Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Download 0.8 Mb.
bet5/18
Sana09.05.2020
Hajmi0.8 Mb.
#104553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
MOLIYA маъруза матн (1)


notijorat tashkilotlarining soni. Yevropa mamlakat-larida har 1000 kishiga 4ta notijorat tashkiloti tо‘g’ri kyeladi. Finlyandiya Shu ma’noda ryekordchi hisoblanib, bu yerda har 1000 kishiga 21tadan tо‘g’ri kyeluvchi notijorat tashkilotlari mavjud. Bu kо‘rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga tyengdir;

  • notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bо‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu syektorda ishchi kuchining о‘rtacha 3,4% ishlaydi (Vyengriyada – 1%dan boshlab, AQSHda – 7%gacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat kо‘rsatishi iqtisodiyotning boshqa syektorlarida faol ravishda qо‘shimcha ish о‘rinlarining yaratilishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bо‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faollaShuviga olib kyeladi;

  • notijorat tashkilotlarining opyerativ xarajatlari. Bu kо‘rsatkich yalpi milliy mahsulotning о‘rtacha 3,5%ini tashkil etadi (Vyengriyada – 1,2%, AQSHda – 6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga tyengdir.

    Hozirgi sharoitda notijorat syektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bо‘la borib, bu yerda Moliyaviy va inson resurslarining syezilarli qismi tо‘planmoqda va u zamonaviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.

    Notijorat asosda xо‘jalik Yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:



    • faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yо‘naltirilganligi;

    • e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish;

    • bozor xо‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning sosial samaradorligini birgalikda qо‘shib olib borish.

    Notijorat tashkilotlari faoliyatining Moliyaviy manbalarini quyidagi byesh asosiy guruhga ajratish mumkin:

    • byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar);

    • tijorat faoliyati:

    - tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizasiya qilishdan olingan tuShum;

    - aksiyalar, obligasiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar va omonatlar bо‘yicha olinadigan daromadlar;

    - notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashkilotlarining yordami asosida tuzilgan xо‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar;

    - va boshqalar.



    • tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning qurbonliklari (homiylik yordamlari);

    • ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning о‘zida tushib turishi mumkin bо‘lgan tushilmalar;

    • qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, kо‘ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bо‘yicha о‘tkazilgan tadbirlar (lotyeryeyalar, auksionlar, kо‘ngilxо‘shlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kyelgan tushilmalar.

    Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini Moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilmasi turlichadir. Masalan, kо‘pgina rivojlangan mamlakatlarda xususiy qurbonliklarning miqdori 1%dan (YAponiyada) 20%gacha (AQSHda) tyebranadi va о‘rtacha 11%ni tashkil etadi. Hukumat ajratmalarining salmog’i esa 26%dan (Gyermaniya) 71%gacha bо‘lib, uning о‘rtacha darajasi 48%ga tyengdir. Notijorat tashkilotlarining о‘zlari tomonidan ishlab topilgan mablag’larning salmog’i 23%dan (Vyengriya) 71%gacha tyebranib, uning о‘rtacha darajasi 41%dan iboratdir.

    Notijorat faoliyatni Moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tyegishli qonunlari yordamida amalga oshiriladi. Ularni Moliyaviy jihatdan qо‘llab-quvvatlash tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarakterga ega bо‘lishi mumkin.

    Notijorat syektorni davlat tomonidan tо‘g’ri (bevosita) qо‘llab-quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:


    • tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) byudjet investisiyalari;

    • hamkorlikda Moliyalashtirish;

    • davlat sosial buYurtmasi.

    Notijorat syektorni egri (bilvosita) Moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi tо‘lovlari va boshqa Shunga о‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tyez-tyez foydalaniladi. Egri (bilvosita) Moliyalashtirishning asosiy kо‘rinishlari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:

    • nosoliqli imtiyozlarni taqdim etish;

    • soliqli imtiyozlashtirish.

    Bu yerda, о‘z navbatida, nosoliqli imtiyozlar quyidagi kо‘rinishlarda namoyon bо‘ladi:

    • notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, yer maydonlarini ajratish;

    • litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini о‘rnatish (belgilash);

    • aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni tо‘lashda imtiyozli tariflardan foydalanish;

    • va boshqalar.

    Shuningdyek, soliqli imtiyozlashtirish quyidagi kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin:

    • hadya etuvchilar uchun imtiyozlar;

    • qurbonlik (homiylik) qiluvchi Yuridik shaxslar uchun imtiyozlar.

    Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kyelayotgan bо‘lsa, xarajatlarning yо‘nalishiga о‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.
    2. YEtakchi xorijiy mamlakatlarning davlat Moliya tizimi
    Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat Moliya tizimi Moliyaviy munosabatlarning quyidagi bug’inlaridan iborat:

    • Davlat byudjeti tizimi;

    • davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, fyedyerativ davlatlarda esa – fyedyerasiya a’zolarining krediti;

    • maxsus nobyudjet fondlar;

    • davlat korporasiyalari Moliyasi.

    Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog’liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bug’indan iborat:

    • Davlat byudjeti;

    • kо‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti).

    Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda о‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan Davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi.

    Fyedyerativ davlatlarda byudjet tizimi uch bug’indan tarkib topgan:



    • Davlat byudjeti, yoki fyedyeral byudjet, yoki markaziy hukumat byudjeti;

    • fyedyerasiya a’zolari byudjetlari (AQSHda – shtatlar byudjeti, Kanadada – provinsiyalar byudjeti, GFRda – yerlar byudjeti, SHvyeysariyada – kantonlar byudjeti va h.k.);

    • mahalliy byudjetlar.

    Mahalliy byudjetlar о‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan fyedyerasiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, о‘z navbatida, davlat fyedyeral byudjetining tarkibiga kirmaydi.

    Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar Moliya tizimining yetakchi bug’inlaridan biri Davlat byudjetidir. U davlat va о‘z-о‘zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va vazifalarini Moliyaviy ta’minlashga mо‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan iboratdir.

    Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy Moliyaviy Rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlamyent tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat Davlat byudjetining mablag’lariga tayanadi va ular yordamida о‘sib boruvchi davlat xarajatlarini qoplaydi.

    YEtakchi xorijiy mamlakatlarning Davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashning asosiy instrumyentidir. Moliya tizimining bu bug’ini orqali mamlakat MDining 40% gacha bо‘lgan qismi qayta taqsimlanadi.

    Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bо‘lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% gacha va ayrim davrlarda undan ham kо‘proq qismi shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, korporasiyalarning foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qо‘shilgan qiymat solig’i va bojxona bojlari Davlat byudjetiga biriktirilgan.

    Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mо‘ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga aralaShuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, sosial xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning о‘zida, Davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat Moliya tizimining barcha bug’inlariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.

    YEtakchi xorijiy mamlakatlar kо‘pchiligining Davlat byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defisiti xos bо‘lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining о‘sishiga olib kyeladi. Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qо‘shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat.

    Hududiy Moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar Moliya tizimining ikkinchi bug’inidir. Bu fyedyerativ davlatlarda fyedyerasiya a’zolarining Moliyasi va fyedyerasiya a’zolari hamda munisipalityetlarga tyegishli bо‘lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar Moliyasidan iborat.

    Fyedyerasiya a’zolarining daromadlari tо‘g’risidagi masala har bir mamlakatda о‘ziga xos tarzda yechiladi. Masalan, AQSHda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan bо‘lsa, GFRda asosiy tо‘g’ri (bevosita) soliqlar bо‘yicha tuShumlar – aholidan olinadigan daromad solig’i va korporasiyalardan olinadigan foyda solig’i 50%:50% nisbatda fyedyeral byudjet va yerlarning byudjeti о‘rtasida bо‘linadi.

    YEtakchi xorijiy mamlakatlar Moliya tizimining uchinchi bug’ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, Yuridik va jismoniy shaxslar о‘rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bо‘lib, unga kо‘ra davlat va boshqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag’larni qarzga oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda, byudjet defisiti mavjud bо‘lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi.

    Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar (asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Sosial maqsadlarga yо‘naltiriladigan mablag’larning salmog’i mahalliy byudjetlarda Davlat byudjetiga nisbatan ancha Yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy ravishda dyefisitli bо‘lib, ular Davlat byudjetidan hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yо‘li bilan kerakli mablag’larni oladi.

    YEtakchi xorijiy mamlakatlar davlat Moliyasining muhim bug’inlaridan yana biri bu maxsus nobyudjet fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda eng yiirik maxsus nobyudjet fondlarning orasida milliy mug’urta fondlari alohida о‘rinni egallaydi. Bu fondlar korxona ishchilari va tadbirkorlarning sug’urta badallari hamda Davlat byudjetidan beriladigan dotasiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy sug’urta fondlarining mablag’lari yosh, nogironlik va boquvchisini Yuqotgan hollar bо‘yicha pyensiyalarni tо‘lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini Yuqotgani, homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar bо‘yicha nafaqalar berishga sarflanadi. Bunda mablag’larning asosiy qismi yosh bо‘yicha pyensiyalarni tо‘lashga yо‘naltiriladi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pyensiyaning miqdori ish haqi va tо‘langan sug’urta badallarining miqdoriga nisbatan belgilanadi.

    Masalan, AQSHda pyensiya ta’minoti tizimi 1935 qabul qilingan qonunga binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir о‘zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib kyelayapti. Pyensiya ta’minoti tizimi doimiy band bо‘lgan yollanma ishchilar va о‘z-о‘zi bilan band bо‘lgan shaxslarga nisbatan qо‘llaniladi. Tyemir yо‘l tizimida, fyedyeral xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat qilganlar uchun pyensiya ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi.

    Pyensiya ta’minoti tizimini Moliyalashtirish manbai milliy sug’urta fondi bо‘lib, bu fond AQSH fyedyeral byudjetining tarkibiga kiradi.

    Qarilik bо‘yicha pyensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda – 62-64 yoshdan) boshlab tо‘lanadi. Pyensiyani olish uchun minimal darajadagi sug’urta stajiga ega bо‘lmoq lozim, ya’ni 40 chorak – 10 yil davomida sug’urta badallarini tо‘lash kerak.

    Pyensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug’urta qilingan shaxs tomonidan olingan ish haqining о‘rtacha miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng kam ish haqi olingan 5 yilni chyegirgan holda). Pyensiyaning о‘rtacha miqdori о‘rtacha maoshning 40% ini, past darajadagi daromadga ega bо‘lgan shaxslar uchun esa 60% ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pyensiya uchun murojaat qilinganda, ana Shu narsani rag’batlantirish uchun, pyensiyaning miqdori har oyiga 0,5% ga , ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga muvofiq ravishda pyensiya avtomatik ravishda indyensasiya qilinadi. Pyensionyerning qaramog’idagilar uchun qarilik pyensiyasining 50% i miqdorida qо‘shimcha tо‘lanadi.

    AQSHda pyensionyerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon,oziq-ovqatning yirik pakyeti, 100 dollar chyegarasigacha past kvartira haqi kabi qо‘shimcha imtiyozlarga ega.

    GFRda yangi pyensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. Boshqa yetakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pyensiyaning miqdori о‘rtacha ish haqi va tо‘langan sug’urta badallarning miqdoriga bog’liq. Bu yerda davlat pyensiya ta’minoti tizimi yetakchi rol о‘ynaydi.

    Italiyada pyensiya islohoti 1995 yilda о‘tkazilgan. Unga muvofiq о‘zgaruvchan pyensiya yoshi joriy etilgan.

    Ispaniyada rasmiy ravishdagi pyensiya yoshi 65 yil bо‘lsa-da, haqiqatda uning darajasi 63 yilga tyeng. CHunki ispanlarning 70%i qonunda kо‘zda tutilgan muddatdan oldinroq pyensiyaga chiqadi.

    Pyensiya ta’minoti xarajatlari YAIMga nisbatan Ispaniyada -7,5%, Avstriyada - 14,8%, Fransiyada – 11,8%, GFRda - 10,8%, BuYuk Britaniyada – 9,5%ni tashkil etadi.

    Davlat korxonalari Moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar Moliya tizimining bug’inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G’arbiy Yevropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan sо‘ng va 1945-1950 yillarda tyemir yо‘l va havo transporti, enyergyetika tarmog’i va boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylash-tirilishi munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. О‘sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy jihatdan о‘ta qoloq va noraqobatbardoshli edi. Ularni qayta qurollantirish juda katta miqdordagi mablag’larni talab etdiki, bu mablag’lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq tо‘lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar modernizasiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg’or bо‘lishiga qaramasdan, Moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki zararga (ziyonga) ishlaydigan bо‘lib qolavyerishdi. Davlat korxonalari Moliyaviy holati og’irligining asosiy sababchisi ular mahsulotlariga nisbatan past baholar siyosatining Yurgizilayotganligidir.

    О‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar hukmron doiralarining yangi iqtisodiy va Moliyaviy siyosatiga kо‘ra kо‘pgina davlat tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi va bu narsa davlat mulkining miqdorini keskin kamaytirdi.
    4-mavzu: Moliyaviy boshqaruv

    Reja:

    1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati

    2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.



    3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
    1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati
    “Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’yektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir kо‘rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida Moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash har doim ma’lum bir maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Bu narsa ma’lum bir tarzda boshqaruv sxemasini tashkil etishni taqazo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy kо‘rinishda boshqaruv sub’yektining boshqaruv ob’yektiga maqsadga yо‘naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.

    Davlat jamiyatning sosial-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bо‘lgan Moliyaviy resurslarni sog’lomlashtirishga (normallashtirishga) qaratilgan munosabatlar tizimini takomillashtirishi va bu resurslarning samarali hamda oqilona foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana Shu vazifani (muammoni) bajarish (yechish) Moliyaviy boshqaruvning zimmasiga Yuklatilgan.

    Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bо‘lib, boshqariladigan (ob’yektlar) va boshqaruvchi (sub’yektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda Moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) tо‘plamidan (majmuidan) iborat bо‘lgan Moliya tizimini nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari tо‘plamidan (majmuidan) iborat bо‘lgan Moliya tizimini о‘z ichiga oladi. Bunda Moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bо‘lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’yektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’yektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham о‘z ichiga oladi.

    Moliyaviy boshqaruvning ob’yekti sifatida Moliyaviy munosabatlarning turli kо‘rinishlari, Shu jumladan, davlatning sosial tuzumi (tuzilishi), mamlakatdagi siyosiy kuchlarning joylashishi (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir kо‘rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan о‘ziga xos bо‘lgan Moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat Moliyasi, mahalliy Moliya va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasida Moliyaviy boshqaruvning sub’yekti bо‘lib Moliyaviy apparat dyeb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi.

    Davlatning xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va uy xо‘jaliklari bilan Moliyaviy munosabatlar sohasidagi о‘zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini ryeglamyentasiya qilish (tartibga solish), Moliya bozorini tartibga solish, davlatning qо‘llab-quvvatlash tizimi, pyensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va h.k.lar orqali amalga oshiriladi.

    Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profisitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valYutaning barqarorligi va mustahkamligida va nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bо‘ladigan Moliyaviy barqarorlik va Moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand ravishda uning asosiy myetodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:



    • pirovard maqsadga bog’liqlik;

    • xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi;

    • jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;

    • iqtisodiy qonunlardan foydalanish;

    • real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

    Moliyaviy boshqaruvning konkryet myetodlari va shakllari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:

    • Moliyaviy Rejalashtirish;

    • bashoratlash (prognozlashtirish);

    • dasturlashtirish;

    • Moliyaviy tartibga solish;

    • Moliyaviy nazorat;

    • Moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;

    • Moliyaviy resurslarni jalb qilish myetodlari tizimi.

    Eng umumiy kо‘rinishda Moliyaviy boshqaruv tizimini 2-sxemadagidyek tasavvur qilish mumkin (navbatdagi byetga qarang).




    2-sxema. Moliyaviy boshqaruv tizimi.

    2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari


    Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida Moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:

    • Pryezidyent va Pryezidyent dyevoni;

    • Oliy Majlis va Moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bо‘yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tyegishli qо‘mitalari;

    • Vazirlar Mahkamasi;

    • Hisob palatasi;

    • Moliya vazirligi va uning quyi (joylardagi), jumladan, Xazinachilik tizimi organlari;

    • Markaziy bank;

    • Davlat soliq qо‘mitasi;

    • Davlat bojxona qо‘mitasi;

    • Davlat mulk qо‘mitasi;

    • Qimmatli qog’ozlar bо‘yicha komissiya;

    • Nobyudjet fondlarning ijroiya diryeksiyalari

    • va boshqalar.

    Mamlakat Pryezidyenti (Pryezidyent dyevoni) Moliya tizimining faoliyatini ryeglamyentasiya qiladi (tartibga soladi), mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlamyent tomonidan qabul qilingan Moliyaviy qonunlarga “vyeto” qо‘yish huquqiga ega.

    Ikki palatadan (Syenat va Qonunchilik) iborat bо‘lgan Oliy majlis soliqlar, yig’imlar, nosoliqli tо‘lovlarni belgilaydi (о‘rnatadi), Davlat byudjetini kо‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, Shuningdyek, Davlat byudjetining ijrosi tо‘g’risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, Moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodyeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning о‘zida davlat ichki va tashqi qarzining tyegishli (chyegaraviy) darajasini belgilash (о‘rnatish) ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

    Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetini kо‘rib chiqadi, Moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida maydonda gavdalanadi.

    Davlat Moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi Moliyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi:



    • hajmi va maqsadga mо‘ljallanganligi bо‘yicha Davlat byudjeti va nobyudjet fondlari daromadlar va xarajatlarining о‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish;

    • davlat mablag’larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;

    • Davlat byudjeti va nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga ta’sir kо‘rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini kо‘zda tutayotgan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy aktlarini Moliyaviy ekspyertiza qilish;

    • Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarining natijalari tо‘g’risida Oliy Majlisning Syenati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma’lumotlarni taqdim etish;

    • va boshqalar.

    Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona Moliyaviy, byudjet, soliq va valYuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • yagona davlat Moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

    • Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash;

    • byudjet mablag’lari va nobyudjet fondlar mablag’larining oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan Moliyaviy nazoratni amalga oshirish;

    • davlat Moliyasining barqarorligini ta’minlash va Moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni kо‘rish;

    • mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tyegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini kо‘rish;

    • mamlakat sosial-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlariga Moliyaviy resurslarni konsyentrasiya qilish (tо‘plash);

    • Davlat byudjeti va jamlanma (konsolidasiyalashtirilgan) byudjetning ijrosi haqida hisobotni tayyorlash;

    • davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;

    • uzoq, о‘rta va qisqa muddatli istiqbolga mо‘ljallangan mamlakat taraqqiyotining sosial-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishga ishtirok etish;

    • iqtisodiyotni Moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qо‘llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;

    • mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yо‘nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va tо‘lovlarning ahvolini yaxshilash bо‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

    • faol investision siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yо‘naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investisiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va Moliyalashtirishga qatnashish;

    • Moliyaviy Rejalashtirish va milliy xо‘jalikni Moliyalashtirish sohalarida myetodik (uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;

    • mamlakat Moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish;

    • Moliyaviy intizom buzilganda Moliyalashtirishni cheklash yoki umuman tо‘xtatib qо‘yish;

    • va boshqalar.

    Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi dyepartamyentlar bо‘lishi mumkin:

    • byudjet siyosati dyepartamyenti – byudjet tizimining daromadlari va xarajatlari tо‘g’risida siyosatni ishlab chiqadi, Davlat byudjetining loyihasini tayyorlaydi va byudjetning ijrosini tashkil qiladi;

    • tarmoqlarni Moliyalashtirish dyepartamyenti - tugatilgan sanoat, agrosanoat komplyeksi, investiyalar va transport tizimlari va aloqa dyepartamyentlari bazasida (asosida) tashkil qilingan;

    • byudjetlararo munosabatlar dyepartamyenti - respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi;

    • davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish dyepartamyenti - davlat ichki zayomlarini chiqarish, ular bо‘yicha foizlarni tо‘lash va ularni qaytarish, tashqi zayomlarni chiqarish va ularga xizmat qilish ishlarini bajaradi;

    • mudofaa komplyeksi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni Moliyalashtirish dyepartamyenti;

    • va boshqalar.

    Moliya vazirligining muhim bо‘linmasi Xazinachilik tizimi bо‘lib, u davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlashda mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bо‘lgan Xazinachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi:

    • mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;

    • kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi hisob varaqlarida bо‘lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish;

    • davlat nobyudjet fondlarining Moliyaviy ijrosini ta’minlash;

    • davlat Moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni opyerativ boshqarish;

    • Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va unga xizmat qilish (kо‘rsatish);

    • byudjet bо‘yicha hukumatning Moliyaviy opyerasiyalari tо‘g’risida va Shuningdyek, mamlakat byudjet tizimining ahvoli tо‘g’risida qonunchilik va ijroiya organlariga hisobotni taqdim etish;

    • va boshqalar.

    Mamlakatning Markaziy banki Moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi bо‘lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol о‘ynab, u Xazinachilik tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa kredit institutlarining faoliyatini nazorat qiladi.

    Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qо‘mitasi va uning quyi organlari ham muhim rol о‘ynab, ular yordamida soliqlar, yig’imlar va boshqa tо‘lovlarning tо‘g’ri hisoblanishi, ularning tyegishli byudjet fondlariga tо‘liq va о‘z vaqtida о‘tkazilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda Moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qо‘mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi:



    • byudjetga va nobyudjet fondlarga soliqlar, yig’imlar va tо‘lovlarning tо‘g’ri hisoblanishi, tо‘liq va о‘z vaqtida о‘tkazilishi masalalari bо‘yicha Moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish;

    • soliq tо‘lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish;

    • Moliya organlariga va xazinachilikka soliqlar va boshqa tо‘lovlarning haqiqatdagi tuShumlari tо‘g’risida har oyda ma’lumot taqdim etish;

    • ortiqcha tо‘langan soliq summalarini va soliq tо‘lovchilardan notо‘g’ri undirilgan jarima va pyenyalarni egalariga qaytarish bо‘yicha tyegishli ishlarni amalga oshirish;

    • va boshqalar.

    Davlat bojxona qо‘mitasi va uning tyegishli organlari Moliyaviy boshqaruv tizimida о‘ziga xos bо‘lgan о‘ringa ega. Ular bojxona bojlarining о‘z vaqtida tushishi uchun mas’ul hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga Yuklatilgan:

    • bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bо‘yicha soliq tekshiruvlarini amalga oshirish;

    • bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash vatо‘lash bilan bog’liq bо‘lgan hujjatlarni tekshirish;

    • soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga tо‘liq rioya qilmaganligi uchun soliq tо‘lovchilarning bankdagi opyerasiyalarini tо‘xtatib turish;

    • soliq qonunchiligida kо‘zda tutilgan jarima va boqimandalarni undirish;

    • va boshqalar.

    О‘z navbatida, Davlat mulki qо‘mitasi Moliyaviy boshqaruvga oid nosoliqli xarakterga ega bо‘lgan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan kyeladigan daromadlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi.

    Qimmatli qog’ozlar bо‘yicha komissiya fond bozori ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilib, byudjet fondiga tuShuvchi tuShumlarning ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.


    Download 0.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling