Mundarija kirish 2 I bob valyuta bozori tushunchasi, uning institutsional tarkibi va o’ziga xos xususiyatlari


Download 59.83 Kb.
bet3/5
Sana10.03.2023
Hajmi59.83 Kb.
#1258095
1   2   3   4   5
Bog'liq
Valyuta bozori

Milliy valyuta tizimi

Jahon valyuta tizimi

Milliy valyuta

Milliy valyutani konvertirlanish shartlari

Milliy valyuta pariteti

Milliy valyuta kursining tartibi

Valyutaviy chegaraning va nazoratning bor yukligi

Mamlakatning xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish

Xalqaro kredit ayriboshlash vositalaridan foydalanishni tartibga solish

Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga keltirish

Milliy valyuta bozori va oltin bozorining tartibi

Mamlakatni valyuta munosabatlarini boshqaruvchi va tartibga soluvchi milliy
organlar

Xalqaro valyuta hisob-kitob birliklari valyuta zahirasi


Valyutalarni o‘zaro konvertirlanish shartlari

Valyuta paritetini birxillashtirish tartibi

Valyuta kursining tarribining
reglamentatsiyasi

Valyutaviy chegaralarning davlatlararo tartibga solish

Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish

Xalqaro kredit ayriboshlash vositalaridan foydalanish qoidalarini yaxlitlashtirish

Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy shakllarini yaxlitlashtirish

Jahon valyuta bozori va oltin bozorining tartibi

Davlatlararo valyutaviy tartibga solishni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar

Xalqaro kelishuvlar, ikkiyoqlama va ko‘pyoqlama shartnoma va aktlar, jahon valyuta tizimining huquqiy asosini tashkil etadi.


Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi - eksport va import uchun to‘lovlarni, tovar, kapital, xizmatlar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishda xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish orqali samarali vositachilik qilish, shuningdek, xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish uchun, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda qulay muhitni yaratishdan iborat17.
Jahon valyuta tizimi yordamida iqtisodiy resurslarning bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chishi yoki aksincha, ushbu jarayon chegaralanishi, milliy iqtisodiyot mustaqilligi cheklanishi yoki kengayishi, iqtisodiy muammolarni (masalan, ishsizlik, inflyatsiya) bir mamlakatdan boshqasiga ―ko`chib o‘tishi‖ mumkin.
Jahon valyuta tizimi faoliyat yuritish va tartibga solishning alohida mexanizmlariga ega va jahon xo‘jaligining global maqsadlarini ko‘zlasada, u milliy pul va hududiy valyuta tizimlari bilan chambarchas bog‘langan.
Jahon valyuta tizimi xalqaro pul munosabatlari tashkil topishining tarixiy shakli bo‘lib, u davlatlararo shartnomalar orqali mustahkamlangan.
Jahon, hududiy va milliy valyuta tizimlari doirasida, quyidagi moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladi:
1) Valyuta konvertirlanishi - milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish;
2) Tijorat banklari va birjalarda valyuta oldi-sotdi operatsiyalari. Bu valyuta dilingi deyiladi.
Hozirgi kunda, operatsiyalarning asosiy qismi naqd pulsiz holda amalga oshiriladi. Bir bankdan boshqasiga pul o‘tkazish vakillik hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi. Banklararo amaliyotda LORO (Siz bizda) va NOSTRO (biz Siznikida) hisobvaraqlari mavjud.
3) Tijorat banklarining depozit-kredit deb nomlanuvchi, valyuta mablag‘larini jalb qilish va joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalari.
Bu operatsiyalar - o‘zaro kreditlash, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni joylashtirish, kreditlarni taqdim etish, rasmiylashtirish va monitoring bilan bog‘liq banklararo operatsiyalardir.
4) Tashqi savdo operatsiyalarida, xalqaro amaliyotda qabul qilingan turli shakldagi hisob-kitoblarda bank xizmati ko‘rsatish;
5) Oltin va fond instrumentlari (mulkchilik titullari, obligatsiyalar, ikkilamchi moliyaviy instrumentlar va h.k.) sotish yoki sotib olish maqsadida, moliya bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Bu operatsiyalarning barchasi investitsiya maqsadlarida, shuningdek, chayqovchilik yoki xejerlash (sug‘urta) maqsadlarida amalga oshiriladi. Banklar ushbu operatsiyalarni o‘z nomidan yoki mijoz topshirigiga ko‘ra amalga oshiradilar;
6) Kredit (debit) kartochkalarining egalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalar;
7) Bank xalqaro transfertlari (dividend, foiz, pensiya to‘lovi, aliment, hadyalar, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish va h.k.) amalga oshirish.
Zamonaviy valyuta tizimi, uning ham hududiy (geografik jihatdan), ham vaqt jihatdan (kechayu-kunduz ishlovchi valyuta bozori), ham texnologik jihatdan (axborot texnologiyalari va tarmoqlarining yaxlitligi) globallashganligi bilan tavsiflanadi.
Zamonaviy valyuta tizimining globallashuvining o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
• valyuta kurslari va foiz stavkalarining kutilmaganda va keskin o‘zgarishi bilan tavsiflanadigan bozor mexanizmi;
• bir tomondan, oldindan kutilmagan voqealarga (neft falajlari yoki Germaniyaning birlashuvi kabi) tezda moslashishga zarurat, boshqa tomondan, mamlakatlar hukumatlarining inflyatsion siyosat yuritishi va davlat qarzdorligi o‘sishi siyosatidan kafolatlovchi ma‘lum xalqaro tartibga solish instrumentlarini yaratish.
Jahon valyuta tizimining eng asosiy xususiyati shundaki, u har doim o‘zgarib, rivojlanib turadi. Bu o‘zgarishlarning eng umumiy sabablari - jahon xo‘jaligini rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlikning kuchayishi, tovar ishlab chiqarish va bozorlarning baynalminallashuvidir. Bugungi kunda uni tartibga solish mexanizmlarining doimiy o‘zgarishi va valyuta tizimining barqarorligi, valyuta tizimining evolyutsiyasi bilan qanchalik mos tushishiga bog‘liq18.
Xalqaro valyuta tizimlarining ma‘lum shakllari, ishlab chiqarishning rivojlanishi, xalqaro aloqalar, milliy pul tizimlari, jahon maydonidagi kuchlar nisbatiga, yetakchi mamlakatlarning manfaatlariga qarab belgilanmoqda.
Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari. Parij jahon valyuta tizimi (1867-1914y.) Pulning xalqaro almashuvi, xuddi pulning o‘zi singari qadimiy bo‘lsada, hozirgi shaklda valyuta bitimlarining paydo bo‘lishi XIX asr oxiriga borib taqaladi. Birinchi jahon valyuta tizimi - 1865 yilda to‘rtta G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tomonidan tashkil etilgan va «Oltin andozasi» asosida faoliyat yuritgan - Lotin tanga ittifoqi hisoblanadi. Mazkur valyuta tizimi, rasmiy ravishda 1867 yilda Parij konferentsiyasida tan olindi va dunyoning 30 dan ortiq mamlakati tomonidan maxsus xalqaro shartnomaga imzo chekildi. Bu valyuta tizimi Oltin andozasi»ga ya‘ni, oltinni etalon (mezon) metall sifatida qabul qilishga asoslangan milliy pul tizimlarini birlashtirdi. Shuning uchun ham Parij valyuta tizimi «Oltin tanga andozasi» deb yuritila boshlandi. Bunga muvofiq, jahon puli oltin tangalar va oltinga konvertirlanadigan pullardan tashkil topgan edi.
Oltin andoza tartibi bosqichma-bosqich uch shaklni boshdan kechirdi. 1914 yilgacha oltin tanga bosqichi, 1922 yildan 1929 yilgacha oltin qo‘yilma andozasini, 1944 yildan 1971 yilgacha oltin deviz andozasi. Oltin tanga andozasi davrida zarbxonalar oltin qo‘yilmalardan oltin tangalar ishlab chiqarish huquqiga ega edilar. Bu erkin tarzda va deyarli tekin amalga oshirilgan, shuning uchun ham, bu tangalar pul massasining asosini tashkil qilgan. Qog‘oz pullar xuddi oltin tangalar qatori muomalada bo‘lgan va ular oltinga to‘la konvertirlangan. Oltin bilan konvertirlanganlik doimo ta‘minlanishi uchun, qog‘oz pullar emissiyasi chegaralangan. Yangi tizimning dunyo bo‘ylab keng tarqalishi bilan, unga bo‘lgan ishonch ortdi. Bu amalda, xalqaro hisob-kitoblarda to‘lov vositasida oltin va boshqa shu kabi qimmatbaho metallarni olish yoki berish o‘rniga, xorijiy schetni debitlash yoki kreditlash orqali to‘lovni amalga oshirishga olib keldi. Valyuta dilerlari qo‘lida telegraf, telefon, teletayp kabi vositalarning paydo bo‘lishi, xalqaro valyuta savdosini professional darajada yuritishga imkoniyat berdi.
Parij valyuta tizimi birinchi jahon urushigacha amalda bo‘ldi. Uning asosiy xususiyati, paritetlari oltinga nisbatan o‘rnatiladigan, belgilangan valyuta stavkalarida edi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan bo‘lib, «valyutaning oltin pariteti» yoki «valyutaning oltin tarkibi» deb nom oldi. Oltin tanga andozasi davrida, oltin hisobiga ikkiyoqlama funktsiya amalga oshirilgan. Mazkur funktsiyalar: xalqaro hisob-kitoblarda tan olingan to‘lov vositasi sifatida hamda bir vaqtning o‘zida, ichki bozorda yagona qabul qilingan almashuv va to‘lov vositasi edi.
Oltin ushbu funktsiyalarni ta‘minlashi uchun, quyidagi shartlar bajarilishi shart bo‘lgan:
1) Markaziy bank oltinni, belgilangan kurs bo‘yicha, chegaralangan miqdorda sotishni va sotib olishni kafolatlashi.
2) Oltin egasiga, davlat zarbxonasida tayyorlangan oltinni tanga va quyma shaklida har qanday miqdorda saqlashi. Oltin zahiralarni saqlash jarayoni esa, tezavratsiya degan nom olgan.
3) Oltinning import va eksporti chegaralanmaganligi.
Ushbu shartlarning bajarilishi, tangani metall qiymati va nominali har doim bir xilda bo‘lishi ta‘minlangan. O‘z-o‘zidan, oltin tanga andozasi sharoitida, likvidlilik - sanoat maqsadlari uchun zarur bo‘lgan oltinni ishlab chiqarish tezligi va oltinning miqdori bilan aniqlangan.
Barcha valyutalar va oltin o‘rtasidagi yaqin bog‘liqlik, xalqaro hisob- kitoblarni amalga oshirishda, ma‘lum ta‘sirini o‘tkazdi.
Oltin andozasining avtomatik faoliyati deb ataladigan jarayon quyidagicha amalga oshdi: to‘lov balansida taqchillik mavjud mamlakat, ma‘lum miqdordagi oltinni chet elga olib chiqishi shart bo‘lgan. Bu muomaladagi pul massasini kamaytirib, deflyatsiyaga olib kelgan (deflyatsiya -muomaladagi pul massasi o‘sishini chegaralash jarayoni, inflyatsiyaning teskarisi). Va aksincha, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oltinning olib kelinishi, ikkinchisida inflyatsiyani keltirib chiqargan. Shu yo‘l bilan hosil qilingan narxlar o‘rtasidagi farq, oltin olib chiqilgan mamlakat uchun foydali hisoblangan. Eksportni kengaytirish, importni qisqartirish orqali, bunday mamlakat to‘lov balansini yaxshilagan.
Shuningdek, tartibga solish jarayonida pul (oltin) taqchil bo‘lgan mamlakatda hisob stavkalarini oshirish va aksincha, pul (oltin) ortiqcha bo‘lgan mamlakatda hisob stavkasini tushirish qo‘llanilgan. Yuqoridagilar natijasida yuzaga keladigan kapital ko‘chishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘lov holati balanslanishiga yordam bergan19.
Oltin andozasi sharotida, birja almashuv kurslari juda tor chegarada +1%ga tebranishi mumkin edi. Bu holat yuqori va quyi «oltin nuqtalari», deb nom oldi. Rasmiy paritetdan bunday og‘ishishni, oltin oldi-sotdisi paytida fraxt va sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlarning kelib chiqishi, tashiladigan oltin qiymatining +l%ini tashkil etganligi bilan tushuntirish mumkin. Agar, ma‘lum valyutaning almashuv kursi, o‘z paritetidan yuqori bo‘lsa, xorijiy valyutani sotib olishdan, oltinni tashib keltirish arzon hisoblangan. Debitor o‘z pulini oltinga almashtirib, qarz to‘lagan. Boshqa tomondan, agar valyuta kursi tushsa, kreditor qarzni oltin bilan to‘lanishini talab qilgan. Bu tizimda valyuta munosabatlari davlatning aralashuvidan xolis tarzda amalga oshirilganligidan hamda almashuv kursining tebranishi sezilarsiz bo‘lganligidan, valyuta riski past edi. Mazkur tizim 1914 yilgacha amalda bo‘ldi. Birinchi Jahon urushi yillarida yuzaga chiqqan iqtisodiyot uchun yirik hajmdagi zaruriy mablag‘lar, faqatgina qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan qondirilishi mumkin edi. Ichki bozorga salbiy ta‘sirini inobatga olib, ko‘pgina mamlakatlar oltin andozasiga asoslangan qoidalarni bekor qiluvchi chora-tadbirlarni qo‘lladilar. Bu esa, Parij Jahon valyuta tizimini amalda parokandalikka olib keldi.

2.1. Valyuta va uning iqtisodiy mohiyati

Jahon iqtisodiyotida, jumladan har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratadi. Pul va iqtisodiyot o‘zaro uzviy bog‘liq elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo‘lsa, albatta, bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida salbiy aks topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan.


Iqtisodiyot nazariyasida haqiqiy pul, tovar ekvivalent sifatida mavjud bo‘lib, iste’molchilarning muomalaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Qog‘oz pullar esa, haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodasi yoki vakilidir.
Har qanday mustaqil davlat o‘z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o‘zining nomi va ma’lum bir muomala tarixiga ega.
Nazariyada pul va valyuta kategoriyalari mavjud bo‘lib, pul va valyuta ikkalasi bir narsa, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo‘lavermaydi. Agar muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozoriga chiqib, davlatlar o‘rtasida muomala, to‘lov va jamg‘arish vositasi sifatida ishlatilsa, ya’ni xalqaro pul funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi.
valyuta – jahon bozorida, davlatlar o‘rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birligidir. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari dollari, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Kanada dollari, Fransiya franki, Germaniya markasi va shu kabilar20.
Bundan muayyan bir davlatning milliy puli – uning milliy valyutasi bo‘lishi mumkin. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa xorijiy valyutalar bo‘ladi. Masalan, AQSH dollari, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Kanada dollari, yevro va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy valyutalar hisoblanadi. O‘z navbatida, O‘zbekiston so‘mi bu davlatlar uchun xorijiy valyuta hisoblanadi.
Ba’zi bir davlatlarning milliy pul birliklarining, mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va amalda bo‘lgan qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi va u yerda muomalada bo‘lishi chegaralanadi. Shunga ko‘ra muomaladagi valyutalar turli maqomlarga, ya’ni erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valyutalarga bo‘linadi.
Bundan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda jahon amaliyotida erkin muomalada yuradigan valyutalar soni 60 turdan ziyod. Bundan tashqari, MDH davlatlarining valyutalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining so‘mi yumshoq valyutalar toifasiga kiradi. Ekzotik valyutalar toifasiga Quvayt dinori, Gretsiya draxmasi va shu kabilar kiradi.
« valyuta» kategoriyasi milliy va jahon xo‘jaligi orasida aloqa va o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydi. Jahon valyuta tizimi jahon pullarini amaldagi (funksional) shakllariga asoslangan. Jahon pullari deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko‘rsatuvchi pullarga aytiladi. Jahon pullari amaliy (funksional) shakllarining evolutsiyasi milliy pullar rivojlanish evolutsiyasini birmuncha kechikib takrorlaydi, ya’ni oltin pullardan – kredit pullarga. Bunday qonuniyat asosida jahon valyuta tizimi XX asrga kelib bir yoki bir necha yetakchi davlatlarning milliy valyutalariga (an’anaviy yoki yevro valyuta shaklida) yoki xalqaro valyuta birligiga (SDR, YEVRO) asoslanadi.
Jahon amaliyotida hisob-kitoblarni olib borish uchun valyutalar shartli belgilar orqali ifodalanadi, ya’ni ularga shartli kodlar beriladi. valyutalarga kodlar ISO (Standartlash xalqaro tashkiloti) tomonidan beriladi va e’lon qilinadi. Bu valyutani kodlash tizimi yozma ravishda rasmiylashtirilgan barcha valyuta operatsiyalari va bitimlarda qo‘llaniladi. ISO tizimidagi kodlar juda oson, masalan, ular quyidagicha ifodalanishi mumkin: A1A2A3.
Bunda: A1A2 – lotin harflari mamlakat nomlarini ifodalaydi;
A3 – lotin harfi shu mamlakatning milliy valyutasini bildiradi.
Masalan, UZ – O‘zbekiston Respublikasi, S – so‘m, UZS – O‘zbekiston Respublikasi so‘mi; RU – Rossiya, R – rubl, RUR– Rossiya rubli; US – Amerika Qo‘shma Shtatlari, D – dollar; USD – Amerika Qo‘shma Shtatlari dollari; GB – Buyuk Britaniya, P – funt sterling, GBP – Buyuk Britaniya funt sterlingi.
Valyuta, odatda, ikki turga – milliy va chet el valyutalariga bo‘linadi. Milliy valyuta qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi va mamlakat hududida barcha hisob-kitoblarda foydalaniladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishlatiladigan pullar valyutaga aylanadi. Xalqaro hisob-kitoblarda, odatda, xorijiy valyuta, ya’ni boshqa mamlakatlarning pul birliklari ishlatiladi. Ushbu pul birliklari bilan deviz tushunchasi bog‘liq.
Deviz – xorijiy valyutadagi har qanday to‘lov vositasidir. Xorijiy valyuta valyuta bozorida oldi-sotdi obyekti bo‘ladi, xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladi, banklardagi hisobvaraqlarda saqlanadi, ammo ushbu davlat hududida qonuniy hisob-kitob vositasi hisoblanmaydi (kuchli inflyatsiya davrlarini hisobga olmagan holda). Mamlakatda kuchli inflyatsiya va inqiroz holatida milliy valyutani nisbatan barqaror xorijiy valyuta siqib chiqaradi, hozirgi davrda bu AQSH dollaridir21.
Chet el valyutasi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
– valyuta bozorida sotish va sotib olishning obyekti hisob-lanadi;
– xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladi;
– banklarda valyuta hisob raqamlarida saqlanadi.
Jahon amaliyotida yetakchi valyutalar sifatida rivojlangan mamlakatlar valyutasidan foydalanilmoqda, jumladan AQSH dollari va Yevropa Ittifoqi YEVROsi.

2.2 Valyuta kursining mazmuni va uni kotirovkalash

Turli mamlakatlarning valyutalari hamda xalqaro pul birliklari tuzilgan xalqaro bitimlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida o‘zaro almashtiriladi va har qanday ayirboshlashda bo‘lgani kabi bu yerda ham ularning bahosini, aniqrog‘i, valyutalar kursini aniqlash muhim hisoblanadi.


Valyuta kursi valyuta tizimining asosiy elementi hisoblanadi, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda turli mamlakatlar valyutalari nisbatining o‘zgarishi ma’lum bir qiymatda ifodalanishini talab qiladi. valyuta kursi tovarlar, xizmatlar savdosida, kapitallar, kredit harakatida valyutalarni o‘zaro ayirboshlash uchun zarur. Eksportyor chet el valyutasidagi tushumini o‘z milliy valyutasiga almashtiradi, chunki boshqa mamlakatlarning valyutasi ushbu davlat ichida qonuniy to‘lov va sotib olish vositasi sifatida qatnasha olmaydi. Importyor milliy valyutani chet el valyutasiga xorijda sotib olgan tovarlarga to‘lash uchun almashtiradi.
Jahon bozorida tovarlarni sotganda milliy mahsulot xalqaro qiymat me’yorlariga ega bo‘ladi. Shuningdek, valyuta kursi jahon xo‘jaligi doirasida tovarlarni absolut almashuvini namoyon qiladi. valyuta kursi qiymatining asosi jahon narxlarii ostida yotuvchi, jahon bozoriga asosiy mahsulot yetkazib beruvchi mamlakatlarning va boshqa ishlab chiqaruvchilarning milliy narxiga asoslanadi. Xalqaro kapital harakatining keskin o‘sishi valyuta kursiga nafaqat tovar, balki moliyaviy aktivlar orqali hamda valyutalarni sotib olish qobiliyati orqali ham ta’sir ko‘rsatadi.
Chet el valyutasining milliy valyutadagi kursini aniqlash va o‘rnatish kotirovka deb ataladi. Kotirovka valyutani sotish va sotib olishda, bir valyutani ikkinchi valyutaga almashtirish jarayonida zarur bo‘lib, unga aniq valyutaga bo‘lgan talab va taklif ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, valyuta bozorida valyutaga bo‘lgan talab va taklif bir valyutaning ikkinchi valyutaga bo‘lgan nisbatining o‘zgarishiga ta’sir qiladi va kotirovka asosida valyutalarning kursi belgilanadi.
valyuta kursining kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog‘liq. valyuta kursi xalqaro savdoning rivojlanishi bilan birga ichki iqtisodiyotga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunga sabab valyuta kursining holati bilan mamlakat iqtisodiyotidagi barcha sohalar holati o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligidir22.
Valyuta kursi asosan kapital va kredit harakatini hisobga olish, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o‘zaro ayirboshlash uchun, jahon bozori va milliy bozor narxlarini hamda turli mamlakatlarning milliy va chet el valyutasida ifodalangan qiymat ko‘rsatkichlarini taqqoslash, firma va banklarning chet el valyutasidagi mavjud bo‘lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur. Shunday qilib, valyuta kursi bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir.
Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif asosida aniqlangan bir valyutaning boshqa valyutaga nisbatan hisoblab chiqilgan koeffitsiyenti sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo valyuta kursining qiymat asosi valyutaning xarid qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy kategoriya tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Qiymat tovar ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan qiymat munosabatlariga asoslangan. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradilar. Bunday solishtirish natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi23.
Kapitalning xalqaro harakatiga bog‘liq ravishda valyuta kursining o‘zgarishiga valyutaning tovarlarni xarid qilish qobiliyati bilan birga moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir ko‘rsatadi.
Qonuniy me’yorlarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasi kursining, qimmatli qog‘ozlar kursining yohud tovarlar bahosining o‘rnatilishi ham kotirovkalash deb ataladi. Subyektlar ishtirokida belgilanishiga qarab kotirovkaning 2 turi: rasmiy va bozor kotirovkasi mavjud. Rasmiy kotirovkada barcha valyuta operatsiyalari uchun valyuta kursi davlat tomonidan belgilanadi. Banklararo valyuta savdosida amalga oshiriladigan bozor kotirovkasi banklarning to‘lovga layoqatliligiga, ularning pul mablag‘i aylanmasi mavqeyiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bozor kotirovkasi rasmiy kotirovkadan farq qiladi. Jahon amaliyotida kotirovkalashni amalga oshirishning 2 xil usuli mavjud:
1) To‘g‘ri kotirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko‘rsatilsa, bu to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 2012-yilning 20-martida 1 AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining kursi 1839,40 so‘mni, 1 Rossiya rubliga nisbatan 62,65 so‘mni tashkil etdi. 1 AQSH dollari = 1839,40 so‘m. Bu to‘g‘ri kotirovkalash hisoblanadi va bunday kotirovkalash hozirgi vaqtda jahondagi ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanilmoqda.
2) Milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan bahosi egrikotirovkalash deb ataladi. Egri (teskari) kotirovkalashda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o‘rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko‘rsatiladi, masalan:



Download 59.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling