Mundarija Kirish I bob. Muammoning o‘rganishning ilmiy – nazariy asoslari


Maktabgacha yoshdagi nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar mayda qo’l motorikasini o’rganish


Download 215 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi215 Kb.
#1495509
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
motorika kurs ishi

1.2. Maktabgacha yoshdagi nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar mayda qo’l motorikasini o’rganish

1 oylikdan – 3 oyligacha: Bola hayotining birinchi oyi uchun xarakterli bo‘lgan bukuvchi mushak gipotoniyasi sekin – asta pasayadi. Harakatlar miqdori ortadi, mushak yozuvchi tonus kuchayadi. Bola tez – tez qo‘lini bukib yozdai, ularni ikki yonga yozadi, gorizontal va undan yuqori darajagacha ko‘taradi. Qo‘liga qo‘yilgan o‘qinchoqni ushlaydi va og‘ziga olib boradi. YOrqin o‘yinchoqlar bolaning ko‘ruv diqqatini jamlaydi. Bola unga qo‘l cho‘zadi, unga tegadi, turtadi, biroq ololmaydi. SHu tarzda ushlab olish aktining bo‘lajak komponenti yuzaga keladi – ob’ektga qaratilgan qo‘l harakati va ko‘ruv motor koordinatsiyasi. Orqaga o‘girilgan holatda bola boshini ko‘taradi va oldinga intiladi. Dastlabki bir yarim ikki oylikda bolada tayanch reflekslari va avtomatik yurish yaqqol ifodalangan bo‘ladi, bular keyinchalik yo‘qoladi, o‘rniga fiziologik astaziya va abaziya, ya’ni yurish va turish imkoniyatsizligi rivojlanadi8.


3 oylikdan – 6 oylikgacha: Mushak tonusi normallashadi. Qo‘lning faol harakatlari rivojlanadi. CHalqanchadan yonga o‘giriladi. Bu davrning oxirlariga kelib qorniga o‘girila boshlaydi. Boshini yaxshi tutadi. Tayanch yordamida o‘tiradi.
Uch oylikda qorin xolatida bilaklarga tayanib tananing yuqorigi qismini ko‘taradi. Vertikal holatda navdasini rostlayd, gohida oyoq panjalariga tayanadi. To‘rt oyligida yo‘rgagini paypaslashni boshlaydi, yo‘rgak chekkasini qo‘li bilan uzoq ushlab turadi va uni barmoqlari bilan tortiqlaydi. Boshqacha aytganda paypaslash mexanizmi hosil bo‘ladi. Uchinchi oyda qo‘lni ko‘zdan kechirish reaksiyasi paydo bo‘ladi. Bu reaksiya to‘rtinchi – beshinchi oy mobaynida saqlanib turadi, so‘ng yo‘qoladi.
To‘rt oylikda ixtiyorsiz ushlab olish reaksiyasi so‘nadi. Sekin – asta ixtiyoriy ushlab olish rivojlanadi. Ushlab olish jarayonining boshlarida ko‘pgina ortiqcha harakatlar amalga oshiriladi: qo‘l, oyoqlar harakatga keladi, og‘iz ochiladi. Keyinchalik ushlab olish reaksiyasi takomillashadi.
Besh – oltinchi oylarda u oson yuzaga keladi (qachonki predmet qo‘l uzatsa etgulik masofada va undan ham yaqinroqda bo‘lsa). Keyinroq bola predmetni bir qo‘li bilan ushlab olishni boshlaydi, bunda katta barmog‘ini qolganlariga qarama- qarshi qo‘yadi. Ko‘ruv – motor koordinatsiyasi takomillashadi va mustahkamlanadi. Qo‘l harakatining rivojlanishida ko‘ruv analizatori ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Olti oyligida, orqasi bilan yotgan bola ko‘ziga ko‘ringan o‘yinchoqga qo‘lini tez va aniq uzatadi.
6 oylikdan – 9 oylikgacha: Muvozanat reaksiyasi, paydo bo‘ladi. Gavdani to‘liq rostlash qobiliyati rivojlanadi. Bola yotganda bemalol u yoqdan – bu yoqgacha o‘giriladi. Qo‘l harakatlari ko‘rib nazorat qilinadi.
Qorin holatida cho‘zilgan qo‘l xolatiga yaxshi tayanadi va son va tizzani to‘la yozadi. O‘tirish funksiyasining rivojlanishi xarakterlidir. CHalqancha holatda boshini biroz ko‘taradi va yon tomonlariga o‘giradi. Yotgan holatidan yonlamasiga o‘tiradi. Bunda qo‘liga tayanadi. Dastlab turg‘un o‘tirolmaydi. Muvozant raeksiyasining rivojlanishiga qarab, bir muncha turg‘un o‘tira boshlaydi. Etti oylikdan boshlab sonidan bukilgan oyoqlar bilan to‘g‘ri o‘tira boshlaydi. Orqada qorniga o‘girilish, bilakka tayanish, boshni kerakli holatda ushlab turish, oldinga qarash o‘quvi – sudraluvchi harakatlarni bajarish uchun shart – sharoit hisoblanadi.
Sudralish jarayonida dastlab faqat qo‘llar ishtirok etadi. Ular yordamida bola oldinga intiladi. Oyoqlar cho‘zligan holatida qoladi va harakatda ishtirok etmaydi. Qorin bilan sudralish etti va sakkiz oylikda paydo bo‘ladi. Keyinroq to‘rt oyoqlab emaklash yuzaga keladi. Tik turish reaksiyasi birmuncha yaqqolroq ifodalanadi. Oyoqga tayanish reaksiyasi oldindan yuzaga keladi. Sakkiz oylikda rostlangan oyoqlarda ikki qo‘lga tayangan holda turadi9.
Etti – sakkiz oylarda to‘siqlar yonida tura oladi. Barmoq va panja harakatlari takomillashadi. Bola panjani siqish va predmetni qo‘yish o‘quvini egallaydi. Bundan tashqari u ikki barmog‘i bilan mayda predmetlarni ushlay oladi.
9 oylikdan – 12 oylikgacha: Bu yoshda to‘rt oyoqlab emaklash takomillashadi. Emaklashda tana gorizontal holatda ushalandi, bosh baland ko‘tariladi. Bola shunday holatda u yoki bu predmetni olishga intiladi. Hayotning birinchi yili oxirlariga kelib bola mustaqil, vertikal xolatni olish o‘quvini egallaydi. U qo‘liga tayanib qoringa o‘giriladi, o‘tiradi va nihoyat qo‘llari bilan erni qattiq itarib o‘rnidan turadi. Sekin – asta begonalar yordamisiz yura boshlaydi. Dastlab oyoqlarini keng tashlaydi. Yurishga birinchi urinishlardan boshlab, yaxshi yurishgacha bir – ikki oy o‘tadi.
Hayotning ikkinchi yili: Muvozanat rivojlanadi. Qadam tashlash turg‘un harakter oladi. Bola yanada harakatchan bo‘la boshlaydi. Bu davr oxiriga kelib zinopoyadan yuqoriga va pastga chiqib tushadi. Avval yordam bilan, so‘ng mustaqil bajaradi. Katta stullarga chiqadi, koptokga va oyoq bilan zarb beradi, predmetlarni aniq ushlab oladi va otadi. Kitob sahifalarini varaqlaydi, kubiklardan minora quradi, qoshiqdan yaxshi foydalanadi.
Hayotning uchinchi yili: Yurish va tik turish jarayonida muvozanat reaksiyasi takomillashda. Bola bir qo‘lida predmet bilan yura oladi. Zinalardan ko‘tariladi. (goh o‘ng, goh chap oyog‘i bilan qadam tashlaydi). Koptokni otadi va ilib oladi. Bunda muvozanatni saqlaydi. Barmoq va panjalar bilan murakkab harakatlarni bajarish takomillashadi. Mustaqil ovqatlana boshlaydi. Qoshiq va sanchiqdan foydalanadi. Tana tuzlishi haqidagi tasavvurlar rivojlanadi.
Maktabgacha yosh (3 yoshdan – 7 yoshgacha): Bu davrda harakat funksiyalarining takomillashuvi sodir bo‘ladi. Harakatlar birmuncha koordinatsiyalanadi. Bunga ma’lum darajada o‘yin faoliyati yordam beradi. Biroq maktabgacha yoshdagi bolalarda harakat koordinatsiyasi kattalar va katta yoshli bolalarga qaraganda birmuncha kam mukammalashgan xarakterga ega bo‘ladi. Etti yoshga kelibgina bolalar koordinatsion sinamalarni bajara boshlaydilar (qo‘l – burunli, tizza – tovonli va hakozo).



Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling