47
Muvaffaqiyatga
erishmagunimcha
men
orqaga
qaytmayman.
Xayot o'z sovrinlarini yo'lning ohirida beradi, boshida emas.
Manzilimga yetguncha men hali qancha yurishimni bilmayman.
Minginchi qadamimda meni balki omadsizlik kutayotgandir,
lekin muyulishdan o'tgan zahotiyoq meni omad kutayotgandir.
Agar men muyulishga yetmasam, men buni bila olmayman. Nima
bo'lgan taqdirda ham, men albatta keyingi qadamimni qo'yaman.
Agar bu qadamim befoyda bo'lsa, men ikkinchi uchinchi
qadamimni qo'yaman. Har qanday vaqtda
ham yana bitta qadam
qo'yish qiyin ish emas. Muvaffaqiyatga erishmagunimcha men
orqaga qaytmayman.
Bundan keyin men har kungi
harakatlarimni eman daraxtini qulatish uchun qilinayotgan
urinish deb hisoblayman. Daraxt birinchi ikkinchi uchinchi
bolta
urishda ham qulamaydi. Har bir urinish o'z-o'zidan katta
ahamiyatga ega emas va natijasiz bo'lishi mumkin. Ammo borib
borib hatto bolaning bolta urishdan ham eman qimirlay
boshlaydi. Mening har kungi harakatlarim ham shunday natija
beradi. Men o'zimni tog'ni kemiradigan tomchiga, yo'lbarsni yeb
tugatadigan chumoliga, zaminni yoritayotgan yulduzga, piramida
qurayotgan qulga o'xshataman. Men bitta-bitta g'isht qo'yib saroy
quraman, chunki har kungi kichik urinishlar juda
katta natijalar
keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: