2 СO 4 + H 2 O + 2СO 2 Bunday tartibda tayyorlangan ko‘pik etarli darajada harakatchanlik va vaqtga nisbatan ustuvorlik xususiyatlariga ega bo‘lib, suv bilan qo‘shilmaydi, alanga va uning haroratiga yaxshi qarshilik ko‘rsata oladi. Maxsus ko‘pik tayyorlaydigan uskunalarda xavo, suv, javhar va ishqorlarni majburiy aralashishi natijasida havoli sun’iy ko‘pik hosil bo‘ladi. Chunki uning tarkibiy hajmi 90% gazdan va 10% gina ko‘pik hosil qiluvchi eritmadan iboratdir. 1902 yili rus muxandis olimi A.G.Loran olovni ko‘pik bilan o‘chirish taklifi bilan chiqib, ko‘pik hosil qiluvchi modda sifatida natriy bikarbonat aralashgan ekstraktdan foydalandi. Uning ixtiro qilgan qorishmalari yong‘inni o‘chirishda ishlatiladigan ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni asosini tashkil etadi. 1925 yilda ko‘pik generatori yaratilgandan keyin, kimyoviy ko‘piklarni tayyorlashda quruq holdagi kukunlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. 40-chi yillarni boshida PGP-1, PGP-2 va PGP-3 rusumli ko‘pik hosil qiluvchi kukunlar ishlab chiqarila boshlandi. Uning tarkibini alyuminosulfat javhari 45- 60%, natriy bikarbonat 22-46% va ekstrakt 1-8% tashkil etadi. 1985 yilgacha PO-1 rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq holdagi aralashmadan o‘t o‘chirishda keng foydalanib kelindi. U to‘q jigarrang tusda bo‘lib, tarkibida 84% kerosin, 4-5% suyak elimi, 10-12% etil spirti mavjud bo‘ladi. Bugungi kunda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan havoli mexanik ko‘piklarni hosil qilish uchun PO-1 rusumli quruq kukundan tashqari, PO-2A, PO-1D, PO-1S, PO-3A, PO-6K, PO-3AI, «IVA», «Morozka», «TEAS», «Polyus», «Sampo» va «Morpen» rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq moddalar, amaliyotda keng qo‘llanib kelinmoqda. Masalan bulardan, PO-2A rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq modda (sanoatda nomi «Progress»), tarkibida 30±1% li faol moddalar bo‘lgan suv qorishmasi va natriyli sulfat va 8-18 atomli karbon birikmalaridan iborat. O‘t o‘chirishda bir qism PO-2A ga ikki qism suv qo‘shilgan holda ishlatiladi. PO-3A rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq modda («Pinal») 26±1% li faol moddaning suvdagi eritmasidan iborat bo‘lib, tarkibida ikkilangan natriy alkilsulfati 8-10 va 13-18 atomli karbon alkil moddalari mavjud. PO-3A moddasi amaliyotda suv bilan 1:1 nisbatda qorishma holiga keltirib ishlatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling