Mundarija Kirish I bob. Muammoning o‘rganishning ilmiy – nazariy asoslari


Download 215 Kb.
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi215 Kb.
#1495509
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
motorika kurs ishi

Tadqiqotning maqsadi – Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish jarayonini o‘rganish
Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni belgilab oldik:

  • ushbu muammo bo‘yicha adabiyotlarni taxlil qilish;

  • nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish jarayonini o‘rganish ;

  • tadqiqot natijalariga tayangan hola maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar bo‘yicha ilmiy – amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqotning ob’ekti – maktabgacha yoshdagi dizartrik bolalar.
Tadqiqot predmeti – maktabgacha yoshdagi dizartrik bolalar bilan olib boriladigan korreksion – pedagogik ish jarayoni.
Tadqiqotning metodologik asosini – prezidentimiz asarlarida olg‘a surilgan ma’naviyat haqidagi g‘oyalari, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilingan Davlat dasturlari, sharq mutafakkirlarining ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash, komil insonni tarbiyalash haqidagi falsafiy – ahloqiy qarashlari, L.Vigotskiyning birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarning namoyon bo‘lishi haqidagi ta’limoti, R.E.Levina tomonidan ishlab chiqilgan nutq patologiyasini taxlil qilish prinsiplari, nutqni o‘rganish va ontogenezda nutqni egallash qonunlari tashkil etadi.
Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi:

  • tadqiqot mavzusi bo‘yicha falsafiy, psixologik – pedagogik lingvistik va metodik adabiyotlarni nazariy taxlil qilish;

  • maktabgacha yoshdagi dizartrik bolalar harakat faolligini tekshirish (sinov eksperiment);

  • pedagogik jarayonini kuzatish va taxlil qilish;

  • maxsus maktabgacha muassasalar reja hisobot hujjatlari, tarbiyalanuvchilarning tibbiy – pedagogik xujjatlarini o‘rganish, bolalar, logopedlar, tarbiyachilar va ota – onalar bilan yakka suhbatlar o‘tkazish;

  • tadqiqot natijasini son va sifat bo‘yicha tahlil qilish.

Kurs ishi kirish, 2 ta bob xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling