Mundarija betlar kirish tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishning


Kurs ishining o’rganilganlik darajasi


Download 0.92 Mb.
bet2/11
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1388993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini

Kurs ishining o’rganilganlik darajasi. Tadbirkorlikni moliyalashtirish bo’yicha o’zining muhim hissalarini qo’shgan xorijlik olimlar qatoriga K. Siropolis Nikolas, Den Shtaynxoff, Djon Berdjes va rus iqtisodchi olimlaridan V. Ya. Gorfinkel, O. I. Sosnauskin, T. Yu. Sergeev, Ye. V. Pimenov, Ye. Yu. Loginova, O.D. Pryanina, A. D. Sheremet va boshqalarni alohida ta'kidlab o’tish lozim. Ushbu muammolar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi tadbirkorlikni kreditlash tahlili asosida ilmiy tadqiqot olib borgan iqtisodchi olimlar sifatida M. Toshxo’jaev, M. Solihov, B. Berdiyorov, B. Mamatov, E. Nosirov, K Sharifxo’jaeva, A. Madraimov, B. Irisov, R. Yusupov, R. Xodjaev, A. Egamberdiev, N. Raxmatinnayeva, Sh. Shoyusupov, U. Azizov,
J. Norboyevlarni ko’rsatish mumkin.
Kurs ishining asosiy maqsad vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirish bo’yicha hozirda mavjud nazariy va amaliy bilimlarni o’rganish va mustahkamlash, tadbirkorlik korxonalarini moliyalashtirish sohasida mavjud imkoniyatlar va muammolarni ularning hozirgi holatini tahlil qilgan holda o’rganish va bu holatlar yuzasida amaliy tavsiyalar berish.
Ushbu asosiy maqsadga muvofiq quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:

  • tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashning zarurligi va uning ahamiyatini ko’rsatish;

  • tadbirkorlikni moliyalashtirishning xorij tajribasini o’rganish;  asosiy moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

  • amaldagi tadbirkorlik korxonalarini moliyashtirish tartibini tahlil qilish hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Mazkur Kurs ishining o’rganish ob’ekti tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Kurs ishining predmeti esa tadbirkorlik korxonalarining moliyalashtirilish jarayoni.
Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Kurs ishini nazariy jihatdan tadqiq qilishda O’zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar tadbirkorlik sohasining rivojlanishini aks ettiruvchi statistik materiallar, tijorat banklarining yillik hisobotlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu sohaga taalluqli bo’lgan me'yoriy hujjatlari hamda ilmiy jurnal va ro’znomalarda chop etilgan maqolalardan foydalanildi. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, bayon qilingan fikrmulohazalar, tahlil qilingan materiallar, xulosa va takliflardan tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish sohasiga oid ishlanmalarda ma’lumot manbasi sifatida foydalanish mumkin.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling