Muvaffaqiyat Omad va muvaffaqiyat sirlari Dunyoning eng buyuk savdogari og mandino


Men dunyoning ishlari ustidan kulaman


Download 392.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/34
Sana07.10.2023
Hajmi392.51 Kb.
#1695153
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Bog'liq
Dunyoning eng buyuk savdogarlari

Men dunyoning ishlari ustidan kulaman
Toki men kular ekanman, men qashshoqlik yuzini 
ko'rmayman.
Kulgi- bu tabiatning buyuk boyliklaridan biridir va men bundan 
buyon bu narsaga bepisandlik bilan qaramayman. Agar men 
kulsam, baxtli bo'lsamgina, omad menga kulib boqadi. 
Mehnatlarim mevasini ham men faqat baxtiyor bo'lsamgina 


65 
tanovul qilish imkoniyatiga ega bo'laman. Omad va muvaffaqiyat 
nash'asini surish uchun men albatta baxtli bo'lishim kerak, kulgi 
esa bu ishda menga xizmatkor vazifasini bajaradi. 
Men baxtli bo'laman.  
Men muvaffaqiyatga erishaman. 
Men hali dunyo ko'rmagan buyuk savdogar bo'laman.! 
O’N BESHINCHI QISM 
Sakkizinchi o’rama 
Bugun men avvalgidan yuz baravar ko'proq hurmatga loyiq 
bo'laman. 
Tut daraxtining bargi odamzodning buyukligi natijasida shoyiga 
aylanadi. Daraxtning tanasi odamzodning daholigi natijasida mehrobga 
aylanadi. Qo'ylarning bir parcha juni odamzodning iste'dodi natijasida 
shohlar libosiga aylanadi. Agar odam bargning, loyning, daraxtning va 
junning narxini ming marotaba oshira olsa, nahotki men bu ishni odam 
deb atalmish va mening nomimni ko'tarib yurgan loy parchasiga 
nisbatan qila olmayman.
Bugun men avvalgidan yuz baravar ko'proq hurmatga loyiq 
bo'laman. 
Men boshoqdagi donga o'xshayman, bu donni uchta narsa kutishi 
mumkin: Donni hayvonlarga yem qilib berish mumkin, donni yanchib 


66 
unga aylantirish mumkin va non pishirish mumkin, yoki yerga ekib, uni 
bir necha ming barobarga ko'paytirish mumkin. Lekin men bilan don 
o'rtasida katta farq bor. Don tanlash imkoniyatiga ega emas- uni yem 
qiladilarmi, non qiladilarmi yoki ekadilarmi? Dondan buni hech kim 
so'ramaydi. Menda esa tanlash imkoni bor. Men o'z hayotimni 
tushkunlik va omadsizlik tegirmoniga tashlamayman. Birovlarning 
istagi bilan mening umrim unga aylanishini xohlamayman. Bugun men 
avvalgidan yuz baravar ko'proq hurmatga loyiq bo'laman. Don 
boshoqqa aylanishi uchun uni qorong'i yerga ko'mish kerak. Mening 
omadsizliklarim, tushkunliklarim, bilimsizliklarim va kuchsizligim- Bu 
pishib-yetilish uchun zulmat yerga ko'milishimdir. Donning yetilishi 
uchun yomg'ir, quyosh va iliq shamol kerak bo'lganidek, men 
orzuyimga yetishim uchun aqlimni va badanimni tarbiyalashim kerak. 
Yetilish uchun don tabiatning issiq-sovug'iga chidashi kerak. Men esa 
chidashim shart emas, chunki men o'z taqdirimni o'zim hal qilishim 
mumkin. 

Download 392.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling