N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


M avzuni mustahkam lovchi savollar


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115
M avzuni mustahkam lovchi savollar:
1. Rivojlangan o ‘rta asrlar qanday bosqichlarga boMingan?
2. Qanday yangi tur binolar vujudga kelgan?
3. Pishiq g ‘ishtdan qachondan foydalana boshlangan?
4. Sardoba nima?
5. Tem uriylar davri 
shaharsozligining o ‘ziga xos tomonlarini 
ko'rsating?
6. 0 ‘rta asrlarda Rossiyada qanday madaniy yodgorliklar saqlanib 
qolgan?
Yodda tuting! Rivojlangan o‘rta asrlarda
• X asrdan pishiq g 'ish t qurilishda ishlatila boshlangan.
• Pishiq g ‘ishtdan ishlangan dastlabki imorat Ismoil Somoniy 
maqbarasidir.
• XII asrdan sirlangan koshin va mayolika ishlatish usuli kashf 
etilgan.
• Arab ota maqbarasida ilk m arta peshoq qurilgan.
• M aqbaralardagi chodirsim on gum bazlar «gumbazi turkistoni» 
nomini olgan.
• M asjidlar turar jo y lar tarzida qurilgan.
• M inoralar m asjidlar yonida qurilib, ularda azon aytilgan.
• Sardobalar suv yig ‘adigan inshootdir.
• A m ir Tem ur davrida ark-shahri darun, shaxriston-hisor deyilgan.
• Samarqand hududida 73 ta m e’moriy yodgorlik saqlanib qolgan.
5-§. 0 ‘rta asrlarda Evropa va Rossiya
Ilk o 'rta asrlarda Rossiya hududida slavyanlar istiqomat qilishgan. 
Ularning kelib chiqish tarixi 
haqida Gerodot asarida 
ba’zi bir 
m a’lum otlar saqlanib qolgan. Arxeologlar ularning turm ush tarzini 
qabrlari asosida tiklaganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida slavyanlar 
Sharqiy Evropaning o ‘rmon hududlarida, Smolensk oblastida, Volga, 
Dnepr, Desna va Seym daryolarining yuqori oqimlarida yashaganliklari
138


aniqlangan. U erlardan topilgan qabrlardagi murdalar quydirilgan va 
kuydirilmagan xolda bo‘lgan. Yonlaridan turli buyum lar-sopol idishlar, 
Rim buyumlar, zeb-ziynatlar, tangalar topilgan. Bunday qabrlar topilgan 
hududlar «qabriston dahasi» deb nomlangan. Ulam ing xronologik 
doirasi mil avv.II asrdan boshlanib, ba’zi hududlarda mil. VIII asrgacha 
davom etgan. Ular lalmi dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi slavyan 
qabilalari boMgan. Vizantiya tarixchilari ularni sklavin va antlar tarzida 
tilga oladi.
Mil. Ill—V asrlarga oid Volga bo‘yida Bereznyaki shahari topilgan. 
Uning atrofi jarlik bilan o ‘ralib, yog‘och devor bilan mutahkamlangan. 
Shahardagi barcha uylar yog'ochdan qurilgan. Shahar markazida eng 
katta jam oat binosi boMgan. Uylardan tem ir buyumlar, sopol idishlar, 
urchuq, bigiz, tosh dazmollar topilgan. Shahardan dahm a topilgan. 
U erda murdalar kuydirilgan. Yozma manbalarga qaraganda faqatgina 
slavyanlarda murdalar kuydirilgan. Mil. V asrda Rim imperiyasi 
emirilgach, slavyanlar Rim imperiyasi ta’sirida boMgan hududlami 
egallab olganlar.
IX—XIII asrlarda Rossiya hududlarida ibtidoiy jam oa tuzumi emirilib, 
feodal tuzumi 
shakllana boshlagan. Lekin bu jarayon Rossiyaning 
slavyanlar yashab turgan hududning hamma joyida ham bir xil 
kechmagan. V II-IX asrlarda janubiy -g'arbiy hududda yashayotgan 
slavyan qabilalarida dehqonchilik madaniyati rivojlangan boMib, ular 
em i plug bilan 
haydab dehqonchilik qilishsa, o ‘rmon hududlarida 
yashaydigan sharqiy slavyanlarda esa, qirqma dehqonchilik bilan 
shug‘ullanib, ular erni tem ir bolta, katta aspichoq va ketmoncha 
(motiga) bilan ishlov berganlar. Qirqma dehqonchilikda, dehqonlar 
dastlab daraxtlarni qirqib, quritib olgach, ularni kuydirganlar va ekin 
maydonlariga aylantirganlar. Ayni paytda Rossiyaning markaziy 
hududlarida 
V II-IX asrlarda rus shaharlari ham vujudga kela boshla­
gan. 
Bunga 
sabab 
hunarmandchilik 
va tovar ayirboshlashning 
rivojlanishi 
boMgan. 
Bu davrda hunarmandchilikning 
degrezlik, 
temirchilik, zargarlik, to‘qimachilik, suyakkka ishlov berish, yog‘och- 
sozlik kabi sohalari mavjud boMganligi arxeologik tadqiqotlar natijasida 
aniqlandi.
Rossiya hududlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida 
VII—VIII asrlarga oid Ladoga shahridan patriarxal jam oaga xos katta uy
Romna shahrida esa shu davrga oid loy devori boMgan ertoMa izlari 
topilgan. 
IX -X asrlarga 
kelib aholining 
yashash tarzi o'zgargan, 
Ladoga axolisi omborxonasi, donxona va tuolxonasi boMgan alohida
139


uylarda yashay boshlaganlar, katta shaharlar shakllana boshlagan. 
Jum ladan Kiev, Smolensk, Chernigov, Novgorod kabi shaharlar vujudga 
kelib, o ‘sha davrlardagi ijtimiy iqtisodiy taraqqiyot to ‘g ‘risida m a’lu- 
m otlar berdi. Lekin X asrdan boshlab Rus madaniyati to ‘g ‘risidagi 
m a’lum otlar k o ‘proq yozm a m anbalardan olinadi.
Sharqiy Evropaning janubiy dashtlarida mil. II asrdan olonlar 
iste’qom at qilganlar. Ularning ko‘pchiligi ko‘chmanchi chorvador 
qabilalar boMgan. Skif, sarmat va olonlar bir-biriga yaqin boMib, ilmiy 
adabiyotlarda ularni eroniy tilda so'zlashganlar deyiladi. A slida ular 
turkiy tilning turli laxchalarida so ‘zlashganlar. 
Olonlardan bizgacha 
m ozor qurg‘onlar saqlanib qolgan. Lekin ularning m ozor-qo‘rg‘onlarida 
jihozlar nisbatan kam, ba’zilarida esa, umuman uchramaydi. Lekin 
olonlarning qadimgi Pantikapeyning Kerch shahrida daxmalari topilgan. 
U erdan shisha idishlar, didsiz, dag‘al ishlangan qim matbaho toshlar, 
zeb-ziynatlar va sarmat qurollari tipidagi qurollar topilgan. 0 ‘qlari uch 
parrakli qilib tem irdan ishlangan. Bir tigMi to‘gM'i sham shir bilan birga 
sarm atlam ing shamshiri 
ham 
ishlatilgan. 
Arxeologik tadqiqotlar 
natijasida ularning ijtim oiy-iqtisodiy hayoti to ‘g ‘risida m a’lum otlar kam 
to ‘plangan. Olonlar xalqlarning ommaviy ko‘chish jarayonida ishtirok 
qilib, Galliya, Ispaniya va Afrikadan izlari topilgan. Olonlar I ming 
yillikning birinchi yarm ida xazarlar ta ’siriga tushib qoladi. VIII asrgacha 
boMgan Xarkov shahriga yaqin Saltov qabristoni olonlarning xazarlar 
davriga oid. Qabrlar sun’iy g ‘or ichida joylashgan. M urdalar yotqizilib 
ko‘milgan. Bu erdan jan g boltalari, yakka tigMi shamshirlar, zeb-ziynat 
buyumlari va turli sopol buyum lar topilgan. Qabrlardan topilgan 
buyum lar olonlarda tnulkiy tabaqalanish boshlanganligini ko‘rsatadi. 
Shuningdek, bu erdan topilgan buyumlar Shimoliy Osetiyadagi 
qabrlardan topilgan buyum larga o ‘xshash boMganligi sababli, ularni olon 
qabilalariga tegishli ekanligi isbotlandi. 

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling