Mundarija betlar kirish tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishning


Kurs ishi tarkibining qisqacha tavsifi


Download 0.92 Mb.
bet3/11
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1388993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini

Kurs ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Kurs ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati, 6 jadval, 9 diagramma va 2 chizmadan iborat.

I BOB. TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINI MOLIYALSHTIRISHNING

IQTISODIY AHAMIYATI VA NAZARIY ASOSLARI

1.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik va uning iqtisodiy ahamiyati


O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish” deb ataluvchi o’z taraqqiyot yo’lini belgilab oldi. Davlatimiz miqyosida har yili amalga oshirilayotgan islohotlar va ishlarning tub mohiyati, maqsad-muddaosini aynan yurtimiz obodligi, hayotimiz farovonligi tashkil etadi. Ana shunday yurtimizni obod, hayotimizni farovon qiluvchi sohalardan biri, bugungi kunda tadbirkorlikdir. Chunki tadbirkorlikning iqtisodiyotimiz rivojidagi hissasi beqiyosdir. Fikrimiz dalili sifatida Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi so’zlarini keltirish maqsadga muvofiq:
“Bugungi kunda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik o’zining iqtisodiyotimizdagi o’ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta’siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo’nalish o’rnini bosolmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallaydi. Bu sohani rivojlantirmasdan, unga tegishli rag’bat va ko’mak bermasdan, imtiyoz yaratmasdan turib biz iqtisodiyotimizni kelajagini ta’minlay olmaymiz.”1
Haqiqatan ham bugungi kunda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, aholi bandligini oshirish, ichki bozorni milliy mahsulot bilan ta’minlash borasida, bozor o’zgarishlariga tez moslashuvchan soha tadbirkorlikning o’rni muhimdir. Mulkdorlarning o’rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va shu asosda aholi daromadlarini ko’paytirish va farovonligini oshirishning muhim omili, mamlakat taraqqiyoti yo’lidagi faol
harakatlantiruvchi kuch sifatida tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida yurtimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyo tajribasi ko’rsatishicha, tadbirkorlik iqtisodiy o’sishni ta’minlashda muhim o’rin tutgani sababli, mamlakatlarning iqtisodiyotida muhim o’rin egallaydi. Shu sababli tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish Respublikamizni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo’nalishlaridan biri qilib belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-yanvarda o’tkazilgan yig’ilishida belgilab berilgan 2012-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi hamda yuqori iqtisodiy o’sish ta’minlandi. 2012-yilda O’zbekistonda 96,6 trln. so’mlik YaIM ishlab chiqarilib, uning real o’sishi 2011-yilga nisbatan 8,2 % ni tashkil qildi. Iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlari:
· Iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartish va diversifikatsiya qilish bo’yicha tegishli chora-tadbirlarning amalga oshirilayotganligi;
· Faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayat jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etish borasida faol investitsiya siyosatining yuritilayotgani;
· Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni kuchaytirish, tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan dasturiy vazifalarning o’z vaqtida bajarilayotganligi;
· Real sektor korxonalarini qo’llab quvvatlash maqsadida iqtisodiyotda soliq yukuni pasaytirish va boshqa qator imtiyozlarning joriy etilayotganligi;
· Moliya-bank tizimiga berilayotgan e’tibor va uning natijasida sohaning barqaror rivojlanib borayotganligi evaziga erishilmoqda.
2012-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2011-yilga nisbatan 7,7 % ga oshdi va 50,7 trln. so’mni tashkil etdi. Sanoatda yuqori o’sish sur’atlari kuzatilib, oziq-ovqat sanoati 6,5 %, mashinasozlik va metallni qayta ishlash 12,4 %, qurilish materiallari 11 %, yengil sanoat 12 %ga o’sgan. Mamlakatimizda biznesni yuritish bilan bog’liq barcha jarayonlarni yanada liberallashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish, tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida tadbirkorlikning respublikamiz iqtisodiyotidagi tutgan o’rni tobora mustahkamlanib bormoqda. 2012-yil tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli ishlab chiqarish korxonalari va mikrofirmalar soni 23,3 mingtaga o’sib, 2013-yil 1-yanvar holatiga 219,4 mingtaga (fermer xo’jaliklarini hisobga olmagan holda) yetdi. Tadbirkorlikning YaIM dagi ulushi 54,6 % ni tashkil etdi.
O’z navbatida 2013-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab berilgan vazifalarning bajarishga qaratildi:

  • Iqtisodiy o’sishning barqaror yuqori sur’atlarini, makroiqtisodiy bararorlikni saqlab qolish va mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish;  Iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilahni jadallashtirish va ko’lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash;

  • Yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish;  Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirishning muhim sharti va manbasi sifatida faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish;

  • Ish o’rinlarini tashkil etish va mamlakat aholisi bandligini ta’minlash hamda aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlash borasida bank tizimida dasturiy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. 2

Ushbu ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan soha tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirish, qo’llab-quvvatlashdagi davlatning odilona iqtisodiy siyosati tufayli mamlakatimizda qulay makroiqtisodiy muhit yaratildi. So’zimiz isboti sifatida tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushini ko’rishimiz mumkin. Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat tomonidan katta e’tibor berilishi hamda qo’llab-quvvatlanishi natijasida uning mamlakat YaIMdagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2000-yilda YaIMning qariyb 31 % i iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2008yilda bu ko’rsatkich 48,2 % ni, 2009-yilda 50,1 % ni, 2010-yilda 52,5 % ni, 2011-yilda esa 54 % ni tashkil etdi (1-diagramma) yoki 2000-yilga nisbatan 23 % ga o’sdi.
1-diagramma Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 3

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan hozirgi kunda respublikamizda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatning strategik vazifasi sifatida qaralmoqda.
Tadbirkorlik kapital taqchilligi sharoitida ko’p mablag’ talab etmaydigan xo’jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur’atarini ta’minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi sharoitida ise’mol bozorini shakllantirishva uni to’ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar iste’mol talabining o’zgarishiga darhol moslashadi va shu yo’l bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta’minlaydi.
Bugungi kunda bu soha nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirishda balki, aholi bandligini va daromadlarini oshirishda ham salmoqli o’ringa ega. Keying yillarda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik korxonalari sonining yil sayin ortishi sohaning samarali rivojlanayotganidan dalolat beradi. Tadbirkorlik sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o’rinlarini yaratish va bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlarini hajmini o’sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishida, eng avvalo, mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlariyetarli darajadagi rag’batlantiruvchi rol o’ynayotganligi hisoblanadi. Xususan 2010-yilda tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan yagona soliq to’lovi 8 % dan 7 % ga pasaytirilgan bo’lsa, 2011-yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasining 7 % dan 6 % ga kamaytirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo’shab qolgan qariyb 80 milliard 300 million so’m mablag’ni ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnika joriy etishga yo’naltirish imkoni paydo bo’ldi.
2012-yilda soliq yukuni, birinchi navbatda, tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan olinadigan soliq yukini sezilarli darajada kamaytirish belgilanmoqda. Respublikamizda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida turli xil moliyaviy vositalar orqali bu sohani qo’llab quvvatlash ustuvor yo’nalish sifatida amal qilib kelmoqda. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rag’batlantirishda soliq tizimidan foydalanish o’z samarasini bermoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-1449sonli Qaroriga muvofiq, 2011-yilda iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovining amaldagi 7 % li stavkasi 1 % ga kamaytirilib, 6 % qilib belgilandi. Buning natijasida kihcik biznes sub’ektlari ixtiyoriga davlat budjetiga to’lanishi lozim bo’lgan 80 milliard 300 million so’mlik mablag’ ularning moliyaviy imkoniyatlari kuchaytirish uchun qoldirildi, pirovardida esa ularda ishlab chiqarish hajmi o’sgan holda, yangi ish o’rinlarini yaratishda ushbu sub’ektlarning ulushi oshishi ta’minlandi. 2012-yilda ham tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq yuki darajasi kamaytirildi, yagona soliq to’lovi stavkasi
6 % dan 5 % ga tushirildi. (2-diagramma)
2-diagramma Tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan soliq stavkalari 4

Diagrammadagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, 1996-2012-yillar mobaynida tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan soliq stavkalari 38 % dan 5 % ga yoki 7,6 martaga qisqartirdi. So’nggi yillarda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab quvvatlashga ham alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, 2010-yilda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 2690,2 mlrd. so’m kredit ajratilgan bo’lsa, 2011-yilda esa bu ko’rsatkich 4041 mlrd. so’mni tashkil etdi. Oxirgi yillarda tadbirkorlik sub’ektlari uchun yagona soliq to’lovi stavkasi yil sayin kamayib borishi kuzatilmoqda. 2012-yil uchun belgilangan soliq stavkasi 1996-yilga nisbatan 7,6 marta, 2000-yilga nisbatan 6 marta, 2005-yilga nisbatan 3 martaga qisqartirilgan. 2012-yil Yurtboshimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan oilaviy xususiy tadbirkorlikni qo’llabquvvatlashda soliq tizimining roli yanada oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-1675-sonli Qaroriga muvofiq, xizmat ko’rsatish sohasida, ayniqsa, sartaroshlik va boshqa shu kabi maishiy xizmatlar sohasida faoliyat ko’rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari o’rtacha 2 barobar kamaytirildi.
Avtomobil transportida yuk tashishga oid xizmatlarni ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari hududlar bo’yicha unifikatsiya qilindi va qat’iy yagona soliq stavkalari belgilandi. 2012yil uchun ishlab chiqilgan soliq siyosatida tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan soliq imtiyozlari kengaytirildi, ayrimlarining muddati uzaytirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi 2006-2010yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish to’g’risida” gi 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli Qarori bilan mikrofirma va kichik korxonalarga berilgan soliq imtiyozlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2009-yil 25-oktabrdagi PQ-1050-sonli Qarori bilan berilgan soliq va bojhona imtiyozlari 2014-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi. O’tgan yillar davomida mamlakatimizda soliq yukini yengillashtirish, soliqqa soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida bir qator qo’shimcha soliq va bojhona imtiyozlari berildi. Jumladan, mamlakatimizda yengil va oziq-ovqat sanoatining iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturida ishtirok etayotgan korxonalar uchun keng ko’lamli qo’shimcha soliq va bojhona imtiyozlari berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi “Oziqovqat mahsulotlarini kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1047-sonli qarori bilan 2009yilning 1-iyulidan boshlab go’sht va sut mahsulotlarini sanoat ko’lamida qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasidagi faoliyat faqat yuridik shaxs shaklida tashkil qilingan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan amalga oshirilishi go’sht va sutni qayta ishlaydigan korxonalarga o’z mahsulotini avtofurgonlarda aholiga naqd pulda sotish huquqi berildi, bunda naqd mablag’lar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kuni inkassatsiya qilinishi shartligi belgilab qo’yildi. Mazkur Qaror bilan 2012-yilning 1-yanvariga qadar bo’lgan davrda asosiy faoliyat turi bo’yicha go’sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar hamda kichik korxonalarning yagona soliq to’lovi stavkasini 50 % ga kamaytirish, bo’shaydigan mablag’larni ishlab chiqarish korxonalarni texnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga, shu jumladan, yangi labaratoriyalar barpo etish va mavjudlarini jihozlashga, yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni o’zlashtirishga, shuningdek, xom ashyo bazasini rivojlantirishga maqsadli tarzda yo’naltirish, go’sht va sut yetishtirish hamda ularni qayta ishlashda foydalaniladigan, yurtimizda ishlab chiqarilmaydigan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yhatlarga muvofiq chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari, ularning ehtiyot qismlari, yordamchi materiallar, tarkibiy qism va komponentlarni bojhona to’lovlari (bojhona rasmiylashtiruvchi yig’imlardam tashqari) to’lashdan ozod qilish kabi soliq va bojhona imtiyozlari berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo’yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1051-sonli Qaroriga asosan yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari 2014-yil 1yanvarigacha:

  • soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalarni to’lashdan ozod qilindi;

  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yhatlar bo’yicha

O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi va kichik mehanizatsiyalash vositalari uchun bojhona to’lovlari to’lashdan (bojhona rasmiylashtiruvchi yig’imlardam tashqari) ozod qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-iyundagi “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko’paytirishni rag’batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1134-sonli Qaroriga asosan:
2009-yilning 1-iyulidan boshlab, 2012-yilning 1-yanvariga qadar bo’lgan davrda maxsus pechlardan foydalangan holda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar asosida pishgan g’isht ishlab chiqaruvchi korxonalar barcha turdagi soliqlar, davlat maqsadli jamg’armalariga va maktab ta’limi jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qilindi.
2012-yilning 1-yanvaridan boshlab, foydali qazilmalarni qazib chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganligi uchun soliqqa tortiluvchi mikrofirma va kichik korxonalarga pishgan g’isht ishlab chiqarganida yer qa’ridan foydalangani uchun soliq to’lash bo’yicha majburiyatlarni saqlab qolgan holda, yagona soliq to’lovini to’lashga o’tish huquqi beriladigan bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 30-martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo’llab quvvatlash to’g’risida”gi PF-1410-sonli Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar” qabul qilingan 2008-yil 1-apreldagi PF-3983-sonli Farmonida nazarda tutilgan uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish bo’yicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo’lgan shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni to’lash yuzasidan soliq imtiyozining amal qilish muddati “Hunarmand” uyushmasi a’zolari - yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2012-yilning 1-apreligacha uzaytirildi.
2011-yilda ham bu masalalar alohida ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkrolik sub’ektlarida tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi 2011-yil 4-mayda qabul qilingan PF-4296-sonli Farmoni tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining davlat tomonidan yanada qo’llab-quvvatlanishining muhim huquqiy asosi sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu Farmonga muvofiq, yangi tashkil qilingan tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yhatiga olingan paytdan boshlab dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshiruvidan o’tkazilmaydi. 2011-yilning 1-aprelidan to 2014-yilning 1apreligacha bo’lgan davrda soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’lab kelayotgan, shuningdek, ishlab chiqarish sur’atlarining barqaror o’sishi va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini soliq sohasida tekshirish taqiqlab qo’yildi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliq sohasida tekshirish muddatlarini qonun hujjatlarida ularni o’tkazish ko’zda tutilgan maksimal muddatdan, ya’ni 30 kalendar kunidan ortiq muddatga uzaytirilishiga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi 2011-yil 24-avgustda qabul qilingan PF-4354-sonli Farmoniga muvofiq, 2011-yilning 1-oktabridan boshlab soliqlar, bojhona bojlari va yig’imlari, shuningdek, boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddatlarini buzgani sababli penya miqdori kechiktirilgan har bir kun uchun penyani hisoblash tartibi saqlangan holda, uning amaldagi miqdoriga nisbatan uchdan bir qismga kamaytirildi; yuridik shaxslarga tekshiruvlar natijalari bo’yicha qo’shimcha hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni undirish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida teng ulushlarda to’lash huquqi belgilandi.
Bugungi kunda respublikamizdagi ustuvor yo’nalishlardan biri - aholi bandligini oshirish, ishchi kuchidan maqsadli foydalanish, foydali mehnatga layoqatli aholining ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilmoqda. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligini ta’minlashdagi roliga alohida e’tibor berib, “Hisobot yilida yangi ish o’rinlari tashkil etish orqali aholi bandligini ta’minlash masalasini hal qilish ham e’tiborimiz markazida bo’ldi. Hududiy bandlik dasturlarining amalga oshirilishi natijasida yaratilgan 1 millionga yaqin ish o’rnining 68 % dan ko’prog’i qishloq joylarda tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, yangi ish o’rinlarining 64 % dan ortig’i tadbirkorlik, xususiy tadbirkorlik va fermerlik rivojini rag’batlantirishni yanada kuchaytirish, xususan ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish, 28 % dan ziyodi esa yangi korxonalar tashkil etish, kasanachilikniong turli shakllarini kengaytirish hisobidan yaratildi” 5, - deb alohida ta’kidlandi.
So’nggi yillarda tadbirkorlik sub’ektlarining mamlakatimizda yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo’lib bormoqda.
1-jadval O’zbekistonda yangi ish o’rinlarini yaratishda tadbirkorlik sub’ektlarining ulushi 6


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling