Muvaffaqiyat Omad va muvaffaqiyat sirlari Dunyoning eng buyuk savdogari og mandino


Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman


Download 392.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/34
Sana07.10.2023
Hajmi392.51 Kb.
#1695153
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
Dunyoning eng buyuk savdogarlari

Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman. 


60 
Men doimo bir fikrni yodda saqlayman. Faqat bo'ysunishni 
biladiganlar muvaffaqiyat cho'qqisida turib qolishlari mumkin. Lekin 
men bo'ysunuvchi emasman. Meni yo'q qilmoqchi bo'lgan kuchlar bilan 
kurashishim kerak bo'ladigan kunlar keladi. G'am va ishonchsizlik kabi 
dushmanlarimni tez tanib olaman. Lekin shunaqa yovuz kuchlar ham 
borki, ular menga jilmayib qo'l uzatib yaqinlashadi. Lekin men doimo 
sergak turishim kerak va ularni nazorat ostida ushlashim kerak.
Mag'rurlikni his qilsam - omadsizlikni eslayman. 
To'qlikni his qilsam och yurgan kunlarimni eslayman. Rohatlanish 
sezsam- kurashgan davrim ko'z oldimga keladi. 
Kuch-qudratni his qilsam- xo'rliklar esimga tushadi. 
Manmanlikni his qilsam- shamolni jilovlashga harakat qilaman. 
Badavlat bo'lganimda - men qashshoqligimni eslayman. 
Mansabimga aqida qilsam- men nochorligimni eslayman.
Men o'zimni dunyoda tengsiz deb o'ylasam- osmondagi yulduzlarga 
boqaman.
Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman. 
Bu o'rgangan yangi bilimlarim bilan men kimga murojat qilsam, o'sha 
odamning his tuyg'ularini tushuna olaman. Men u odamning serzardaligi 
va qo'polligidan xafa bo'lmayman. Chunki u o'zini tuta bilish sirini 
bilmaydi. Men uning barcha sovuq muomalasiga chidayman, chunki u 
ertaga o'zgaradi. Men odam haqida bitta suhbatdan keyin xulosa 


61 
chiqarmayman. Besamar uchrashuv, hamsuhbatimning nafrati ertaga 
menga qaytarilmaydi.
Bugun u oltin arava uchun sariq chaqa ham bermadi, ertaga esa u 
quruq taxta uchun uyini ham berishga tayyor bo'ladi. Bu sirni bilish 
katta boylikka eltuvchi kalit. 

Download 392.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling