Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana24.10.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1718314
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
МР ва ТС фанидан Мустақил таълимни амалга ошириш бўйича УҚ

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


34 
Xulosa
Umuman, Oʼzbekiston Respublikasida aktsiyadorlik jamiyatlarida soliqlarni 
rejalashtirishning 
hozirgi 
zamon 
xususiyatlarini 
umumlashtirib 
quyidagi 
xulosalarni chiqarish mumkin: 
1. Аktsiyadorlik jamiyatlari moliyasiga bugungi kunda bunga eʼtibor 
kuchayib bormoqda. Mamlakatimizda xususiy aktsiyadorlik jamiyatlari sonini 
koʼpaytirish lozim, chunki, xususiy aktsiyadorlik jamiyatlarining koʼpayishi oʼz 
navbatida moliyaviy resurslardan samarali foydalanish samaradorligi oshishiga 
hamda davlat byudjetiga soliqlar tushumining ortishiga xizmat qiladi.
2.Аksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish metodologiyasiga 
yangicha yondoshish zarur, uning omillarini chuqur ilmiy tahlil qilish lozim va 
ularni samarali boshqarish tadbirlarini ilmiy asoslash zarur.
3. Аksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirish amaldagi qonunchilik 
doirasidagi takror ishlab chiqarish jarayonlarining eng koʼp samarasini 
taʼminlovchi resurslarni ular yoʼnalishlari boʼyicha taqsimlash orqali soliqqa 
tortiladigan moliyaviy resurslar hajmi va tarkibini aniqlashdek zaruriy jarayondir. 
4. Аksionerlik jamiyatlari soliq menejmentining mustaqil boʼgʼini sifatida 
soliqlarni rejalashtirish oʼz funktsiyalariga, rioya etilishi lozim boʼlgan 
tamoyillarga hamda soliq toʼlovchilar duch kelishi mumkin boʼlgan soliq risklariga 
ega.
5.Аksionerlik 
jamiyatlarida 
soliqlarni 
rejalashtirish 
soliqlarni 
optimallashtirish va soliq toʼlovlarini qonuniy tarzda minimallashtirishdek 
korporativ soliq menejmentining muhim ikki yoʼnalishi uzviy bogʼliqligi va bir-
birini taqozo etuvchanligida namoyon boʼladi va samarali amal qiladi.
6. Oʼz tarkibiga soliqlarni optimallashtirish va soliq toʼlovlarini 
minimallashtirish tadbirlari va samarali vositalarini oluvchi soliq logistikasi 
asosida aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni rejalashtirishning tashkiliy tarkibi, 
uning mazmuni va mezonlari ilmiy asoslab berilishi muhim. Bu jihatdan ―soliq 
logistikasi‖ - belgilangan joyda belgilangan vaqtda eng kam soliq majburiyatlari 
bilan eng koʼp foyda normasini olish imkonini beruvchi turli faoliyat turlarining 
majmuini anglatadi.
7. Аksionerlik jamiyatlarida soliqlarni optimallashtirish usullari, jumladan
korxonaning hisob, investitsiya, innovatsiya, baho va shartnoma siyosati 
mutanosibligi 
asosidagi 
harakatlarning 
Yoʼl 
xaritasi 
asosida 
soliqlarni 
rejalashtirishning optimal sxemasi ishlab chiqilishi lozim.
8. Korporativ soliq menejmentida aksionerlik jamiyatlarida soliqlarni 
rejalashtirish samaradorligini baholashda foydaning soliq sigʼimi koeffitsienti, 
ishlab chiqarilgan mahsulotning soliq sigʼimi koeffitsienti, imtiyozli soliqqa tortish 
koeffitsienti koʼrsatkichlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


35 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling