Mundaraja kirish I. Bob. Tog`li hududlarga tavsif va tabiatidan foydalanishnig geografik jihatlari


Download 156.5 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1579594
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
HISOR TIZMASINING

1.2. O`zbekistonda milliy tog` siyosati to`g`risida
Ma`lumki, O`rta Osiyoning barcha tog` mintaqalarining muammolari bir – biri bilan bog`liq. O`zbekistonning qator tog` tizmalari alohida tizmalar bilan ajralib turadi. Ushbu tog` sistemalari katta masofada qo`shni respublikalar – Tojikiston, Qirg`iziston va Qozog`iston hududlariga kirib boradi. Shuning uchun ham O`zbekiston tog`li hududlari muammolarini umumiy muammolaridan ajratish mumkin emas. Ularni tarixiy, iqtisodiy rivojlanish darajasi, xo`jalik yuritish tizimi, suv va gidroenergiya resurslaridan hamkorlikda foydalanish, foydali qazilmalari, turli mavsumiy yaylovlar, irrigatsiya, elektrostansiyalardagi uzviylik bog`lab turadi.
O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek hozirgi paytda
“ … inson tomonidan biosferaga ko`rsatikayotgan ta`sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o`zaro ta`sirini uyg`unlashtirish, inson va tabiatning o`zaro munosabatida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo`lib bormoqda ” ( 326 bet.). Shu nuqtai nazardan O`zbekistonda tog` regionini barqaror rivojlantirish bo`yicha maxsus milliy tog` siyosatini shakllantirish uchun zarurat bormi degan muhim savolga ijobiy javob berish uchun yetarli darajada va salmoqli asoslar bor. Tog` hududlari O`zbekistonning 21,3 foizini maydonini egallaydi va bu yerda respublika aholisining 10 foizdan koprog`I yashaydi.
Tog`lar muhim umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan katta milliy boyligimiz bo`lib, ular g`oyat muhim tabiiy ekologik, ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy funksiyalarni bajaradi:
1). Mamlakatning eng yirik ekotizimi, biologik va landshaft xilma – xilligining asosiy markazi turli – tuman tabiiy resurslarning ( suv, gidroenergiya, rekreatsiya, biologik resurslar, foydali qazilmalar va boshqalar ) muhim manbai:
2) tog`larning iqtisodiyot uchun g`oyat muhim ahamiyatga ega bo`lgan lekin amaliyotda yetarli hisobga olinmayotgan turli – tuman va ko`p miqdorda tabiiy tiklanadigan resurslarni ( toza havo, suv, tuproq unumdorligi, biologik, rekreatsiya, estetik resurslar va boshqalar ) beto`xtov takror ishlab chiqarishning katta qiymatiga ega bo`lganligi:
3) mamlakatning eng muhim tabiat muhofazasi ob`ekti:
4) tog` aholisi va xo`jaligi tekislikka nisbatan tubdan farq qilib, balandlik zonalligi qonuniyatiga boysungan holda joylashganligi va mos keladigan tog` shakllari va tiplarning mavjudligi:
5) tog` aholisi tog` muhitining ajralmas tarkibiy qismi ekanligi, ularning o`ziga xos xilma - xil va noyob xo`jalik malakalari, madaniyati tog`resurs imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, murakkab tog` sharoitida ularni asrash, muhofaza qilish, ekologik barqarorlik va xavfsizlikni ta`minlashning asosiy kafolati ekanligini hisobga olib, tog`aholisini ijtimoiy himoya qilishni aniq rejali yo`nalishda maqsadli va siyosiy qo`llab quvvatlanishining zarurligi:
6) tog` resurslarining asosiy iste`molchilari tekislik zonasi aholisi bo`lib, ularni qazib olish, ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotga katta miqyosdagi tog` muhiti degradatsiyasi ( yemirilishi ) va ifloslanishi uning xavfli oqibatini umumdavlat miqyosida to`laqonli kompensatsiya ( badal, tovon ) asosida bartaraf etishning g`oyat muhimligi:
7) amaliyotda tog` zonasini barqaror rivojlantirishni qo`llab quvvatlashga yo`naltirilgan maxsus tog` siyosatini ishlab chiqilmaganligi va boshqalar. ( T.Jumayev 2002).
Shu bilan bir qatorda tog` regioning tekisliklardan tabiati, ijtimoiy – iqtisodiy xususiyatlarining “ tog`likligi ” bilan tubdan farq qilishini ham har tomonlama hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Tog` tabiatiga xos bo`lgan relyefning ( yer usti ) g`oyat murakkabligi ( parchalanganligi, yonbag`irlarining tik qiyaligi va boshqalar ), iqlim, tuproq, o`simlik hamda landshaftning balandlik zonalligi, halokatli tabiiy jarayonlar sodir bo`lishi xavfning ko`pligi, tabiiy resurslarning cheklanganligi va boshqalar tog` tabiatining uch o`lchamga egaligi, uning tez o`zgaruvchanligi, yer usti va yuzasida juda qattiq tub jinslarning hukmronligi bilan uzviy bog`liqdir. Bular esa o`z navbatida tog`larni o`zlashtirish bu yerda yashash, infrastruktura ob`ektlarini qurish, xo`jalik yuritishda tekislikka nisbatan ko`p mehnat, energiya, capital sarflanishni taqozo etadi, ya`ni tog`da yashashva ishlash, tekislikka nisbatan ko`p xarajatli va ancha qimmatga tushadi. Shu sababdan ham tog`larda iqtisodiy bazis cheklangan, infrastruktura investitsiyalari esa juda yuqori qiymatga egadir. Ayni paytda tog` va tekislik hududlari o`rtasidagi iqtisodiy integratsiya darajasi past bo`lib, bu esa hududiy muvozanat nisbatlari buzilishiga sabab bo`lgan.
Tog` resurslaridan ekstensiv foydalanishning ustunligi, tog` tabiatiga xilma – xil yo`nalishdagi antropogen ta`sir miqyoslarining kuchayishi oqibatida tog` muhiti degradatsiyasi xavfi tabora kuchaymoqda. Tabiiy resurslar miqdor va sifat jihatdan yomonlashmoqda, stixiyali tabiiy hodisa va jarayonlar ( sel, ko`chki, eroziya, o`pirilish va boshqalar) sodir bo`lishi tezlashmoqda. Tog` ekotizimlarining to`xtovsiz ekspluatatsiya qilish ular holatini yomonlashuviga olib kelmoqda. Tog` xalqlarining an`analari va madaniyati yo`qolib ketish xavfi ostida qolmoqda. Ijtimoiy nuqtai nazardan tog` aholisi uchun nochorlik, ish va daromad bilan ta`minlash darajasining pastligi xarakterlidir. Umuman tog` zonasining barqarorligi hozircha himoya qilinmagan. Bunday ekologik va ijtimoiy – iqtisodiy vaziyatda va “ xatarli omillar ” ning kuchayib borishi, tog` hududlarining esa antropogen ta`sirga chidamsizligi va mo`rtligini hamda ularning biologik, landshaft, etnik – madaniy xilma – xillik, suv, mineral biologik va rekreatsiya resurslarini saqlovchisi, asrovchisi ekanligini har tomonlama hisobga olib, O`zbekistonning tog` hududlarini asrash, ekologik xavfsizligini ta`minlash, barqaror rivojlantirish harakatlari rejasini ishlab chiqish lozim. Bu muammo yechimning eng muhim bo`g`ini respublika milliy tog` siyosatini ishlab chiqish va uni O`zbekistonning bozor iqtisodiyoti davrida konsepsiyasi bilan uzviy bog`lash hisoblanadi.
O`zbekistonning milliy tog` siyosatini shakllantirishda chet mamlakatlarning, birinchi navbatda Yevropa mamlakatlari tog` siyosatining boy tajribalari imkoniyatlaridan foydalanish juda o`rinli deb hisoblaymiz. Yevropaning ko`pchilik eng avvalo Alp mamlakatlarida tarixiy tajriba va an`analariga asoslanib tuzilgan tog` rayonlarini rivojlantirish milliy siyosati mavjud. Masalan, Avstriya, Italiya, Shvetsariya, Fransiyada tog` rayonlarini ko`plab quvvatlovchi shakllangan huquqiy meyorlar tizimi, davlat dasturlari va institutlari bor. Ayniqsa ularda puxta huquqiy asos - maxsus “ tog` qonunchiligining ” borligini alohida ko`rsatish lozim. Yevropa tog` rayonlarida iqtisodiy rivojlanish bilan tog` muhitini asrash o`rtasidagi muvozanatni kechiktirmay o`rnatishga alohida e`tibor berilib, bunda markaziy o`rinni odamlar, tog` aholisining an`analari va madaniyatini asrash egallaydi. Shu bilan bir qatorda tog` muhitining ta`sirchanligi va tog` ekotizimlarining muhimligi, iqtisodiy imkoniyatlarning o`ziga xosligi va tog` aholisining ehtiyojlari, umuman, tog` rayonlarining o`ziga xos xususiyatlari davlat va uning barcha organlari tomonidan har tomonlama hisobga olingan. Yevropa Hamkorligi DU tashkiloti Yevropa tog` regionlari xartiyasini qabul qilgan bo`lib, Yevropa regional va milliy darajada tog` siyosatini ishlab chiqib, amalga oshirmoqda. Qator Osiyo mamlakatlarida ( Nepal, Hindiston, Xitoy, Pokiston va boshqalar ) o`n yillar mobaynida tog` rayonlarini rivojlantirishning milliy siyosati faol shakllantirib amalgam oshirilmoqda. Bunda BMTning turli tashkilotlari va dasturlari ko`plab xalqaro tashkilotlar va fontlar faol ishtirok etayotir. So`ggi yillarda Rossiyada ham tog` siyosatini shakllantirish bo`yicha qator tadbirlar ishlab chiqilmoqda. ( YU.P. Bandikov, 1997 ).
Milliy tog` siyosatini ishlab chiqishda ibratli chet el tajribalari bilan bir qatorda mustaqil sharoitda mamlakatimizning tog` rayonlarida yuz berayotgan o`zgarishlarni ham hisobga olish g`oyat muhimdir. Masalan, tog`larda totalitar tuzum sharoitida shakllangan xo`jalik funksiyalari o`zgarib, bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirilmoqda. Ob`ektiv sabablarga ko`ra industrial rivojlanish va foydali qazilmalarni qazib olish ikkinchi darajaga tushib, agrar sektorning qayta tiklash, g`oyat katta tog` rekreatsiya quvvatlaridan kengroq foydalanishga harakat qilish ( kurort, turizm va boshqalar ), tog` hududlarining transit quvvatlarini tobora ko`proq ishga tushirish ( avtomobil, temir yo`llar, tunellar qurish ), alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish ( qo`riqxonalar, milliy bog`lar ) katta ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. Bunday o`zgarishlar istiqbolda tog` zonasini integral yo`nalishda rivojlantirish siyosatining eng muhim yo`llarining belgilab olishga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda tog` hududlarining tabiiy - resurs, ijtimoiy – iqtisodiy salohiyatidan foydalanish strategiyasini qayta qurib chiqish va uni barqaror rivojlantirish maqsadlariga bo`ysundirish ham muhim vazifadir. Bunda quyidagilarni nazarda tutish kerak: 1) hozirga qadar tog`lar o`zlashtirish bosqichida bo`lib, bu yerda rivojlanishning resurs ekstrakt ( resurs olish ) modeli hukmron, tog` hududlari esa kam rivojlangan regionligicha qolmoqda; 2) boshqaruv ayniqsa regional rejalashtirishda tog` rayonlari tabiatning o`ziga xosligi va rivojlanishi xususiyatlari yetarli hisobga olinmayotir, ko`p hollarda ular qulay sharoitga ega bo`gan antropogen tekislik rayonlari bilan tenglashtirilgan mezonlarda baholanayotir; 3) tog` resurslarining asosiy istemolchilari tekislikda bo`lib, ulardan foydalaniosh mahalliy tog` aholisi uchun badalsiz asoslarda amalgam oshirilayotir; 4) tog`larda mahalliy hokimyat organlari va aholi tog` hududlarini barqaror rivojlantirish zamonaviy strategiyasining ustuvorligi imkoniyatlari va xususiyatlari to`g`risida oddiy tasavvurga ham ega emas; 5) ko`pchilik tog` rayonlarining iqtisodiy kam rivojlanganligi va kam o`zlashtirilganligi XXI asrda ularning afzalligi va ustunligiga aylanishi mumkin: bozorning globallashuvi aholi va urbanizatsiyaning o`sishi sharoitiga kam o`zgartirilgan tog`hududlari bio – va etno – madaniy, landshaft xilma – xilligi, ekologik toza mahsulot ishlab chiqrish, turizm va rekreatsiyaninh tevarak atrofdan alohida ajralib turadigan jannatmakon vohalariga aylanishi mumkin. Lekin bunday imtiyozli mavqega erishish tog` hududlarini barqaror (qo`llab quvvatlovchi) rivojlantirish konsepsiyasining milliy tog` siyosatiga asoslangan rivojlanishi modelini amalgam oshirishni taqozq etadi.
Milliy tog` siyosati davlat regional siyosatining tarkibiy qismi bo`lib, uning asosiy maqsadi toglar bo`yicha barqaror rivojlantirish siyosatini amalgam oshirish, qonunlar qabul qilish, dasturlar tizim va boshqa tadbirlar orqali tog` zonasining tabiiy va inson resurslarini to`kla hisobga olish , tog` muhitini asrash, iqtisodiy rivojlanish va tabiatni muhofaza qilish o`rtasidagi amaliyotdagi an`anaviy ziddiyatli tanlovdan voz kechib, inson faoliyati va ekologik talablar o`rtasidagi muvozanatga erishishdan iborat. Yevropaning ko`pchilik mamlakatlarining tajribalarini hisobga olib, mahalliy aholining o`z hududlari rivojlanishini boshqaruvdagi ishtirokini kengaytirish, tog` va tekisliklarda yashash sharoitini tenglashtirish bo`yicha iqtisodiy va huquqiy mexanizmlar tizimini ishlab chiqish lozim. Bu tadbirlar tog` qishloq jamoalarining an`analarini qayta tiklanishi rag`batlantiradi, yoshlarning bandligi va ishbilarmonligi faollashtiradi. Shu munosabat bilan an`anaviy tog` qishloq xo`jaligini zamonaviy asoslarda modernizatsiyalash, sanoatini yangi texnologiya asosida ekologik xavfsiz yo`nalishda rivojlantirish, turizm va hunarmandchilikni rag`batlantirish, infrastruktura, transport, maishiy xizmat, tabiat muhofazasi, madaniyat, xalq ta`limini tog` sharoitini mos yo`nalishlarda talab va ehtiyojga muvofiq rivojlantirish va boshqa sohalarda siyosiy tadbirlar majmuasini o`tkazish maqsadga muvofiq. Bular tog` aholisining xilma – xil yo`nalishlarda serdaromad biznes bilab shug`ullanishga sharoit yaratadi, bandlikning ta`minlaydi, oilalarning daromad olish manbalarini ko`paytiradi.
1994 yilda Katmandu shahrida ( Nepal) Osiyo mamlakatlarining hukumatlararo Konferensiyasi bo`lib, unda muhim tavsiyalar ishlab chiqildi va “ Osiyo mamlakatlari tog` rayonlarini barqaror rivojlatirishga chaqiriq ” deb nomlangan hujjat qabul qilindi. Konferensiyada 20 ta Osiyo mamlakatlarining 60 vakili qatnashgan. Konferensiyaning ushbu maqola mavzusi yechimini toppish uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan ayrim tavsiyalarni ko`rsatib o`tish mumkin: 8) qashshoqlikka qarshi kurash va tog` mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishda teng imkoniyatlarni qo`llab quvvatlash orqali iqtisodiy rivojlanish; infrastruktura xizmatini kengaytirish va undan har tomonlama foydalanishga erishish; mahalliy bozor markazlarini rejalashtirish va rivojlantirish; mahalliy aholining mahalliy resurslaridan bevosita foyda ko`rishiga imkon beradigan mexanizmlarni ishlab chiqish; tog`larda xo`jalik yuritishning an`anaviy bilimlarini zamonaviy texnologiya bilan integratsiyalash; ekologik buzulgan yerlarni tiklash; madaniy qadriyatlarni asrash; maktablar va universitetlarda ilm olish tizimini tog` hududlarini rivojlantirish ehtiyojlari uchun moslashtirish ( adaptatsiya); davlat byudjetlarida tog` rayonlarini rivojlantirishga ajratiladigan xatajatni ko`paytirish; tog` uyushmalariga foydalanilgan resurslar uchun badal to`lash mexanizmini ishlab chiqish; jahon banki global ekologiya fondidan tog` rayonlarini rivojlantirish uchun resurslar ajratish; tog` aholisini o`qitish uchun maxsus fond barpo etish ( 1994, 1995).
Bayon qilinganlarga asoslanib quyidagilar tavsiya etiladi: 1) O`zbekiston tog` zonasini barqaror rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish va amalgam oshirish doirasida milliy tog` siyosatini shakllantirish va ishlab chiqish; 2) ushbu siyosat tarkibiga kiradigan uzoq muddatli maqsadli tog` dasturi va tog` rayonlarining huquqiy “tog`” statusini belgilabberuvchi va rivojlanishini qo`llab quvvatlovchi huquqiy meyorlar ( qonunlar) ishlab chiqish; 3) tog` zonasida tog` rayonlarini rivojlantirishni qo`llab quvvatlash bo`yicha maslahatlar beradigan, tog` rivojlanishi bo`yicha mutaxasislar tayyorlaydigan, tog`axborotlarini to`plash va ayirboshlash bilan shug`ullanadigan respublika va regionlar markazlari tizimini barpo etish va rivojlantirish; 4) Osiyoda tog` regionlarini integral rivojlantirish bo`yicha Xalkaro markaz ( ISIMOD), global miqyosda BMT ning oziq – ovqat va agrar tashkiloti ( FAO) va boshqa Xalqaro tashkilotlar bilan doimiy aloqalar o`rnatish; 5) barqaror rivojlanish tamoyillari talablariga javob beradigan namunaviy tayanch xo`jaliklar tizimini tashkil etish va ularning ibratli tajribalarini keng yoyish.

O`rta Osiyo tog`lari asosiy transport magistrallari umumiy to`ri – temir yo`l, shosse yo`llari, energitika tizimining uzatish shoxobchalariga ega. Ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi borasida tabiiy – iqtisodiy resurslaridan foydalanish yo`nalishini har bir davlat alohida reja asosida ish olib boradi. Ammo bu borada umumiy o`xshashliklar ham anchagina. Shuning uchun Tyanshan, Pomir – Oloy tog` tizimlari hududiy muammolari yechimi topishni paysalga solib bo`lmaydi.
Hozirgi vaqtda mustabid jamiyat merosi – ishlab chiqarishni ekstensiv rivojlanish yo`lidan intensive yo`liga o`tishga katta ahamiyat berilmoqda. Aynan ana shu yo`l vositasida tog`larning rivojlanish muammolarini hal etish mumkin. Tog`li hududlarning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi tog` resurslari va ular salohiyati bilan uzviy bog`liq. Yer – suv, biologic, rekreasiya resurslaridan foydalanish asosida ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi yotadi.
O`zbekiston tog`lari faqatgina tabiiy ob`ekt vazifasini bajarmasdan, balki, tog` va tekislik o`rtasidagi ijtimoiy - iqtisodiy muvozanatni ham muvofiqlashtirib turadi. Tog`li tumanlarning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi insoniyat faoliyatining tog`lardagi ob`ektiv bahosiga uzviy bog`liq. Ammo bu zarur muammo hali ham o`z yechimini kutmoqda. Tog`lar ularda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxining yuqoriligi, ko`p chiqimliligi bilan tekisliklardan ajralib turadi. Masalan, tog` dehqonchiligida eroziyaga qarshi kurashni joriy qilish tekislikdagi eroziyaga qarshi kurashdan qimmatga tushadi. Tog`li hududlarga xos murakkab muammolar yechimini toppish uchun ko`plab ilmiy izlanishlar, loyiha va rejalarni amalda tadbiq qilish zarur.
Respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotining 8-9 foizi tog`li hududlarga to`g`ri keladi. Ushbu hududda joylashgan GES lar mamlakat elektr energetika quvvatining 17,1 foizini o`zida jamlagan bo`lib, ularga butun ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 11,3 foizi to`g`ri keladi. Tog`li hududda respublika sanoat yalpi mahsulotining 27,7 foizini ishlab chiqaradi. Tog`-kon sanoati va uning qayta ishlsh tarmog`iga esa, mamlakat tog`-kon tarmoqlari yalpi mahsulotining 45 foizi to`g`ri keladi.
Tog`lar asosiy suv to`plovchi havza, ishlab chiqarish va inson ehtiyojlarini qondiruvchi hamda elektr energiya ishlab chiqaruvchi manbaidirlar. Bu zahiralarning geografik o`rni va miqdori aholi joylashuviga, mintaqasiga, uning xo`jalik faoliyatiga tekislik zonasining sug`orish infrastrukturasiga kuchli ta`sir ko`rsatadi. Tog` va tekislik zonalari orasida doimiy ravishda aholi migratsiyasi amalgam oshadi. Tog`li zonaning mineral, suv, o`rmon, qishloq xo`jaligi, kurort, rekreatsion markazlari va boshqa resurslarsiz respublika xalq xo`jaligini tasavvur qilish qiyin. Tog`lar teislik zonasi aholisi zichligiga doimiy ravishda ta`sir ko`rsatadi. Transport va aloqa tarmoqlarining rivojlanishi, kommunikatsiya majmasi ham bundan muntasno emas. Tog`larda tabiiy sharoitdan kelib chiqqan holda kon-metallurgiya, kon-kimyo ishlab chiqarishi, gidrotexnik qurilishi, agro ishlab chiqarish, rekreatsiya majmua va ular bilan bog`liq infrastrukturalar rivojlanib boradi.
Tog`lardagi foydali qazilmalarning ishlab chiqarishga jalb etilishi natijasida o`nlab shahar va shaharchalar barpo qilindi. Shular qatoriga Angren, Olmaliq, Yangiobod, Marjonbuloq, Oqtosh, Ingichka, Qo`ytosh, Sharg`un kabilar kiradi.
Tog` daryolarida ko`plab gidrotexnik majmualar: GES, suv omborlari, kanallar barpo qilinmoqda. So`nggi yillarda tog`li tumanlar tabiiy resurslaridan qishloq xo`jaligini rivojlantirishda foydalanish kuchaymoqda. Bu holat tog` va tog`oldi hududlarida agrosanoat majmuini rivojlantirish uchun ham keng imkoniyatlar yaratmoqda. Tog`li zonalarning xo`jalik muammolari yechimi transport kommunikatsiyasida- avtomobil va temir yo`l qurilishi bilan bog`liq. Ammo tekislikka nisbatan tog` relyefining murakkabligi transport aloqalarini barpo etishni qiyinlashtiradi, uning sarf- xarajatlarini oshiradi. Shu sababdan tog`li hududda yangi transport yo`llarini qurish hamisha og`ir kechadi.
O`zbekiston hududida go`zal tabiat qo`ynida ajoyib davolash maskanlari faoliyat yuritmoqda. Bepoyon dengizlar singari tog`lar har doim kishilarni o`ziga jalb etib kelgan. Tog`lar o`z ulug`vorligi, go`zalligi, betakror rang – barang tabiati bilan kishilarni maftun etgan. O`zbekistonda qadimdan chet ellik sayyohlarni va tabiat qo`ynida dam olishni hohlovchilarni jalb qiladigan ajoyib manzarali tog`li hududlar talaygina. Masalan, Jizzax viloyatida Zomin, Samarqand viloyatida Og`aliq va Omonqo`ton, Surxondaryo viloyatida – Sina, Vaxshivor, Boysun, Machay, Farg`ona viloyatida –Chodak, G`ova, Kosonsoy, Shohimardon, Toshkent viloyatida – Chimyon, Xumson va boshqa tabiat go`shalaridir.
Aholining tog`larda joylanishi bir qator qonuniyatlar bilan ifodalanadi. Ular asosan balandlik zonalari, iqlim va relyef xususiyatlari bilan bog`langan. Balandlikka ko`tarilgan sari qishloqlar soni kamayadi, aholi zichligi pasayadi, siyraklashib boradi. Bu esa insonning xo`jalik faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi. Har bir balandlik zonasi o`zining aholining soni, uning mehnat faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jihatidan bir – biridan farq qiladi. Baland tog` zonalari siyrak aholi manzilgohlari bilan ajralib turadi.
Tog`larning asosiy boyliklaridan biri tog` o`rmonlaridir. O`rmonlar O`zbekiston sharoitida faqatgina yog`och emas, balki suv manbailari asosi, qishloq xo`jaligi tarmoqlarinng muhim omilidir. Ammo, mavjud o`rmonlar maydoni yildan – yilga qisqarib bormoqda. Buning asosiy sababi aholisinng ortib borishi, o`zi uchun o`rmonlar o`rnida mayday dehqonchilikni rivojlantira borishidir. O`rmonlarning kesilishi bilsn ekologik vaziyat keskinlashadi: daryolar oqimi o`zgaradi, tuproq yemirilishi kuchayadi, toshqinlar vujudga keladi va oxir oqibat qishloq xo`jaligida salbiy oqibatlar yuzaga keladi.
Tog` tabiat komplekslari nozik geotizimlardan iborat bo`lsada ,o`zining buferlik xususiyati, o`zini – o`zi tozalash va qayta tiklash qobilyatiga ko`ra cho`l landshaftlariga qaraganda ancha yuqoriligi va jadalligi bilan ajralib turadi. Bu holat tog` komplekslarini tabiiy sharoitda nisbatan barqarorligini bildiradi. Tog` daryo havzalarida geoekologik tizimlarni o`zini – o`zi saqlash va tiklash qobilyati relyefning parchalanganlik darajasiga, mahalliy eroziya bazisining chuqurligiga, tuproq hosil qiluvchi tog` jinslarining suv o`tkazuvchanligiga, tuproqning unumdorlik ko`rsatkichlariga ( ayniqsa mexanik tarkibiga) atmosfera yog`inlarining yillik yog`ish xususiyatiga va ularning errozion indeksiga, o`simlik qoplamining yer yuzasini muhofaza qilish xususiyatiga to`g`ridan – to`g`ri bog`liq bo`ladi. Ushbu bog`liqlik landshaftlarning tuzilmasining aniq bir dinamik holati bo`yicha farqlanadi.
Tog` daryo havzalarida tabiiy landshaft komponentlariga inson faoliyatining ta`siri geotizimlarning ichki tuzilmasiga, ya`ni ularning komponentlar o`rtasidagi o`zaro munosabatiga keskin ta`sir etadi. Antropogen ( abiotik) ta`sir doirasi va darajasi xo`jalik faoliyat turiga qarab turlicha bo`ladi. Boy mineral xom – ashyoga ega bo`lgan hududlarda eng yuqori bosim tog` –kon sanoati orqali yuzaga keladi. ( Vahobov, 2001 ). Songra, tog` daryo vodiylarida gidroinshootlarni qurish va ularni ekspluatatsiya qilish, yo`l transport kommunikatsiyalarini joylashtirish, aholi punktlarini qurish, rekreatsion maqsadlarida tog` landshaftlarini o`zlashtirish va albatta, dehqonchilikda yer-suvni muhofaza qilishni talab darajasida olib borilishi lozim.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz shuni ko`rsatadiki tog`li hududlarda kichi – o`rta- yirik geoekologik tizimlar o`rtasidagi salbiy jarayonlar aynan tog` daryolari va ularning irmoqlari orqali uzviy bog`lanib turadi. Aynan gidrografik ob`ektlar tog` landshaftlarining o`zgarishida, ya`ni buzilishi, ifloslanishi va oriqlanishida geotizimlar orasida “ ko`prik” vazifasini o`taydi. Shuning uchun ham tog`li hududlarning geoekologik jihatdan o`rganish, baholash va optimallashtirish yo`llarini toppish, aynan daryo havzalari bo`yicha olib boorish maqsadga muvofiqdir
Tabiatdan foydalanishda hududning geografik sharoitlarini e`tiborga olish muhim ahamiyatga ega, chunki har bir hudud tabiiy resurslarining tarkibiga va tabiiy muhitning holatiga ko`ra ham, ishlab chiqarish tuzilmasi va landshaftlarga ta`siri saviyasiga ko`ra ham o`ziga hos xususiyatlarga ega, shu sababli har bir hududda tabiatdan oqilona foydalanishni takomillashtirish tizimida dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga jiddiy e`tibor qaratilmog`i lozim. Tabiatdan foydalanishning sajiyasi muayyan hududni sotsial – iqtisodiy rivojlantirish hamda atrof muhitni muxofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklash maqsadlarini kelib chiqadigan vazifalar asosida bu muammoni tahlil qilishni taqozo etadi.
Mineral xomashyo, yer va agroiqlim resurslarining ancha katta zaxiralariga ega bo`lgan Qashqadaryo viloyatida tabiatdan foydalanish uning sotsial – iqtisodiy rivojlanishi uchun asos bo`lib xizmat qilmoqda. Masalan bugungi kunda mamlakatimizda qazib olinayotgan neftning 92 % i, oltingugurtning 100 % i, kondensatning 99,6 % i, tabiiy gazning 88 % i Qashqadaryo viloyati hududi hissasiga to`g`ri keladi. Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan Sho`rtangaz – kimyo majmuasining ochilishida so`zlagan nutqida Prezidentimiz Qashqadaryo viloyati zaminini ta`riflab, “ Vatanimizning betakror o`lkasi bo`lgan, o`zida qanchadan – qancha mo`jizalarni mujassam etgan Qashqadaryo zamini hali to`la ochilmagan bir xazinadir” – deb baholagan edilar.


Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling