N. A. Egamberdieva n. A. E g a m b e r d ie V a


Download 6.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/115
Sana06.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1693844
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115
X a z a r la r g a
oid qabrlar Donda
Sim lyansk 
qishlogM yaqinida, Sarkelda olib borilgan tadqiqotlar 
natijasida aniqlandi. 
S a r k e l s h a h r i 
IX asrda xazarlar tom onidan asos 
solingan. Q al’a devori va binolar pishiq gMshtdan qurilgan. GMshtlarda 
ustalarning tam g‘alari bor. Ko‘p uylar yog‘ochdan qurilib ustidan loy 
bilan suvalgan. Bu erdan pulug tishi, don o ‘ralari, tem irchilik va 
kulolchilik ustaxonalari topib oM'ganilgan. 
Sopol idishlar kulolchilik 
charxida ishlangan. X asrda xazarlarni Svyatoslav enggach, dashtda 
olonlar va xazarlar deyarli y o ‘q boMib ketadi. X asrdan dashtni 
p e c h e n e g la r , 
keyinchalik 
t u r k l a r
va 
k ip c h o q l a r
egallaydi. Bu 
ko'chm anchi qabilalam ing izlari bizga faqat, qurolli jangchilar
140


ko'm ilgan mozor-qo‘rg‘onlardan m a’lum. Bu qo‘rg ‘onlardan topilgan 
q ilic h la r- qayrilgan yakka tig‘li bo‘lgan. Ularning tig ‘i tashqariga, orqa 
tomoni ichkariga bukilgan. Yakka tig ‘li qilichni sidirib urganda qo‘sh 
tig ‘li qilichga nisbatan chuqurroq botgan. Bu qilich ko‘chmanchi 
chorvadorlar orasida IX asrdan paydo bo‘lgan. Yaqin va 0 ‘rta Sharqda, 
Rossiyada XIV asrdan, G ‘arbiy Evropada XVI asrdan keng tarqalgan. 
Qilichdan ko‘proq engil qurollangan suvoriylar foydalanishgan.
Baltika bo‘yi hududlarida ilk o ‘rta asrlar tarixi ham qabrlar asosida 
o'rganilgan. Mil. II—V asrlarda Latviyada m ozor-qo‘rg‘onlarga ko‘p 
odamlarni ko‘mish odat bo‘lgan. Shimoliy Latviya va Estoniyada esa, 
tosh terib ihota qilingan qabrlar rasm bo‘lgan. Qabrlam ing qaysi 
qabilaga mansubligini dafn uslubi va topilgan buyumlardan aniqlash 
mumkin. XIII asrdan Baltiqabo‘yi axolisi nem islar ta’siriga tushib 
qoladi.
X asrdan Sharqiy Evropaning turli viloyatlarida murdalari kuydi- 
rilgan m ozor-qo‘rg‘onlar topilgan. Ularda mulkiy tabaqalanish yaqqol 
ko‘rinib turibdi. Chokarlar (drujinnik) qabrlari alohida ajralib turgan. 
Ular aholining zodagon tabaqasidan bo‘lib, qo‘shinning asosini tashkil 
etishgan va majusiylar odati bo‘yicha dafn qilingan. XI asrdan boshlab 
xristianlik dini qabul qilingach, majusiylar odati man qilinadi.
Smolensk yaqinidagi Gnezdovo qishlog‘idan 3 mingga yaqin mozor- 
q o ‘rg‘on topilgan. Undagi markaziy mozor-qo‘rg ‘onning balanligi 10 
metr, aylanasi 100 metr keladi. M ozor-qo‘rg‘onning tagida bir qancha 
m urdalar kuydirilgan gulxanlar topilgan. Gulxanlardan ajoyib qurollar, 
zeb ziynatlar, 0 ‘rta Osiyo tangalari (dirham), dubulg‘a, nayza, ko‘sh 
tig‘li shamshir, rus o ‘yma naqshi bilan bezatilgan tem ir plastinkalar va 
ko'm ilgan otlar topilgan. Bu m ozor-qo‘rg ‘onda knyaz dafn etilgan. Bu 
katta mozordan tashqari yana 700 dan ortiq m ozor-qo‘rg‘onlar ham 
tekshirildi. Lekin ko‘p mozor-qo‘rg‘onlar bo‘sh turibdi. Bular chetda 
xalok bo‘lgan jangchilarning ramziy qabrlari boMishi mumkin.
Ozod xotin-qizlarning qabrlari alohida bo‘lgan. Ular orasida ham 
mulkiy tengizlik izlarini kuzatish mumkin. Boy tabaqa vakiilariga 
tegishli m ozor-qo‘rg‘pnlarga cho‘rilari va qullari oMdirib kuydirilib 
ko'm ilgan. Bu haqda o ‘sha davr yozm a m anbalarida ham m a’lumotlar 
saqlanib qolgan. Bu erdagi mozor-qo‘rg‘onlarida mehnat qurollari 
deyarli uchramaydi. Harbiy qurollar bor. Shamshirlarning boshi 
dumaloq, gulbandi to ‘g‘ri boMib, boshi va gulbandiga kumushdan naqsh 
berilgan. Uning yuzi enli bo‘lib, uzunligi 
bir metrgacha bo‘lgan. 
Gnyozdovadan topilgan o ‘qlar romb shaklida boMgan. Dubulg‘alari
141


kuloxsim on bo‘lib, ularni shishak deb atashgan. Qalqonlari yog‘ochdan 
yasalib, o ‘rtasiga tem ir qoplangan. Tem ir sovut parchalari topilgan. 
Sovutlar G ‘arbiy Evropada antik davr oxirlarida y o'qolib ketgan, 
faqatgina XII asr boshlarida salb yurishlari boshlangandan keyin yana 
paydo bo ‘ladi. Yaqin va 0 ‘rta Sharqda, 0 ‘rta Osiyoda doimo jangda 
sovutda yurishgan.
G nyozdovodan slavyan yozuvi namunasi topilgan. Shuningdek, 
oltindan ishlagan turli buyum lar va hozirgi zamon qaychisiga o ‘xshash 
qaychi ham topilgan.
Sharqiy Evropadagi m ozor-qo‘rg ‘onlardan topilgan buyumlar, asosan 
tanga pullar axolining tashqi aloqalarini aniqlashga imkon berdi. Bu 
erdan Vizantiya pullaridan ko ‘ra, Samarqand, Buxoro va Abbosiy 
halifaligining dirhamlari ko ‘p topilgan. Bu shaharlar X asrdayoq Rus 
bilan iqtisodiy va m adaniy aloqada bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu pullar 
ham asosan Rossiyaning Kiev, Smolensk va Novgorod shaharlarida ko ‘p 
to'plangan.
0 ‘rta asrlarda Rusda temirchilik rivojlangan. Harbiy qurollar bilan 
birgalikda pichoqlar ham poMatdan ishlangan. Tem ir Rusda ruddadan 
olingan va ulam ing tarkibida nikel boMgan.
Zargarlikda XI asrdan murakkab usullarda naqsh berish takom il- 
lashgan. Zarxoshiya, qubba, quym a naqsh va qora kum ushga(qora 
kum ush-qalay, mis, kumush va jilosiz qoramtir oltingugurt qorish- 
masidan iborat boMadi. Unga dastlab naqsh 
0
‘yilgan keyin k o ‘zalarga 
qorishm a quyilgan.) naqshlari ishlangan. Sir va xal berish san’ati kashf 
etilgan. Kievda sirlash ustaxonasi topilgan. Unda sir eritadigan tigellar, 
har xil ko‘ralar, eritilgan turli rangdagi sir massalari topilgan. Hoshiyali 
sir quym a sir(sirlash uchun m etallning ustiga botirma chuqurchalar 
berilgan)ga nisbatan murakkab boMgan.
Turli ranglardagi shishalardan ishlagan bilakuzuklar topilgan. 
Oldinlari ularni Vizantiya yoki Suriyadan keltirilgan deb hisoblashardi. 
Lekin keyinchalik uning Kievda ustaxonasi topilgan. Unda shisha 
eritadigan gilvata tigellar, buzilgan bilakuzuk parchalari va buzilgan 
asboblar topilgan.
Rus shaharlarida IX asrlardan kulolchilik buyumlari charxda ishlana 
boshlagan. Kulolchilik buyumlarining shakli hamma erda bir xil 
boMgan. Bu slavyanlar yashagan hududning madaniy birliginidan darak 
beradi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling