Muvaffaqiyat Omad va muvaffaqiyat sirlari Dunyoning eng buyuk savdogari og mandino


Men bugungi kunimni xuddi hayotimning so'nggi


Download 392.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/34
Sana07.10.2023
Hajmi392.51 Kb.
#1695153
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
Dunyoning eng buyuk savdogarlari

Men bugungi kunimni xuddi hayotimning so'nggi 
kunidek yashab o'taman
Men bugungi burchlarimni bajaraman. Men bugun bolalarimga 
mehr ko'rsataman, chunki ular hali yosh, ertaga esa ular ketib 
qoladilar va men ham ketaman. Bugun men yordamga muhtoj 
do'stimni qo'llayman, chunki ertaga u meni chaqira olmasligi 
mumkin. Balki u chaqirganda men eshita olmasligim mumkin. 


57 
Men bugun o'zimni qurbon qilaman. Ertaga balki men hech narsa 
taklif qila olmayman, yoki bu taklifimni qabul qiluvchi odamning 
o'zi bo'lmas.
Men bugungi kunimni xuddi hayotimning so'nggi 
kunidek yashab o'taman
Agar bugungi kunim haqiqatdan ham men uchun hayotimning 
ohirgi kuni bo'lsa, bu menga qo'yilgan buyuk haykal bo'ladi. Men 
bugungi kunni hayotimdagi eng ajoyib kunga aylantiraman. 
Bugungi kunning har bir daqiqasini men ohirigacha simiraman, 
uning ta'mini sezaman va undan minnatdor bo'laman. har bir 
soatni snanayman va har bir soniyasini buyuk ishlarga 
sarflayman. men odamlar bilan har kungidan ko'proq muloqotda 
bo'laman. Men har kungidan ko'proq mol sotaman va har 
kungidan ko'proq oltin ishlab topaman. Har bir daqiqam 
kechagidan unumliroq bo'ladi va bugun ohirgi kun hayotimdagi 
eng yaxshi kun bo'ladi.
Men bugungi kunimni xuddi hayotimning so'nggi kunidek 
yashab o'taman. 
Agar bu kun hayotimning eng ohirgi kuni bo'lmasa men bu 
kun oldida minnatdorlik bilan tiz cho'kaman

O’N UCHINCHI QISM 
Oltinchi o’rama 
Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman. 
Suvlar oqib keladi-suvlar oqib ketadi. Qish tugaydi va yoz keladi. Yoz 
chekina boshlasa yana qish xukmronlik qila boshlaydi. Quyosh chiqadi 


58 
va quyosh botadi. Qushlar uchib keladi va uchib ketadi. Gullar ochiladi 
va gullar so'ladi. Urug'larni ekadilar va hosilni yig'ishtirib oladilar. 
Tabiat bu hodisalarning aylanib turishidir. Men ham tabiatning bir 
qismiman. Shuning uchun mening kayfiyatim ham goh ko'tariladi- goh 
tushadi.

Download 392.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling