Mundaraja kirish I. Bob. Tog`li hududlarga tavsif va tabiatidan foydalanishnig geografik jihatlari
II. BOB. HISOR TIZMASINING JANUBI – G`ARBIY TARMOQLARINING TABIIY GEOGRAFIK TA`RIFI
Download 156.5 Kb.
|
HISOR TIZMASINING
II. BOB. HISOR TIZMASINING JANUBI – G`ARBIY TARMOQLARINING TABIIY GEOGRAFIK TA`RIFI
2.1. Hududning iqlimi va gidrografik xususiyatlariga umumiy ta`rif Hisor tizmasining janubi – g`arbiy tarmoqlari iqlimi O`rta Osiyoga xos bo`lgan barcha continental iqlim belgilarini o`zida mujassamlashtirgan. Hududning yozi issiq, quruq va uzoq davom etadi. Qishi esa uncha sovuq emasligi bilan tavsiflanadi. Ammo meteorologik jarayonlar tog` relyefiga xos xususiyatlarini o`zida aks ettiradi. Qashqadaryo viloyatining geografik o`rni va uning yuza tuzilishi bu hudud iqlimining tarkib topishida muhim ahamiyatga ega. Viloyatning geografik o`rni tufayli u quruq subtropik iqlim bilan ifodalanadi. Iqlimning bunday xususiyati Qashqadaryo havzasining g`arbda ochiqroq bo`lgan tektonik botiq bo`lishi bilan bevosita bog`liq. Botiqning g`arb va janubda ochiqligi, shimolda va sharqda esa tog`lar bilan o`ralganligi botiq yuzasining g`arbdan shimo0li-sharqqa va sharqqa tomon ko`tarilib borishi shu yo`nalishda iqlim elementlarining ham o`zgarib borishiga sabab bo`ladi. Ko`p yillik kuzatish ma`lumotlariga ko`ra, yanvar oyining o`rtacha harorati tekislikda 00 dan, tog`larda – 30 – 40 ni tashkil etadi. Lekin ba`zan shimoldan arktika havo massalari kirib kelganda, tog`lardan oshib o`tib, bu mintaqa havo haroratini pasaytirib yuborishiga sababchi bo`ladi. Natijada ayrim vaqtlarda eng past harorat -220 - 260 gacha tushib ketadi. O`rganilayotgan hududning yozi issiq, iyul oyining o`rtacha harorati tekislikda 28 – 29 , sharqiy qismidagi tog`larda 240 – 250 ni tashkil etadi. Yozda eng yuqori harorat 420 - 430 gacha ko`tariladi. Hududda yillik o`rtacha harorat 14,60 dan sharqda 11,60 gacha boradi. Ammo Hisor qirrasiga yaqin tog`larning ichki qismda yillik harorat 80 – 90 ni tashkil qiladi, deb taxmin qilinadi. Haroartning taqsimlanishi relyefga bog`liqligi ma`lum. Ko`p yillik kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, haroratning barcha ko`rsatkichlari balandlikning oshishga bog`liq ravishda janubi – g`arbdan shimoli – sharqqa tomon pasayib boradi. Eng birinchi sovuq janubi – g`arbda oktyabr oyining o`rtalaridan,oxirgi sovuq esa mart oyining o`rtasiga to`g`ri keladi. Shimoli – sharqdagi tog`larda esa birinchi sovuq otyabr boshida, oxirgi sovuq esa aprelning birinchi o`n kunligida kuzatiladi. Haroartning bunday taqsimlanishi nurash va boshqa relief shakllantiruvchi jarayonlarning borishini tezlashtiradi. Yog`in miqdori ham, uning yillik va hududiy taqsimlanishi ham relyefga bog`lq ravishda balandlik mintaqalanish qonuniga muvofiq taqsimlanadi. Janubi – g`arbdan shimoli – sharqqa tomonga relyefning ko`tarilishi bilan ortib, yil bo`yicha bir qadar tekis taqsimlanadi. Qorael, Odamtosh, Shaxrivayrona tog`lari hamda Arabdasht, Poygadasht va Karashina tekisliklarida g`arbdagi Nishon va G`uzor adirlaridagidek 300 – 320 mm ni tashkil etadi. Yog`inning 45 – 50 foizi bahorga,2 3 foizigina yoz oylariga tog`ri keladi. Oqboshtog` tizmasi va unga tutash bo`lgan Ellikbosh, Qorasirt, Tepaqo`ton, Bobosurxak tog`larida 400 mm va undan ham ko`proq yog`in tushadi. Baland tog`lar bo`lgan Chaqchar, Toytalash, Eshakmaydon va boshqa shimoli – sharqdagi qismida 500 – 600 mm yog`in tushadi. Yog`inlar qor kо`rinishida taxminan 2000 m gacha bо`lgan balandliklarda oktabrdan aprelgacha, ayrim joylarda esa may oyida ham yog`adi. О`rtacha kо`p yillik ma`lumotlarga kо`ra adirlarda joyning shimolroqda yoki janubroqda joylashganligiga bog`liq holda dekabrning turli о`n kunligida hosil bо`ladi. 900 – 1000 m dan 2000 m gacha bо`lgan balandliklarda qor qoplami noyabr oyidayoq hosil bо`ladi. Tekislikda har yili ham turg`un qor qoplami hosil bо`lavermaydi. Qor qoplami adirlarda va pastak tog`larda 10-15 kun, 2000 m ga yaqin bо`lgan balandlikda 130-140 kun saqlanadi. 500 m dan 1000-1500 m gacha bо`lgan balandliklarda qop qoplamining qalinligi (3 oylik qish davrida) 1-10 sm, 1500-2000 m balandliklarda 10 sm dan 40 sm gacha (Qashqadaryoning boshlanish qismida). Lekin ayrim yillarda 1000-2000 m balandliklarda qor qoplamining qalinligi 60-80 sm gacha yetishi mumkin. (Ekspeditsiyalar paytida olingan ma`lumotlar baland tog`li rayonlarda (3000 m dan yuqorida) qor qoplamining qalinligi ayrim joylarda 3-4 m gacha yetishini kо`rsatadi (Balasheva va b.sh., 1962). Kitob va Dehqonobodda yozda nisbatan haroratning pastligiga asosi sabab, ularning okean sathidan balandligiga bog`liq. Kitobning mutloq balandligi 658 metr, Dehqonobodniki 874 metr. Hududda bahor erta, kuz esa kech boshlanadi. Qasqadaryo tabiiy geografik o`lkasida sovuqsiz kunlar 210 – 242 kun davom etadi. Qarshida 209 kun kun, KItobda 219 kun, Guzorda 242 kun, Dehqonobodda 210 kunni tashkil etadi. O`rtacha sutkalik harorat esa 100 dan yuqori bo`lgan kunlar esa 225 – 242 kunga yetadi va o`sha davrlardagi haroratnng umumi miqdoi 2500 – 27000 ga teng. Yozda ba`zan sodir bo`ladigan garmsellar qishloq xo`jalik ekinlaridan mo`l hosil olishga imkon bermaydi. Shu sababli garmselga qarshi kurashish uchun ixota daraxtzorlarini barpo etish hamda tuproqda namni saqlashga qaratilgan qator agrotexnik tadbirlarni qo`llashni taqozo etadi. Qish tog` oldi qismida nisbatan qisqa bo`lib, qor qoplami tekislik qismida 5 – 7 sm dan oshmaydi va 9 – 10 kun erimay turishi mumkin. Adir qismida qor qoplamining qalinligi o`rtacha 13 – 15 sm bo`lib, 17 – 22 kun rimay turadi. Tog`larning eng baland qismi Hazrati Sultonda esa qorlar yozda ham erib ulgurmaydi. Tog`larda 2 – 6 oy davomida qor turadi va qor qoplamining qalinligi 0,5 metr va undan ham ko`proq bo`ladi. Hisor tizmasining eng baland tog`larining yonbag`irlarida kichik – kichik muzliklar ham mavjud. Tog`lardagi qor qoplami daryolarni suv bilan ta`minlaydi, tekisliklarda esa tuproqda namningto`planishiga va saqlanishiga imkoniyat yaratadi, tog`oldi hududlarida kuzgi ekinlarni urishidan saqlaydi. Qashqadaryo viloyatining tekislik va tog` oldi hududlarida iliq davr 14 – 26- fevraldan boshlanib 26 noyabr – 16 – dekabrgacha (272 – 304 kun) davom etadi ( - jadval). Iliq davrda faol haroratlarning jami bu hududlarda 50000 dan yuqori bo`ladi. Eng yuqori ko`rsatkich adirlar uchun xosdir (G`uzorda 57510). O`rtacha balandlikdagi tog`larning quyi qismida yonbag`irlarning oftobro`y ekspozitsiyasida 4000 – 38000 ni, oftobterskay ekspozitsiyadagi joylarda esa 3000 – 28000 ni tashkil etadi. Baland tog`larda (3000 m gacha bo`lgan balandliklarda) 10000 gacha va 3000 – 4000 m balandliklar oralig`ida 350 – 4500 ni tashkil etadi. Qashqadaryo agroiqlim okrugining tog` oldi – tog`li rayonlari dengiz sathidan 500 m dan yuqorida joylashgan hududlarni o`z ichiga oladi. Bu hududlarda landshaftlarning balandlik zonalligi yaqqol ifodalangan. 500 m dan 1300 – 1400 m gacha bo`lgan adirlar va past tog`lar landshaft yarusi uchun boshoqli – har xil o`tli dasht va efemerli chala cho`llar xos. O`rtacha balandlikdagi tog`larga archazorlar, butazorlar va har xil o`tli – shuvoqli dashtlar zonasi to`g`ri keladi. Qashqadaryo viloyatining tekisliklarida va tog` oldi hududlarida o`rtacha kunlik haroratlarning + 100 dan o`tishi 17 – 25 martdan boshlanib 2 – 12 noyabrgacha davom etadi (225 – 230 kun). Bu davrdagi faol haroratlarning jami 4 639 – 5 2300 bo`ladi. Bu ko`rsatkichlarga ko`ra viloyatning tekisliklari, adirlari va past tog`lari bilan band bo`lgan hududlar issiq (4 500 – 5 0000) v a juda is siq (5 0000 dan ziyod) zonalarga mansub. Qashqadaryo viloyatining o`rtacha baland tog`larida faol haroratlar jami 3 500 – 47000, baland tog`larida esa 2500 – 3 5000 bo`ladi. Qashqadaryo agroiqlim okrugi doirasida baland tog` Hisor tizmasiga mansub bo`lgan tarmoqlarning eng baland qismlarini hosil qiladi. Baland tog`larga och qo`ng`ir baland tog` tuproqlaria o`sadigan subalp o`tloqlari zonasi va qisman alp zonasi to`g`ri keladi. Past tog`lar mintaqasda qor qoplami cho`l tekisliklaridagiga nisbatan turg`unroq bo`lib, qishda 16 – 20 kundan 30 – 50 kungacha (sovuq qishli yillarda) saqlanadi. Turg`un qor qoplami hosil bo`ladigan joylar 1400 – 1500 m dan yuqorida joylashgan. Qashqadaryo agroiqlim okrugining tog` oldi – tog`li hududlari uchun issiqlik zonalarining o`ziga xos tuzilmasi mavjud. Bu hududlarda tog` yonbag`irlari bo`ylab pastdan yuqoriga tomon issiq (1500 – 50000), mo``tadil issiq (4000 – 45000), juda iliq (3000 – 40000), iliq (3000 – 35000), salqin (1000 – 30000), sovuq (10000 dan kam) zonalar almashinadi. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, issiqlik zonalarining chegaalari balandlik mintaqalarining chegaralariga mos tushmaydi. Tog` oldi – tog`li hududlarda tabiiy namlanish sajiyasiga ko`ra mo`tadil quruq (Selyaninov GTKi – 0,25 dan 0,30 – 0,32 gacha), qurg`oqchil (0,30 - 0,50), nam (0,50 dan yuqori) zonalar ajratiladi. Tog`larning 900 – 1000 m dan yuqoridagi nam zona doirasidadir. 6 – jadvalda tog`larning balandlik yaruslari bo`yicha ayrim iqlim ko`rsatkichlari keltirilgan. Download 156.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling