Muvaffaqiyat Omad va muvaffaqiyat sirlari Dunyoning eng buyuk savdogari og mandino


Men bugungi kunni yuragimda hammaga nisbatan


Download 392.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/34
Sana07.10.2023
Hajmi392.51 Kb.
#1695153
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
Dunyoning eng buyuk savdogarlari

 Men bugungi kunni yuragimda hammaga nisbatan 
muhabbat bilan boshlayman. 
Men o'zimni qanday tutishim zarur? Men hammaga faqat 
muhabbat bilan murojat qilaman. Hamma odamlarda ham 
maqtovga arzigulik xususiyat bor, lekin bu xususiyat yuzada 
yotmasligi mumkin. Muhabbat bilan shubha va nafrat devorlarini 
sindiraman. Bunday devorlar bilan bu odamlar o'z yuraklarini 
o'rab olganlar. Men esa bu devorlar o'rniga odamning qalbiga 
muhabbat olib kiruvchi ko'prik quraman. Men shuxratparastlarni 


44 
sevaman, chunki ular meni ilhomlantiradilar. Men omadsizlarni 
sevaman, chunki ularning xatolari men uchun dars bo'ladi. Men 
podsholarni sevaman, chunki ular bor-yo'g'i odam bolasi, va men 
oddiy xalqni sevaman chunki ular Xudoning bandalari. Men 
badavlatlarni sevaman, chunki ular ozchilik. Men kambag'allarni 
sevaman, chunki ular ko'pchilik. Men yoshlarni sevamanchunki 
ular umid bilan yashaydilar. Men qarilarni sevaman, chunki ular 
bizga donolikni o'rgatadilar. Men chiroylilarni sevaman, chunki 
ularning ko'zlari g'amgin, men xunuklarni sevaman, chunki 
ularning ko'ngillarida orom mujassamlashgan.
 Men bugungi kunni yuragimda hammaga nisbatan 
muhabbat bilan boshlayman.  
Men boshqalarning harakatiga qanday javob berishim kerak? 
Faqatgina muhabbat bilan. Muhabbat bu odamlarni yuragini zabt 
etadigan qurolimga emas balki muhabbat bu meni odamlarga 
nafrat o'qidan va g'azab nayzasidan himoya qiluvchi 
qalqondir. Baxtsizlik va omadsizliklar mening bu qalqonimga 
urilib bor yo'g'i iliq bahor yomg'iriga aylanadilar. Muhabbat meni 
ko'pchilik orasida ham , yolg'izlikda ham asraydi. Muhabbat meni 
nochorlikda ruhlantiradi. Manmanlikka berilganimda xushyor 
qiladi. Qalqonim kundan kunga mustahkamlanadi, va bir kun 
men uni chetga olib qo'yaman, chunki endi meni yo'limda 
to'siqlar uchramaydi. Shunda men hayot zinasidan balandga 
ko'tarila boshlayman.


45 

Download 392.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling