Muvaffaqiyat Omad va muvaffaqiyat sirlari Dunyoning eng buyuk savdogari og mandino


Download 392.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/34
Sana07.10.2023
Hajmi392.51 Kb.
#1695153
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
Dunyoning eng buyuk savdogarlari

Uchinchi o’rama 
Muvaffaqiyatga 
erishmagunimcha 
men 
orqaga 
qaytmayman.
Agar men tirishqoq bo'lsam, agar men urinishdan 
charchamasam, oldinga qarab harakat qilaversam, men albatta 
g'alabaga erishaman. Men omadsiz bo'lib tug'ilmaganman. 
Mening qonim mag'lubiyatlardan buzilmagan. Men cho'ponning 
tayog'iga muhtoj qo'y emasman. Men arslonman va qo'ylar bilan 
yashab, ularning taqdiriga sherik bo'lishni istamayman. Men 
doimo nolib yuradiganlarning gapiga quloq solmayman, chunki 
ularning kasali yuqumli. Ularning joyi qo'ylarning orasida.


47 
Muvaffaqiyatga 
erishmagunimcha 
men 
orqaga 
qaytmayman.
Xayot o'z sovrinlarini yo'lning ohirida beradi, boshida emas. 
Manzilimga yetguncha men hali qancha yurishimni bilmayman. 
Minginchi qadamimda meni balki omadsizlik kutayotgandir, 
lekin muyulishdan o'tgan zahotiyoq meni omad kutayotgandir. 
Agar men muyulishga yetmasam, men buni bila olmayman. Nima 
bo'lgan taqdirda ham, men albatta keyingi qadamimni qo'yaman. 
Agar bu qadamim befoyda bo'lsa, men ikkinchi uchinchi 
qadamimni qo'yaman. Har qanday vaqtda ham yana bitta qadam 
qo'yish qiyin ish emas. Muvaffaqiyatga erishmagunimcha men 
orqaga qaytmayman. Bundan keyin men har kungi 
harakatlarimni eman daraxtini qulatish uchun qilinayotgan 
urinish deb hisoblayman. Daraxt birinchi ikkinchi uchinchi bolta 
urishda ham qulamaydi. Har bir urinish o'z-o'zidan katta 
ahamiyatga ega emas va natijasiz bo'lishi mumkin. Ammo borib 
borib hatto bolaning bolta urishdan ham eman qimirlay 
boshlaydi. Mening har kungi harakatlarim ham shunday natija 
beradi. Men o'zimni tog'ni kemiradigan tomchiga, yo'lbarsni yeb 
tugatadigan chumoliga, zaminni yoritayotgan yulduzga, piramida 
qurayotgan qulga o'xshataman. Men bitta-bitta g'isht qo'yib saroy 
quraman, chunki har kungi kichik urinishlar juda katta natijalar 
keltiradi.

Download 392.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling