Mundarija Kirish I bob. Muammoning o‘rganishning ilmiy – nazariy asoslari


Download 215 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi215 Kb.
#1495509
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
motorika kurs ishi




Mundarija
Kirish
I Bob. Muammoning o‘rganishning ilmiy – nazariy asoslari
1.1.Muammoni pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarda o‘rganilish holati
1.2. Maktabgacha yoshdagi nutq kamchiligiga ega boʻlgan bolalar mayda qoʻl matorikasini oʻrganish
II Bob. Nutqida kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar mayda qo‘l motorikasini rivojlantirishda tarbiyachi va logoped hamkorligi
2.1. Maktabgacha yoshdagi nutqida kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar mayda qo‘l motorikasini tekshirish metodikasi
2.2. Nutq kamchiligiga ega bòlgan bolalarda mayda qo’l motorikasini rivojlantirishda tarbiyachi va logoped hamkorligini rivojlantirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish

Bugungi kunda alohida yordamga muhtoj bolalar va o’smirlarga nisbatan g’amxo’rlik, ularning huquqlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya jarayonini bu bolalarning ehtiyoji va qobilyatiga mos ravishda tashkil etish, O’zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq yurtboshimizning bevosita g‘amxo‘rliklari bilan sog‘lom avlodi shakllantirish va ularni barkamol inson qilib tarbiyalash masalalariga jiddiy e’tibor qaratdi. Barkamol shaxs xususiyatlarini rivojlantirishning muhim shartlaridan biri o‘z fikrini mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olishdir. Bunga bog‘liq bolalarda bog‘langan nutqni shakllantirish, unda aloqa qilishda foydalana olish va o‘zining ichki xis tuyg‘ularini og‘zaki nutqda ifodalashga o‘rgatish masalasi kelib chiqadi.Nutq odamlarning til vositalari orqali bir – biri bilan muomala va aloqa qilishning alohida usulidir. Odam o‘z nutqi yordami bilan o‘zining bilimlari, hislari, fikrlari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarinnig hislari va istaklarini bilib oladi.Nutq bolalarda asta – sekinlik bilan kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Bola kattalarga taqlid qilish orqali tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rganadi.Bolalarning nutqi normada bo‘lishi uchun bosh miya po‘stlog‘idagi nutq markazi to‘liq rivojlangan bo‘lishi, ularning sezgi organlari – eshitish, ko‘rish, ta’m bilish, hid bilish, teri – taktil sezgisi ham etarli darajada rivojlangan bo‘lish kerak. Ayniqsa, nutqni harakatga keltiruvchi analizatorlarning rivojlanishi juda muhimdir. Odam nutqi tushunarli va ma’noli bo‘lishi uchun nutq a’zolarning harakatlari aniq va to‘g‘ri bo‘lishi kerak. SHu bilan birga bu harakatlarni maxsus ixtiyoriy kuch ishlatmasdan ro‘yobga chiqarish mumkin bo‘lgan avtomatik bo‘lish lozim.U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari bola shaxsiga, bilish faoliyatining shakllanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Nutq nuqsoniga ega bolalarni o‘rganish jarayoni, shu narsani ko‘rsatadiki, nutq va tafakkur qanchalik bir – biriga bog‘liq bo‘lsa, nutq va harakat ham shunchalik bir – biriga chambarchas bog‘liq. Bolaning nutqni o‘zlashtirishi uning hatti – harakatlarini anglash, rejalashtirish va tartibga solishga imkon beradi. Aynan shu mavzuni dolzarb deb olishimizcha, shu toifa bolalarning nutqiy nuqsonlarini o‘rganishcha qaratilgan tadqiqot ishlari, metodik tavsiyanomalar, nutqiy nuqson tuzilishini hisobga olgan holda korreksion – logopedik ish tizimining yo‘qligi sabab bo‘ldi. SHuning uchun nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish bo‘yicha maxsus tadqiqot o‘tkazishni dolzarb masala deb bildik.



Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling