Mundarija Kirish I bob. Muammoning o‘rganishning ilmiy – nazariy asoslari


I Bob. Muammoning o‘rganishni ilmiy nazariy asoslari


Download 215 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi215 Kb.
#1495509
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
motorika kurs ishi

I Bob. Muammoning o‘rganishni ilmiy nazariy asoslari.


1.1.Muammoni pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarda o‘rganilishi holati.

Qadimdan nutq kamchiligi sababini aniqlash, uni tuzatish kabi muammo ustida juda ko‘p olimlar ish olib borganlar. Hatto, eramizdan avvalgi asrlarda yashab ijod etgan allomalarimiz risolalarida ham nutqiy buzilishlarga doir fikrlarni ko‘rishimiz mumkin.


Bundan ko‘rinib turibdiki, jamiyat rivojlanishi tarixida qadimgi zamonlardan inson o‘zining nutqidagi kamchiliklariga e’tibor bera boshlagan. CHunki nutq kamchiligi boshqalarning diqqat – e’tiborini jalb qilgan va atrofdagilar bilan aloqada bo‘lishga halaqit bergan. Nutq kamchiliklariga qiziqish va e’tibor, albatta, ularning kelib chiqish sababini bilish istagini vujudga keltirgan. Qadimgi odamlar o‘zlarining hayoti sharoitidan kelib chiqib, nutq kamchiliklarini ilohiy kuchlar ta’sirida tushuntirishga harakat qilishgan1.
Bizga ma’lumki, yunon va rimliklar nutq sa’natiga alohida e’tibor berganlar. SHu sababli ravon va to‘g‘ri nutqni tarbiyalash umumta’lim darslariga kiritilgan.
O‘sha davrlardayoq, ko‘pgina nutq nuqsonlari aniqlangan va ular hozirgi kunda bizga tanish bo‘lgan terminlar bilan ifodalangan.
Nutq buzilishi haqidagi eng birinchi tarixiy manbalar Gerodot (eramizgacha 484 – 425 y) asarlarida uchraydi. U Kirensk podshosi Battning o‘ziga xos nutqini tasvirlagan: “U tez gapirgan, so‘zlari tushunarsiz, noaniq, so‘zni oxirigacha gapira olamagan”. Hozirgi maxsus adabiyotlarda “battarizm” termini shu podshoning nomdan kelib chiqqan.
Ibn Sino asarlarida esa, nutq organlarining tuzilishi, nutq xosil bulishdagi vazifasi xakidagi fikrlari xozirgi zamon nazariy va amaliy logopediyaga kup jixatdan mos keladi, demak uning asosini tashkil kiladi. Lekin buyuk ajdodimizning bu karashlari xozirgacha uzbek logopediyasiga bevosita tadkikot doirasiga kiritilmagan edi2.
Uning logopediya fanining tadkikot predmeti xisoblangan nutk a’zolarining anatomik-fiziologik tuzilishi, ularning faoliyati va patologiyasi xakida bildirgan fikr-muloxazalari uzining ilmiy- asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu borada Ibn Sino nutk faolligi, artikulyasiya a’zolarining nutkdagi ishtiroki, ularning tuzilishi va funksiyalari tufayli sodir buladigan patologiya va uning bilan boglik nutk kamchiliklari xakida muloxaza yuritadi.
Olimning fikricha, nutk a’zolari kasallanishi tufayli nutk buzilishiga olib keladigan sabablardan biri tilning kasallanishidir. ’’ Tilning xaddan tashkari kattaligi konning ortikligidan, ba’zi bir xollarda shilimshik namlik (sulak) ning kup bulishidan. Tilning bushashishi ba’zan shu darajada buladiki, suzlash kiyinlashadi yoki nutk buziladi».(’’ Tib konunlari’’, 1-kitob).
Nutqda uchraydigan nuqsonlardan biri – bu dizartriyadir. Dastlab dizartriya nevrapatologlar tomonidan katta yoshli bemorlarda bosh miyaning jarohatlanishi doirasida o‘rganilgan (Lepine 1877, A.Oppenheiv 1885, G.Pezitz 1902 va b.)
Nutq buzilishlarining birinchi tasnifida (A.Kussmaul, 1879) barcha artikulyasion buzilishlari alohida guruhga ajratilgan va “dizartriya” termini bilan nomlangan. Kussmaul dizartriyani artikulyasiyaning buzilishi natijasi deb hisoblaydi. U tovushlar artikulyasiyasi, ularni to‘g‘ri talaffuz qilish uzunchoq miyadagi harakat yadrolarining zararlanmaganligi bilan bog‘liq, deya ta’kidlaydi. Agar uzunchoq miyadagi o‘tkir yoki xronik kasalliklar harakat yadrolarining buzilishiga olib kelsa, talaffuzning noaniqligi, hatto tovushlar orqali o‘z fikrini bildirish qobiliyatining yo‘qolishi shakldagi dizartriya kelib chiqadi. Kussmaul dizartriyaning “bazal”, “kinezodik”, “markaziy yoki intratserebral”, “periferik yoki ekstratserebral” shakllarini ajratadi.
1888 yilda Gowers dizartriya nutq buzilishinisserebral va bulbar shakllarga ajratdi. Froeschels (1943) dizartriyani o‘rganib, uning quyidagi to‘rt shaklini: piramidali, ekstrapiramidali,sserebellyar va peshona qism bilan bog‘liq shakllarini ajratdi.
Brain (1948) dizartriyaning markaziy va periferik harakat neyroni jarohatlanishi bilan bog‘liq shakllarini, koordinator va miopatik shakllarini ajratadi.
Mualliflar tomonidan ko‘rsatilgan dizartriyaning shakllari artikulyasiya buzilishlariga bog‘liq. Ular dizartriyada ovozning buzilishi, nutqiy nafas, nutqnnig prosodik komponentlarining buzilishini ko‘rib chiqmagan.
Grewell (1957) dizartriyaning sof va aralash shakllarini farqlaydi. Aralash dizartriyada nutqning motor buzilishlari bilan birga, diqqat va xotira jarayonlarining buzilishi qo‘shilib keladi. Sof dizartriyaga periferik va markaziy harakatlantiruvchi neyronning buzilishi va asosida distoniya hamda koordinator buzilishilar yotadigan boshqa dizartriya turlari kiritiladi3.
Grewell nutqiy nuqsonlarni tasniflashda dizartriyaning boshqa nutq buzilishlari orasida o‘rnini ko‘rsatib berdi:

  • dizartriya – markaziy va periferik nerv sistemasining organik jarohatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan nutq buzilishi;

  • dislaliya – periferik nutq apparatining anatomik kamchiliklari bilan bog‘liq bo‘lgan artikulyasiyaning buzilishi;

  • fiziologik talaffuz kamchiliklari – nutqiy rivojlanishning orqada qolishi;

  • ikkilamchi nutq nuqsonlari – eshitish qobliyatining pasayishi bilan bog‘liq.

  • nutqning psixikaga bog‘liq buzilishlari (duduqlanish).

SHunday qilib Grewellning fikricha, dizartriya – bu bosh miya turli qismlarining jarohatlanishi sababli nutqning buzilishi, shuning uchun u nafaqat artikulyasiyaning buzilishi, balki nutqiy nafasning buzilishi, ovoz va prosodikaning buzilishini ham o‘z ichiga oladi.
Harard Hugot (1964) dizartriya tushunchasiga piramidali, ekstra piramidali,sserebral xarakterdagi umumiy motorika buzilishiga bog‘liq bo‘lgan artikulyasiya buzilishlarini kiritadi. Muallif nutqiy motorikaning buzilishini anartriya deb nomlaydi.
Dizartriyani yaxshiroq tushunishga M.S.Margulis (1926) ning ishlari katta ta’sir ko‘rsatdi, u birinchilardan dizartriyani motor afaziyadan aniq ajratdi va uni bulbar vasserebral shakllarga bo‘ldi. Dizartriyaningsserebral shakilni yana kortikal va subkortikalga bo‘ldi. Muallif bosh miyaning loakl jarohatlanishi asosida dizartriyaningsserebral shakli tasnifini kiritdi, bu esa keyinchalik nevrologik adabiyotlarda, keyin esa logopediya darsliklarida (O.V.Pravdina, 1969) o‘z aksini topdi.
L.B.Litvak (1959) dizartriyaning loakldiagnostik tomoniga o‘z e’tiborini qaratdi. Dizartriyani muallif artikulyasiyaning buzilishi deb tushunadi, biroq buni u noaniq izoxlaydi: artikulyasiya buzilishiga nutqning temp, ritm va intonatsiyasining turli xildagi buzilishlarini kiritadi.
M.E.Xvatsev (1959) o‘zining “Logopediya” kitobida markaziy xarakterdagi tovushlar talaffuzining buzilishini dizartriya deb nomlaydi: Dizartriya – nutq apparati va bosh miyada ular o‘rtasidagi aloqalarning, uzunchoq miyaning qobig‘i va yadrosining organik jarohatlanishi yoki funksional natijasida kelib chiqadigan tovushlar talaffuzining buzilishi. Dizartriya o‘zida tovushlar talaffuzi buzilishining ko‘pgina shakllarini; tovshularni buzib talaffuz qilishdan, to manqallangan noaniq talaffuzgacha namoyon qiladi. U dizartriyaning ikkita shaklini ajratgan: organik va funksional. Ularning kelib chiqish sabablarini ochib bergan.
O.V.Pravdina (1969) dizartriya terminini tushuntirishda nevrologik yondashgan. U dizartriyani nutq harakat appartining loakl jarohatlanishi darajasi asosida tasniflaydi. Pravdina dizartriyaning patogenezi va alomatlariga katta ahamiyat beradi. “Dizartriyaning har bir shaklida logopedik ishlar metodikasi harakat buzilishlarining patogeneziga muvofiq bo‘lishi kerak, ya’ni u patogenetik jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak”.
E.N.Vinarskaya (1989) bo‘lib, miyasi jarohatlangan katta yoshli bemorlarda dizartriyani kompleks neyrolongvistik o‘rgandi va dizartriyaning bulbar, psevdobulbar, ekstrapiramidali, miyachali, qobiq mezensefal – diensefal shakllarni ajratdi.
Tadqiqotchilar L.V.Melexova (1976), E.F.Sobotovich (1974), A.F.CHernopolkayalar (1974) dizartriyaning engil shaklini o‘rganadilar va ularni diagnostikalash metodlarini ishlab chiqdilar. E.F.Sobotvich va A.F.CHernopolskayalar – 53 ta bolada tadqiqot o’tkazib, nutq harakat apparati motor funksiyasining to’liq shakllanmaganligi, artikulsion mushaklar faoliyatining sustligi natijasida kelib chiqadigan tovshular talaffuzining buzilishini psevdobulbar dizartriyaning engil shakliga kiritdilar. Ixtiyoriy harakatlarni bajarishdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan tovshular talaffuzining buzilishini qobiq dizartriyasiga kiritdilar.
R.I.Martinova (1975) esa dizartriyaning engil shaklidagi va funksional dislalik bolalarning jismoniy rivojlanish darajasini, nevrologik darajasini, psixologik – pedagogik darajasini tekshirib, ularni bir – biri bilan taqqosladi va shunday xulosaga keldi4:

  • dizartriyaning engil shaklidagi bolalar funksional dislalik bolalarga nisbatan jismoniy rivojlanishida orqada qoladi;

  • dizartriyannig engil shaklida yashirin formadagi parezlar, giperkinezlar, artikulyasion va mimik muskullar tonusining buzilishilari kuzatiladi;

  • ruhiy – asab funksiyaning buzilishi funksional dislaliyaga qaraganda, dizartriyaning engil shaklida ko‘proq kuzatiladi;

  • funsional dislalik bolalarning so‘z boyligi etarlicha, iboralari to‘liq, ovozi baland, nutqning tempi o‘rtacha, dizartriyaning engil shaklidagi bolalarda faol lug‘at bir oz cheklangan, iboralar – qisqa, ovoz – pastroq, nutq teznlashgan, tushunarsiz. Funksional dislaliya va dizartriyaning engil shakliga xos xarakterli belgi bu – tovshular talaffuzining buzilishi.

Dizartriya bolalar serebral falajida to‘liq o‘rganilgan (M.B.Eydinova, E.N.Pravdina – Vinarskaya 1959; K.A.Semenova 1968; E.M.Mastyukova 1969,1971,1979, 1983, I.I.Pachenko 1979; L.A.Danilova 1975 va b.). CHet el adabiyotlarida bu G.Bohme (1966), M.Climent, T.E.Twitchell (1959), R.D.Neilson, N.O.Dwer (1984) larning ishlarida yoritilgan.
1853 yilda, Littlev homiladorlikdagi va tug‘ishdagisserebral jarohatlarni quyidagicha izohladi.
Mualliflarning ta’kidlashicha, yuqoridagi tasnif u yoki bu klinik alomatlarni bartaraf etishga asoslangan.
Nutqning atrofdagilarga tushunarlilik darajasi bo‘yicha dizartriyaning tasnifi fransuz nevropatologi Tardien (1968) tomonidan ishlab chiqilgan. U bolalarsserebral falajida nutq buzilishining to‘rtta darajasini ajratdi.

  1. tovushlar talaffuzidagi buzilishlar, faqatgina mutaxassis tomonidan bolani tekshirish jarayonida aniqlanadi;

  2. talaffuzdagi kamchiliklar hammaga seziladi, biroq nutq atrofdagilarga tushunarli bo‘ladi;

  3. nutq faqat bolaga yaqin kishilarga tushunarli bo‘ladi;

  4. nutqning yo‘qligi yoki hatto bolaga yaqin kishilarga ham tushunarsizligi.

Tovushlar talaffuzi buzilishning to‘rtinchi darajasi, mohiyatan, o‘zida anartriyani namoyon qiladi.
K.A.Semenova (1968 yil) ning fikricha, bolalar serebral falajida ko‘proq dizartriyaning miyachali va psevdobulbar shakllari uchraydi. Bunday bolalarda nutq harakat analizatorining kinestetik sohasida etishmovchiliklar kuzatiladi. Kinestetik bo‘limning sustligi nutqiy harakatlarning rivojlanishiga halaqit beradigan mimik – artikulyasion muskullarning apraksiyasini keltirib chiqaradi. U psevdobulbar falajning uchta klinik shaklini ajratadi: paralitik, ekstrapiramidali, miyachali.
“Nutq mushaklari jarohatlangan, ba’zi bir tovshularni tushunarsiz talaffuz qilishdan to nutqning butunlay yo‘qolishigacha bo‘lgan nutq buzilishlari kuzatiladi. Nutq ko‘pincha og‘irlashgan va sekinlashgan bo‘ladi. Hayotning birinchi oylarida yutishda qiynaladi, uzoq vaqtdan so‘ng bola so‘lakning og‘zidan oqishiga yo‘l qo‘ymaydi va uni yutadi.”
Bolalar serebral falajida dizartriyaning turli xil shakllarining namoyon bo‘lishi ko‘plab olimlarning ilmiy – tadqiqot ishlarida ko‘rsatilgan. V.A.Muratov (1989 yil) ta’kidlashicha, bolalarsserebral falajida dizartriya spastik va paretik xarakterga ega bo‘ladi. Moxiyatan, bu dizartriyani tasniflashdagi birinchi urinishlardan edi.
S.A.CHugunov (1910), Gutzmann (1924), M.M.Pirsman (1938) lar bolalarsserebral falaji odatda giperkinezlar bilan birga keladi deb ta’kidlaydilar va hozirgi kunda giperkinetik dizartriya nomi bilan yuritiladigan, dizartriyaning shaklini izoxlab berdilar.
Bolalarsserebral falajida dizartriyaning to‘liq va aniq tasnifini M.B.Eydinova, E.N.Pravdina – Vinarskaya 1959 lar ishlab chiqdilar va bolalar psevdobulbar falajining quyidagi shakllarni ajratdilar;
Paralitik, spastik, giperkinetik, aralash, rudimentar yoki yashirin.
L.A.Danilova (1977) bolalarsserebral falajida nutqiy va ruhiy rivojlanishini korreksiyalash metodlarini ishlab chiqqan. Usserebral falajlangan maktabgacha yoshdagi bolalar (5 yoshdan 7 yoshgacha) hamda tayyorlov uchinchi sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan korreksion ishlarning dasturini ishlab chiqqan. Tayyorlov uchinchi sinf o‘quvchilari uchun dastur boshlang‘ich maktabning to‘rt yiliga mo‘ljallangan vassF bolalar nutq va bilish jarayonlaridagi nuqosnlarni maktabdagi ta’lim jarayonida bartaraf etishni ko‘zda tutadi5.
E.M.Mastyukova, M.V.Ippalitova (1977) lar “Serebral falajlangan bolalarda nutqning buzilishi” nomli risolasida artikulyasion motorika, nafas, ovoz buzilishlari haqida yozib, ularning faoliyatini normallashtirish, rivojlantirish uchun mashqlar tizimini ishlab chiqdilar6.
E.F.Arxipova (1989)ssF bolalar nutqqacha rivojlanishining to‘rtta darajasini ko‘rsatib berdi.
1 chi daraja – ovoz faolligining yo‘qligi;
2 chi daraja – differensiallashmagan ovozning mavjudligi;
3 chi daraja – gugulash;
4 daraja – bo‘g‘inlarning talaffuzi paydo bo‘ladi.
UssF bolalarda nutqqacha bo‘lgan davrda korreksion – pedagogik ishlar tizimini ishlab chiqdi.
Dizartrik bolalarning klinik – psixik xususiyatlari E.M.Mastyukova (1977), L.O.Badolyan, L.T.Jurba, E.M.Mastyukova (1978), L.T.Jurba, E.M.Mastyukova (1980, 1985) asarlarda yoritilgan.
Aqli zaif bolalarda dizartriyaning namoyon bo‘lishi G.E.Suxareva (1965), M.S.Pevzner (1966) tomonidan tadqiq qilingan.
Gidrotsefaliya bilan og‘rigan bolalarda dizartriyaning namoyon bo‘lishi M.S.Pevzner (1973); L.I.Rastyagaylova, E.M.Mastyukova (1983) larning asarlarida yoritilgan.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar dizartriya M.S.Pevzner (1972); K.S.Lebendinskaya (1982); V.I.Lubovskiy (1972) lar tomonidan o‘rganilgan.
L.C.Lopatina, N.V.Serebryakova (1944) lar dizartriyaning engil shaklidagi maktabgacha yoshdagi bolalar nutqning fonetik – fonematik, leksik – grammatik tomonidagi buzilishlarni o’rganib, ularni bartarf etish bo’yicha metodika ishlab chiqdilar.
Umumiy va nutq motorikasining uzviyligi atoqli olimlar M.P.Pavlov, A.Leonev, A.Luriyaning izlanishlarida o‘rganib isbotlangan.
Bola harakat hosil qilishi bilan xarakatining muvofiqlashtirish rivojlanadi. Harakatning shakllainishi nutqning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Bosh, qo‘l, bel va oyoq uchun bajarilgan aniq mashqlar, artikulyar a’zolari: lab, til va pastki jag‘ning harakatlarini mukammalashtiradi. Ayniqsa nutq rivojlanishi qo‘l barmoqlarining mayda, ya’ni nozik harakatlari bilan uzviy bog‘liqdir.
O‘z fikrini tushuntirish uchun so‘z topa olmagan inson ko‘pincha o‘ziga qo‘l harakati bilan yordam beradi. Aksincha yozayotgan rasm chizayotgan bola anglamagan holda til chiqarib o‘ziga yordam beradi. Bolalar nutqning rivojlamaganligini ilmiy jihatdan o‘rgangan olim Kolsova M.M yozadi: Qo‘l barmoqlarining harakati tarixiydir, u nutq rivojlanishi funksiyalari bilan uzviy bog‘liq.
Bolalar antogenezida harakat funksiyalarining rivojlanish juda sekin ko‘pgina oy va yillar davomida takomillashadi. Psixologlarning ayniqsa amerikalik psixologlarning (1973) tadqiqotlarida, boladagi yirik va mayda motorikaning rivojlanishi muayyan tuzilishiga mos tabiiy etilishi natijasini yoki aynan o‘rgatish natijasini degan masalaga juda katta o‘rin ajratilgan. Bu jarayondagi dastlabki ishlarda asosiy e’tibor tabiiy etimish olimiga qaratilgan (Dennis.W 1938) va bir muncha keyingi tadqiqotlarda bola motorikasining shakllanishi uchun tabiiy etimish va o‘rgatish omillari bab – barovar holda muximdir. Degan masala qo‘yiladi (Halverson H.M 1931, Munn.N 1954).
Nemis shifokri K.P.Bekker (1967) nutq faoliyati va motor markazlari orasidagi uzviy bog‘liqlik masalasini yoritdi. K.P.Bekker (1981) va M.Savak (1981) qarashlarida shunday fikrlar mavjud. “Agar nutqga harakat jarayoni nuqtai nazaridan qarasak, unda nutq aktining buzilishini harakat buzilish sifatida sharhlash mumkin. Bu buzilish ba’zan alohida nutq buzilishi singari namoyon bo‘ladi ya’ni yirik motorikaga tegmaydi. Aksincha, yirik motorikaning buzilishi o‘zining ortidan nutq buzilishilarida namoyon bo‘luvchi mayda motorikaning buzilishini keltirib chiqaradi. Bu xolda nutq buzilishlari motor markazlari va yo‘llari shikastlanishi tufayli kelib chiqqani kabi, normal harakat jarayonlarining funksional orqada qolishi tufayli ham nutq buzilishlari yuzaga kelishi mumkin”.
Nemis olimi Luxzingir (1948) og‘ir nutq nuqsoni bilan mayda harakatlar buzilishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’kidladi. U motor etishmovchiligiga ega bolalarni 3 guruxga bo‘ladi va mayda motorikaning qanchalik chuqur buzilishi, shunchalik chuqur darajada nutq nuqsonining namoyon bo‘lishini aniqladi. Aynan shu fikrni rus olimlarining ishlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, V.M.Bexterev (1928) yozadiki, qo‘lning harakati doimo nutq bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va uning rivojlanishiga yordam beradi.
Boshqa harakat funksiyalari orasida qo‘l barmoqlarning harakati muhim ahamiyatga egadir. CHunki qo‘l barmoqlarining harakati bolaning oliy nerv faoliyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
L.F.Fomina (1971) qo‘l barmoqlari va umumiy motorika harakatini faol nutqni rivojlantirishga ta’sirini taqqoslab o‘rgandi.
V.M.Bexterevning (1928) nazorat guruxida olib borgan analogik tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, qo‘l barmoqlarini mashq qildirish, miyaning funksional etimishini ikki yarim oyga tezlashtiradi. Bizning nuqtai nazardan, bu berilganlar shuni o‘ylashga imkon beradiki, qo‘l barmoqlarining xarakati haqiqatdan ham markaziy nerv sistemasining etishmishni kuchaytiradi va bola nutqi rivojlanishining tezlashuvi aynan shuning ko‘rinishlaridan biridir. Keltirilgan faktlar, miya yarim sharlaridagi nutq sohalarining rivojlanishi munosabati bilan ikkala qo‘l barmoqlarining mayda harakatlarini mashq qildirish masalasining jiddiyligini ko‘rsatadi.
M.M.Kolsova (1973) hozirgi vaqtda 3 yilgacha bo‘lgan bolalar nutqining rivojlanish darajasini aniqlash uchun bizga quyidagi sinovlardan foydalanishni tavsiya etadi: boladan bir barmog‘ini ko‘rsatishni so‘raymiz, ikkita barmog‘ini, uchta barmog‘ini ko‘rsatishni so‘raymiz. Biz tomonidan tekshirilgan barcha hollarda barmoqlarning alohida harakatlarini bajara olgan bolalar yaxshi rivojlangan nutqga egadilar. Bu xolda bolalar bilan gaplashmasdan turib, uning nutqi etarli rivojlangan yoki rivojlanmaganligini aniqlash mumkin.
M.M.Kolsovaning (1973) ilmiy maqolalarida shunday jumlalar mavjud: “Qo‘l barmoqlarining mayda harakatlarini mashq qildirsh bo‘yicha olib boriladigan ishni juda erta, bolaning 3 – 4 oyligidan boshlash mumkin.” Dastlabki bu ish go‘dakning qo‘l panjalarini massaj qilish va passiv buklash va rostlashdan boshlanadi. 7 – 8 oylikdan faol mashqlarga bemalol o‘tish mumkin7.
M.Akenova (1990) nutq bog‘chalarining barcha guruhlarida kuzatuvlar o‘tkazib, o‘z maqolasida shunday fikrlarni bayon etadi: “Olimlar tomonidan shu narsa qayd qilindiki, barmoqlarning mayda harakatini mashq qildirsh bo‘yicha olib boriladigan sistemasi ish nutq rivojlanishini tezlashtirishi bilan bir qatorda bosh miya po‘stlog‘ining ish qobilyatini oshiruvchi kuchli vositadir, u bolalar diqqatini, xotirasini, ko‘ruv va eshituvini yaxshilaydi. SHu bilan birga epilepsiyadan aziyat chekuvchi bolalarga qo‘l barmoqlari uchun murakkab mashqlar berish tavsiya etilmaydi”.
Ko‘pgina olimlar (M.I.Kolsova (1973), E.I.Isenina (1989), A.V.Antakova – Fomina (1973) va boshqalar). Mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish bolalar nutqining shakllanishida ijobiy omil sifatida baholanadi deb hisoblaydilar.
Demak, bola so‘zlashuv nutqining shakllanishi, qo‘l barmoqlari harakatining etarlicha rivojlanganidan so‘ng boshlanadi (V.B.Galkina, N.YU.Xomutova (1999). SHuning uchun bolada nutq kamchiligi mavjud bo‘lsa, alohida e’tiborni uning barmoqlarini mashq qildirishga qaratish lozim.
V.P.Dudiv (1999) aynan shu fikrlarni davom ettiradi. Uning yozishicha, bolaning predmetli – manipulyativ faoliyati nutqiy funksiyaga stimullovchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayon, nutq kamchiligiga ega bolalarda mayda qo‘l motorikasining korreksiyasi bo‘yicha muhim maxsus ishga asos bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan adabiyotlar tahlilidan ko‘rinib turibdiki, biz o‘rganayotgan muammo bizning republikamizda ham o‘rganilmagan.



Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling