64
hisoblanadi. Bizningcha, bu yo’nalishda yuqori natijaga erishish ta’lim jarayonida,
xususan ma’ruza va amaliy - ijodiy mashg’ulotlarida talabalarda o’rganilgan o’quv
materialini mustahkamlashga qiziqish (motiv) hosil qilish, o’quv axborotlari sig’imini
darslik va qo’shimcha adabiyotlardan mustaqil holda o’qish
asosida kengaytirishga
ishtiyoq hosil qilishga asoslanadi. Bo’lajak mutaxassislarning har tomonlama yetuk,
bilimli, mustaqil
fikrlay oladigan, izlanuvchan kadrlar bo’lib yetishishini tahminlash,
ularni o’z ustida ishlashga yo’naltiruvchi yangi pedagogik va axborot
texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-
tarbiya jarayonida talabalarda mustaqil ta’lim olishga ishtiyoq va zaruriyat hosil
qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar keng imkoniyatlarga ega.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga texnologik yondoshish, yahni o’quv jarayonini
ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchan tavsifga ega bo’lishini tahminlashga
oid dastlabki izlanishlar o’tgan asrning 50-yillarida amerikalik pedagog
olimlar
tomonidan olib borilgan. Xususan, «o’qitish texnologiyasi» iborasi ham, birinchi
marta amerikalik olim Skinner tomonidan ishlatilgan. U «o’qitish texnologiyasi –
psixologiya fani yutuqlarini pedagogik amaliyotda qo’llashdan iborat» - deb
tahriflagan
1
.
Psixolog - olima N.F.Talizina tahkidlaganidek, «ta’lim tizimida pedagogik
texnologiya iborasining paydo bo’lishiga quyidagilar sabab bo’lgan:
1) didaktika qoidalarining barcha mamlakatlarda (xususan AQSHda) keng
tarzda ommalashmaganligi;
2) uning qoidalari o’ta konstruktiv tusda bo’lmay
zamon talabidan orqada
qolganligi;
3) o’tgan asrning 60 - yillarida ta’lim jarayoniga texnikaning –
dasturlashtirilgan ta’lim mashinalarining kirib kelganligi.
Akademik V.P.Bespalg’ko fikricha, - “Pedagogik texnologiya–o’qituvchi
mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan,
o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir”
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: