Mundarija: Kirish I. Nazariy qism
Kislorod-konvertorli po’latning sifati
Download 312.5 Kb.
|
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari
1.7. Kislorod-konvertorli po’latning sifati.
Po‘latning sifati ma‘lum darajada kimyoviy tarkibi va qattiq qotishmalar, gazlar va nometall qo‘shimchalar saqlashiga ko‘ra aniqlanadi. Konvertorli po‘lat ishlab chiqarishda asosiy e‘tibor kam miqdorda gaz asosan azot gazini saqlovchi metal olishga qaratiladi. Konvertorli po‘latda azotning miqdori bir qator faktorlarga bog‘liq: 1) shixtadagi azotning miqdori; 2) vannani purkashga ishlatiladigan kislorodning tozaligi; 3) konvertor bo‘shlig‘iga kislorodning so‘rilishi. Kislorodning konvertor bo‘shlig‘iga so‘rilishi o‘z navbatida bir qator faktorlarga bog‘liq bo‘ladi: 1. Furmaning joylashuvi. Furmaning yuqorida joylashishi havo miqdorini oshiradi. 2.Og‘izning kesimi. Og‘iz o‘lchami qancha katta bo‘lsa, havoning so‘rilishi shuncha ko‘p miqdorda so‘riladi. 3. Konvertorli gazlardan foydalanish metodlari. Bunda kislorodning tozaligi va eritishga kiritilishi katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Purkashning so‘nggi momentlarida metalldagi kislorod miqdori uglerod miqdoriga ko‘ra aniqlanadi. Ammo purkash jarayonida vannaga kislorodning purkalishi intensiv bo‘lganida metallning pereoksidlanishi ro‘y berishi mumkin. Bu pereoksidlanish darajasi yuqori emas va odatda purkash to‘xtatilgandan mahsulot chiqishigacha momentda metallning oksidlanishi uglerod miqdoriga mos holda pasayadi. Konvertorli po‘latda vodorod miqdori yuqori emas, chunki uning metallga tushishini ta‘minlovchi manbalar chegaralangan. Vannaga shixtali materiallar bilan birga tushuvchi vodoroddan tashqari vodorodning asosiy manbayi kisloroddagi hamda konvertorga so‘rilib ketuvchi havodagi namlik hisodblanadi. Odatda metalldagi vodorod miqdori purkash so‘nggiga borib o‘zgarmaydi 3—4sm3 1100g. Konvertorli po‘latda nometall qo‘shimchalar miqdori ko‘piklash texnologiyasi asosida aniqlanadi. Tog‘ri tashkil etilgan jarayonda operatsiyaning so‘nggida metal yuqori miqdorda oltingugurt, kislorod va azot saqlamasligi lozim bo‘lib, sulfidli, oksidli va nitridli nometall qo‘shimchalar tutgan po‘lat olish uchun sharoit yaratiladi. Ularning tayyor metallda qolgan miqdori metallga kovshda ishlov berish va quyish texnologiyalari asosida aniqlanadi. [C] = 0,1% dagi azotning minimal konsentratsiyasi shixtadagi azot miqdorini boshqarib turish va lom qismlarini qattiq cho‘yan bilan almashtirishga bog‘liq bo‘ladi. Furmaning 1,5 m dan 1,9 m gacha pasaytirilishi yarim mahsulotdagi azot miqdorini o‘rtacha 0,0015% ga pasayishini ta‘minlaydi. Kuzatuvlar yana shuni ko‘rsatadiki, tarkibida 0,004— 0,005 % N bo‘lgan po‘latni eritishda oddiy shixtada, ya‘ni lomning normal miqdorida kislorod tarkibida azot miqdori 0,05 % dan oshmasligi lozim. Download 312.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling