Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kimyoviy bog‘lanish tushunchasi. Atomlardagi elektronlar joylanishi orqali kimyoviy bog‘lanishni xarakterlash. Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent bog‘lanish va uning hosil bo‘lish nazariyalari
Ionlarning zaryadi asosida kimyoviy formulalar tuzish
Download 312.98 Kb.
|
5-M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.13. Metall bog’lanish
- 6.14. Kimyoviy bog’lanishlarning yagona tabiati
Ionlarning zaryadi asosida kimyoviy formulalar tuzish
Ion bog’lanishli birikmalarning formulalari ion kristall panjara tugunlaridagi ionlar orasidagi o’zaro nisbatni ko’rsatadi. Kristall panjara bir butunligicha neytral (ya’ni manfiy va musbat zaryadlar yig’indisi 0 ga teng) bo’lishi kerak. Ion birikmalarning formulalari
6.13. Metall bog’lanish Metallarning tashqi elektron pog’onasidagi elektronlari yadro bilan bo’sh (kuchsiz) bog’langan bo’ladi. Metall atomlari ushbu elektronlarini osongina beradi. Natijada metall atomlari musbat zaryadli ionlarga aylanadi. Bu hodisa nafaqat, metallar boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishganda, balki oddiy modda holidagi metallarda ham sodir bo’ladi. Oddiy modda holida metallarning barchasi (simobdan tashqari) qattiq, kristall moddalardir. Kristallarda metall atomlarning bir qismi ionlashgan holatda bo’ladi. Kristall panjara tugunlarida metall atomlari yoki ionlari, ularning o’rtalaridagi bo’shliqlarda esa elektronlar joylashadi: Metall kristall panjaradagi metall bog’lanish. -elektronlar Bu elektronlar kristall panjaradagi barcha atom va ionlar uchun umumiy bo’lib butun kristall panjarada aylanib yuradi. Metall va metall qotishmalaridagi erkin elektronlar bilan kristall panjara tugunlaridagi metall atomlari yoki metall ionlari orasidagi bog’lanish metall bog’lanish deyiladi. Davriy sistemadagi barcha metallar oddiy modda holida metall bog’lanish hosil qiladi. Shuningdek metall qotishmalarida masalan, bronza, latun va shunga o’xshashlarda metall bog’lanish bo’ladi. Metall bog’lanish yo’naluvchanlik va to’yinuvchanlik xossalariga ega emas. Metall bog’lanish metall atomlari uchun xos bo’lgan valent elektronlarining kamligi va erkin elektron orbitallarining ko’pligi bilan xarakterlanadi. Metall bog’lanishli birikmalar qattiqligi, elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi, yassilanuvchanligi, plastikligi, bolg’alanuvchanligi va metall yaltiroqligi bilan boshqa kimyoviy bog’lanishli birikmalardan ajralib turadi. Metall ionlari joylashgan ayrim tekisliklar bir-biriga nisbatan siljish imkoniyati ularning cho’ziluvchan, bolg’alanuvchan va ishlov berishga qulayligiga sabab bo’ladi. 6.14. Kimyoviy bog’lanishlarning yagona tabiati Kimyoviy bog’lanishlarning turlarga bo’linishi nisbiy xususiyatga (xarakterga) ega. Ion bog’lanishni qutbli kovalent bog’lanishning to’yingan holi deyish mumkin. Metall bog’lanish umumlashgan elektronlar bilan atomlarning o’zaro ta’sirlashuvi va ushbu elektronlarning metall ionlari bilan elektrostatik tortishuvidan iborat. Har qanday moddada ham sof (muayyan) kimyoviy bog’lanish mavjud emas. Masalan; LiF 80% ion va 20% kovalent bog’lanishga ega. Shuning uchun kimyoviy bog’lanishning qutblilik (ionlilik) darajasi haqida gapirish to’g’riroq bo’ladi. HF - HCℓ - HBr – HI - HAt qatorida bog’larning qutblilik darajasi kamayib boradi va hatto HAt qutbsiz kovalent bog’lanishga ega bo’ladi. Bitta moddada kimyoviy bog’lanishning bir nechta turlari uchrashi mumkin. Masalan; 1) Asoslarda metall atomlari bilan gidrokso guruh (OH-) orasidagi bog’ ion, kislorod atomlari bilan vodorod atomlari orasidagi bog’ esa qutbli kovalent bog’lanishdir; 2) Kislorod saqlovchi kislotalarning tuzlarida kislota qoldig’ining kislorodi bilan metallmas orasidagi bog’lanish qutbli kovalent, metall bilan kislota qoldig’i orasida esa ion bog’lanishdir; 3) Ammoniy tuzlarida azot bilan vodorod atomlari orasida qutbli kovalent, ammoniy ioni bilan kislota qoldig’i orasida esa ion bog’lanishdir; 4) Metallarning peroksidlarida kislorod atomlari (-O-O-) orasidagi bog’lanish qutbsiz kovalent, metall bilan kislorod atomlari orasida esa ion bog’lanishdir. Download 312.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling